Salıq xızmeti xabarları
3.03K subscribers
9.71K photos
2.5K videos
178 files
8.34K links
Tarawǵa baylanıslı múrájatlardı jollaw ushın: @saliq_murajat_bot

Instagram https://www.instagram.com/saliq_xabarlari
Facebook https://www.facebook.com/saliqxabarlari
Youtube https://www.youtube.com/channel/UCs9W8hHE


Maģlìwmat ushın tel: (61) 222-00-33
Download Telegram
#zakovat #DSQ_Raisi_kubogi

“Zakovat”: “Davlat soliq qo‘mitasi Raisi kubogi” uchun bahslar Buxoro va Navoiyda davom etdi

Joriy yil 5-6-dekabr kunlari Buxoro va Navoiy viloyatlarida O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq xizmati organlari tizimi xodimlari o‘rtasida o‘tkazilayotgan “Zakovat” intellektual o‘yini “Davlat soliq qo‘mitasi Raisi kubogi” turnirining navbatdagi saralash bosqichlari o‘tkazildi.

Turnirning Buxoro viloyatida bo‘lib o‘tgan saralash bosqichida Buxoro viloyati davlat soliq boshqarmasi hamda Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligidan ishtirok etgan 21 ta jamoa o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazdi.

Navoiy viloyati saralash bosqichida esa jami 22 ta guruh respublika bosqichi yo‘llanmasi uchun bahs olib bordi.

Intellektual bellashuvlarda jamoalarning bilim va salohiyati, keng dunyoqarashi, tafakkuri yana bir bor sinovdan o‘tkazildi.

Buxoro viloyatida o‘tkazilgan saralash bosqichida Romitan tumani davlat soliq inspeksiyasi jamoasi birinchi o‘rinni egalladi.

Navoiy viloyati
davlat soliq boshqarmasining “Tafakkur” jamoasi ham o‘z hududi bo‘yicha birinchilikni qo‘lga kiritdi.

Har ikki hududda o‘tkazilgan saralash bosqichlarida g‘olib jamoalar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Birinchi o‘rinni egallagan Navoiy viloyati davlat soliq boshqarmasining “Tafakkur” va Romitan tumani DSI jamoalari turnirning respublika bosqichida ishtirok etish yo‘llanmasiga ega bo‘ldi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#QQS

Soliq maʼmuriyatchiligi tizimida raqamlashtirish masalalari Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari va biznes-ombudsman ishtirokida muhokama etildi

2021-yilning 6-dekabr kuni Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Kudbiyev boshchiligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil Dilmurod Qosimov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari va OAV vakillari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.

Muhokamada axborot-tahliliy tizimlar va xizmatlarni bosqichma-bosqich joriy etish orqali soliq maʼmuriyatchiligi samaradorligini oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, uchrashuv doirasida ko‘chmas mulk ijara shartnomalarini ro‘yxatdan o‘tkazish xizmati – “E-ijara”, “E-imtiyoz” va “E-aktiv” avtomatlashtirilgan axborot tizimlarining ishlash tamoyillari tushuntirildi. Mutaxassislar “E-aktiv” AATning maqsadi oddiy va minimal funksiyalar yordamida yuqori likvidli tovarlar kirim-chiqimlari va qoldiqlari hisobini aniq yuritish ekanligini qayd etdi.

Tadbir ishtirokchilari muhokamada faol ishtirok etib, bir qator qiziqarli savollar bilan murojaat qildi. Davra suhbati yakunlari bo‘yicha raqamli texnologiyalarni yana-da takomillashtirish bo‘yicha tavsiya va takliflar ishlab chiqildi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
Обсуждение цифровизации в системе налогового администрирования при участии депутатов Законодательной палаты Олий Мажлиса и бизнес-омбудсмана

6 декабря 2021 г. под руководством председателя Государственного налогового комитета Шерзода Кудбиева организован круглый стол при участии депутатов Законодательной Палаты Олий Мажлиса, Уполномоченного при Президенте Республики Узбекистан по защите прав и законных интересов субъектов предпринимательства Дилмурода Касимова и представителей СМИ.

Обсуждение затронуло вопросы повышения эффективности налогового администрирования путем поэтапного внедрения информационно-аналитических систем и сервисов.

В ходе дискуссии были изучены принципы работы сервиса регистрации договоров аренды недвижимого имущества «E-ijara», автоматизированных информационных систем «E-imtiyoz» и «E-aktiv». Специалисты подчеркнули, основная цель АИС «E-aktiv» - ведение учета высоколиквидных товаров при наличии простого и минимального функционала для фиксирования прихода, расхода и остатков товара.

Участники мероприятия приняли активное участие в обсуждении и задали ряд интересующих вопросов. По итогам круглого стола были разработаны рекомендации и предложения по дальнейшему совершенствованию цифровых инструментов.


Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#onlayn_seminar #QQS

❗️Hurmatli soliq to‘lovchilar

Davlat soliq qo‘mitasining navbatdagi onlayn seminari bugun, 🗓 2021-yil 7-dekabr kuni "Qo'shilgan qiymat solig'i boyicha imtiyozga ega tovar (xizmat) lar va imtiyozga ega tashkilotlar uchun EHFni shakllantirish" mavzusida bo‘lib o‘tadi.

Jonli efir 👉 YOUTUBE platformasi orqali o‘tkaziladi

🕙 Boshlanish vaqti – 16:00
______________________
#онлайн_семинар #НДС

❗️Уважаемые налогоплательщики

Очередной онлайн семинар-тренинг Государственного налогового комитета состоится сегодня, 🗓 7 декабря 2021 года на тему "Оформление ЭСФ по товарам (услугам), освобожденным от НДС, и организациями, имеющими льготы по налогу на добавленную стоимость".

Прямой эфир состоится на платформе 👉 YOUTUBE

🕙 Начало – 16:00

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#savol_javob

Ipoteka krediti 🏢olganman, oylik ish haqimdan kreditni qoplashga yo‘naltirilgan qismiga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bo‘yicha soliq imtiyozi qanday tartibda tatbiq etiladi?

📌Soliq kodeksining 378-moddasi 16-bandiga asosan, agar uy-joyingizning🏢qiymati 3️⃣0️⃣0️⃣ million so‘mdan oshmasa hamda kredit shartnomasida kredit to‘lovlari uchun byudjetdan subsidiya ajratilishi nazarda tutilgan bo‘lsa (ushbu shartlar to‘liq bajarilmasa imtiyoz tatbiq etilmaydi), oylik ish haqingizning 1️⃣5️⃣million so‘mgacha kreditni qoplashga yo‘naltirilgan qismiga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bo‘yicha soliq imtiyozi tatbiq etiladi.
#konstitutsiya #madhiya

Davlat soliq qo‘mitasida Bosh qomusimiz hamda davlat madhiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan tadbir tashkil etildi

🇺🇿8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda 10-dekabr – davlat madhiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan Davlat soliq qo‘mitasida “Konstitutsiya bosh qomusimiz” va “Ulug‘ xalq qudrati jo‘sh urgan zamon” mavzularida tadbir o‘tkazildi.

Unda Davlat soliq qo‘mitasi rahbariyati va xodimlar, shoirlar hamda yosh sanʼatkorlar ishtirok etdi.

Xalqimiz siyosiy tafakkurining noyob namunasi bo‘lgan Konstitutsiyamiz har bir fuqaro uchun bayroq, gerb, madhiyamiz kabi muqaddasdir. Tadbirda Bosh qomusimiz bugungi osoyishta hayotimiz va buyuk istiqbolimizning muhim asosi ekanligi eʼtirof etildi.

Madhiya – ulug‘ xalqning mangu qo‘shig‘i. Taʼkidlanganidek har birimizga o‘zgacha shukuh va g‘urur bag‘ishlaydigan madhiyada xalqimizning ezgu orzu-umidlari, kelajakka mustahkam ishonchi teran ifodalangan.

Tadbirda shoir hamda yosh qo‘shiqchilarning Vatanni, istiqlolni madh etuvchi she'r va qo‘shiqlari barchaga xushkayfiyat bag‘ishladi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram