Salıq xızmeti xabarları
2.37K subscribers
8.93K photos
2.25K videos
171 files
7.73K links
Tarawǵa baylanıslı múrájatlardı jollaw ushın: @saliq_murajat_bot

Instagram https://www.instagram.com/saliq_xabarlari
Facebook https://www.facebook.com/saliqxabarlari
Youtube https://www.youtube.com/channel/UCs9W8hHE


Maģlìwmat ushın tel: (61) 222-00-33
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#dayjest

Salıq info

Hàpte dawamındaģı sońģı jańalıqlar menen tanısıń.
#hayit #9_may

Urush qatnashchilari holidan xabar olinmoqda

Yurtimizda keksalarni eʼzozlash ularga hurmat-ehtirom ko‘rsatish ezgu anʼanaga aylangan.

Ramazon hayiti hamda 9-may – Xotira va qadrlash kuni oldidan Davlat soliq qo‘mitasi va Buxoro viloyati davlat soliq boshqarmasi rahbariyati Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Buxoro shahrining “Shirbudin” mahallasida yashovchi 94 yoshli Reyda Resutovaning xonadonida bo‘lib, onaxonni bayram bilan tabrikladi hamda esdalik sovg‘alarni topshirdi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#hashar

Davlat soliq xizmati xodimlari umumxalq xayriya hasharida ishtirok etdi

Obod yurtning fayzi, tarovati o‘zgacha bo‘ladi. Zotan, ozodalik, poklik, saranjom-sarishtalik yurtimizning yanada ko‘rkam bo‘lishiga zamin yaratadi.

Bugun, 30-aprel kuni yurtimizda “Mahalla obodligi – yurt farovonligi” shiori ostida umumxalq xayriya hashari o‘tkazilmoqda.

Barcha davlat va jamoat tashkilotlari, mahalliy aholi vakillari mahallalar, aholi turar joylari hamda ko‘chalarni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarida faol ishtirok etmoqda.

Xususan, Davlat soliq qo‘mitasi xodimlari tomonidan qo‘mita markaziy apparati binosi va unga tutash hududlar, ariqlar, ko‘chalar tozalandi, yo‘laklarga suv sepilib saranjom-sarishta holatga keltirildi.

Ushbu umumxalq xayriya hasharida
Vatanimiz ravnaqi, uni yanada obod etish ishtiyoqida yashash, milliy qadriyatlarimizni ulug‘lash yo‘lida barcha yurtdoshlarimiz birdamligi yana bir bor namoyon bo‘lmoqda.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#hayit #9_may

Urganchlik 99 yoshli urush qatnashchisiga ehtirom ko‘rsatildi

Keksalar holidan xabar olish, ularga moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatish xalqimizning azaliy qadriyatlaridan biri sanaladi.

Davlat soliq qo‘mitasi va Xorazm viloyati davlat soliq boshqarmasi rahbariyati urganchlik 99 yoshli urush qatnashchisi Sobir ota Qurbonov xonadonida bo‘ldi.

Suhbat jarayonida Sobir ota Qurbonov davlatimiz rahbari tomonidan urush va mehnat faxriylariga ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rlik uchun minnatdorlik bildirdi. Tinchlik va osoyishtalik — ulug‘ neʼmat. Ular mujassam bo‘lgan joyda taraqqiyot va rivojlanish barqaror bo‘lishi ta‘kidlandi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
Baxtiyor bolalar quvonchi

Mehr-muruvvat, saxovat va bag‘rikenglik insoniylik burch sanaladi. Mehrga tashna qalblarga xursandchilik ulashish, ularga ko‘mak berish va e’tibor qaratish xalqimizga xos olijanob fazilatlardan biridir.

Davlat soliq qo‘mitasi mas'ullari Ramazon hayiti munosabati bilan Toshkent viloyatining Bo‘ka tumanidagi 15-sonli Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari uchun “Mehr-muruvvat” tadbirini tashkillashtirdi.

Tadbir murg‘ak qalb egalariga bir olam quvonch baxsh etdi. Bolajonlar o‘zlarining badiiy chiqishlarini mehmonlarga namoyish etdilar. Kuy-qo‘shiqlarga ulangan bayram tadbirida mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilariga sport buyumlari va o‘quv qurollari ulashildi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram