Salıq xızmeti xabarları
3.23K subscribers
8.66K photos
2.16K videos
161 files
7.49K links
Tarawǵa baylanıslı múrájatlardı jollaw ushın: @saliq_murajat_bot

Instagram https://www.instagram.com/saliq_xabarlari
Facebook https://www.facebook.com/saliqxabarlari
Youtube https://www.youtube.com/channel/UCs9W8hHE


Maģlìwmat ushın tel: (61) 222-00-33
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#deklaratsiya

Soliq deklaratsiyalarini yuborish boʻyicha videoqoʻllanma

💻Endilikda "kontrakt"dan 12% daromad solig‘ini qaytarib olish uchun soliq organlariga tashrif buyurmasdan, my3.soliq.uz orqali shartnoma va toʻlov hujjatlarini biriktirgan holda deklaratsiya yuborish mumkin.

“Soliq deklaratsiyalarini yuborish” elektron xizmatining yangi versiyasida foydalanuvchining ish haqi va boshqa daromadlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar avtomatik shakllanadi.

♻️Jismoniy shaxslarning quyidagilar uchun yoʻnaltirilgan daromadlaridan 12% miqdorida daromad soligʻini masofadan qaytarib olish mumkin:
▫️kontrakt;
▫️nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari;
▫️ipoteka kreditlari.

☝️Bu haqda batafsil videoqoʻllanmada tanishing

❗️Deklaratsiya elektron raqamli imzodan foydalangan holda yuboriladi.

👉Elektron raqamli imzo olish bo‘yicha videoqo‘llanma

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#savol_javob #mol_mulk_soligi

🔴 Bank krediti asosida koʻp kvartirali uy xarid qilganman. Menga ushbu kvartira uchun mol-mulk soligʻidan imtiyoz bormi?

🔵 2020-yil 1-iyulgacha
“2017-2020-yillarda shaharlarda arzon koʻp kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish dasturi”ni amalga oshirish doirasida “Ipoteka bank” ATIB, “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB va “Asaka bank” ATB tomonidan berilgan ipoteka kreditini toʻlab boʻlgunga qadar sotib olingan kvartiralar boʻyicha jismoniy shaxslar (qarzdorlar) mol-mulk soligʻidan ozod qilinadi.
👉PQ-2660 17-bandi “a” kichik bandi 22.11.2016-yil

👉Ipoteka krediti oylik ish haqidan toʻlansa, daromad soligʻidan imtiyoz beriladimi?

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#QQS

QQS hisobotini to‘ldirish bo‘yicha batafsil qo‘llanma

QQSning soliq davri (hisobot davri) bir oy etib belgilangan. Shunga ko‘ra hisob-kitob va uning ilovalari oylik asosda toʻldiriladi.
👉Soliq kodeksi 259-modda

🗓QQS hisobotining 5-ilovasiga o‘zgartirish kiritildi. Shunga ko‘ra, QQS hisobotining yangi 10006_37 sonli paketi my.soliq.uz saytiga joylashtirildi.

Bunda 2023-yilning o‘tgan davri uchun (yanvar - fevral) taqdim etilgan hisobotlarni qayta topshirish talab etilmaydi.

Soliq kodeksining 83-moddasiga asosan qayta hisobot taqdim etilganda, 10006_37 paketi bilan topshiriladi.

👉QQS hisobotini to‘ldirish bo‘yicha batafsil qo‘llanma

QQS hisobotining 5-ilovasiga kiritilgan o‘zgartirishlar

🔸5-ilova “QQS summasiga tuzatish kiritish” interaktiv xizmati maʼlumotlari asosida shakllanadi.

🔸“QQS summasini hisobga olish” bo‘limida Soliq kodeksining 266, 269 va 270-moddalarida keltirilgan mezonlarga asosan QQS summasi hisobga olinadi. Bu ma'lumotlar 5-ilovaning 1-jadvalida aks etadi.

🔸“QQS summasini hisobdan chiqarish” bo‘limida Soliq kodeksining 266, 267, 269, 271-moddalarida keltirilgan mezonlarga asosan QQS summasi hisobdan chiqariladi. Bu ma'lumotlar 5-ilovaning 2-jadvalida aks etadi.

❗️Ma'lumot uchun: EHF rouming operatori tomonidan berilgan ID raqam, bojxona yuk deklaratsiyasi esa post raqami, deklaratsiya rasmiylashtirilgan sana va deklaratsiya raqamini kiritish natijasida shakllantiriladi. So‘ngra kerakli tovar (qoldiq yoki hisobdan chiqariladigan) miqdori kiritilganda tuzatilishi lozim boʻlgan QQS summasi avtomatik aks etadi.

☝️Maʼlumotlar tuzatilishi lozim boʻlgan sanadagi koʻrsatib oʻtilgan soliq davrida shakllantiriladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#rasmiy_munosabat

FACE ID – foydalanuvchilar uchun xavfsizlik kafolati

Soliq mobil ilovasi orqali 2 099 554 ta foydalanuvchiga jami 890,1 mlrd so‘m keshbek tasdiqlab berildi.

❗️Shu bilan birga keshbeklarni to‘plash va uni olishda firibgarlik holatlari yoki shubhali xaridorlar ko‘p uchramoqda.
20 mingdan ortiq foydalanuvchi shubhali xaridorlar ro'yxatiga tushgan.

📱 Face ID dan o‘tish talabi bosqichma-bosqich kiritildi. Buning uchun ko‘p narsa talab etilmaydi, faqat 2 ta amal bajariladi (aksariyat 30 sekundgacha vaqt oldi), xolos:
🪪 jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamini (JShShIR) kiritish;
🤳 yuzni to'liq suratga olib tasdiqlashga yuborish.

🎧Murojaatlarni 24/7 rejimda 1198 call markaz orqali qabul qilamiz. 💯 Iste'molchilar va haqiqiy foydalanuvchilarning keshbek olishi kafolatlanadi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining so‘nggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelsa, shundan keyingi birinchi ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi. Shu sababli 2023-yil 6-mart

fevral oyi uchun:

- banklar tomonidan O‘zbekiston Respublikasining norezidentlariga amalga oshirilgan to‘lovlar (dividendlar va foizlar to‘lovidan tashqari) bo‘yicha yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ini budjetga o‘tkazishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 355-modda 2-qism);

- natura holida to‘langan daromadlar bo‘yicha jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini va ShJBPHga majburiy badallarni to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 390-modda 2-qism, 06.10.2005-yildagi 1515-raqamli nizomning 7-bandi).
__________________________________
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем ❗️ Если последний день срока исполнения налогового обязательства приходится на выходной (нерабочий) день, днем окончания срока считается следующий за ним первый рабочий день. В связи с этим 6 марта 2023 года последний день

за февраль:

- перечисления банками в бюджет налога на прибыль по платежам, произведенным нерезидентам Республики Узбекистан (кроме выплаты дивидендов и процентов)
(ч.2 ст.355 Налогового кодекса);

- уплаты налога на доходы физических лиц и обязательных взносов на ИНПС с доходов, выплаченных в натуральной форме
(ч.2 ст.390 Налогового кодекса, п. 7 Положения, рег. № 1515 от 06.10.2005 г.)

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#stol_tennisı

♻️Ózbekstan stol tennisı federaciyası Qaraqalpaqstan bóliminde sporttıń 🏓 stol tennisı boyınsha sportshılar arasında "Qaraqalpaqstan kubogı" ótkerildi.

⚡️Turnirge barlıq qala hám rayonlardan sportshılar qatnasıp, óz-ara kúsh sınastı. Qızǵın bellesiwlerge bay bolǵan sport oyınında er balalar arasında🥇1-orın Respublika Oyın túrleri hám jeńil atletika mektebine, 🥈2-orın Nókis olimpiya hám paralimpiya sport túrlerine tayarlaw orayı 1-komandası, 🥉3-orın Nókis olimpiya hám paralimpiya sport túrlerine tayarlaw orayı 2-komandalarına nesip etti.

⚡️Qızlar arasında 🥇1-orın Nókis olimpiya hám paralimpiya sport túrlerine tayarlaw orayı 1-komandası, 🥈2-orın Respublika Oyın túrleri hám jeńil atletika mektebine, 🥉3-orın Nókis olimpiya hám paralimpiya sport túrlerine tayarlaw orayı 2-komandası hám Ámiwdárya rayonı saylandı komandalarına nesip etti.

Jarıs jeńimpazlarına 🏆 kubok, medal hám qımbat bahalı sawǵalar tapsırıldı.

🟢telegram 🔴 facebook 🔵 instagram 🟠 youtube
#savol_javob #AOS

🔴 AOS* toʻlovchi xodimlariga ish haqini natura shaklida toʻlaganda AOS boʻyicha soliq majburiyati yuzaga keladimi?

🔵 Soliq agentlari tomonidan oʻz xodimlariga natura shaklida ish haqi toʻlanganda, tovar qiymati soliq toʻlovchining jami daromadi tarkibiga, yaʼni AOS boʻyicha soliq solish bazasiga kiritiladi va belgilangan tartibda AOS toʻlanadi.
👉Soliq kodeksi 297-modda

Eslatma: fevral oyi uchun AOS hisobotini taqdim etish va soliqni toʻlashning oxirgi kuni – 15-mart
👉
Soliq kodeksi 470-modda

*aylanmadan olinadigan soliq

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#mobil_ilova

“Soliq” mobil ilovasi: 3 mlndan ortiq foydalanuvchi uchun yangi xizmatlar va yangicha dizayn

Soliq
mobil ilovasining yangilangan interfeysi (1.3.7) Play marketga joylandi.

Yaqin kunlarda iOS dasturidagi qurilmalar uchun App Store platformasiga qo‘yiladi.


Yangilangan ilovaga quyidagi xizmatlar qo‘shildi:

🔸"Monitoring" – mobil ilovada amalga oshirilgan toʻlovlar hamda operatsiyalar tarixini kuzatish;

🔸"Yangiliklar" ilova hamda soliq sohasiga oid yangiliklar bilan tanishish;

🔸"Tax Free" – chet elliklar tomonidan QQSni qaytarib olish uchun xarid chekini ro‘yxatdan o‘tkazish, shuningdek Visa va Mastercard kartalarini qo‘shish.

Shuningdek ilova orqali:

🔸Akkauntga biriktirilgan telefon raqamini o‘zgartirish yoki oʻchirish;

🔸Ilova oʻrnatilgan va foydalanilayotgan qurilmalar roʻyxatini koʻrish.

👆Ilovani hoziroq yuklab oling.

❗️Yangi versiya yuklab olinganda keshbek summasi va boshqa ma'lumotlar saqlanib qolinadi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#8mart
#etirof

Hamkasbimiz “Mo‘tabar ayol” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi

Ana'naga ko‘ra, 8-Mart – Xalqaro Xotin-qizlar kuni arafasida samarali mehnati, boy amaliy tajribasi bilan Yangi O‘zbekistonni barpo etish, farzandlarimizni ona Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashda ulkan hissa qo‘shib kelayotgan bir guruh xotin-qizlar “Mo‘tabar ayol” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Ular qatorida uzoq yillardan beri Soliq sohasida sidqi dildan xizmat qilib kelayotgan matonatli, fidoyi xodima, Soliq qoʻmitasining Xalqaro soliq solish boʻlimi boshligʻi Alishayeva Rano Xamidovna ham bor.

Fursatdan foydalanib, uzoq yillardan buyon soliq xizmati organlarida burchini fidoyilik bilan ado etib kelayotgan Rano Alishayevani soliq organlari jamoasi nomidan ushbu mukofot bilan muborakbod etamiz!

Soliq qo‘mitasi Matbuot xizmati

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#8_mart
#Xalıqaralıq_hayal_qızlar_kúni

Mámleketlik salıq xızmeti hayal-qızları húrmet hám itibarda

♻️ Qaraqalpaqstan Respublikası salıq basqarmasında 💐 8-mart – Xalıqaralıq hayal-qızlar bayramı múnásibeti menen bayram ilajı ótkerildi.

⚡️Qaraqalpaqstan Respublikası salıq basqarması baslıǵı X.Bekchanov tarawdaǵı barlıq hayal-qızlardı bayram menen qızǵın qutlıqladı.

🟢telegram 🔴 facebook 🔵 instagram 🟠 youtube
#8_mart_Xalıqaralıq_hayal_qızlar_bayramı

Qádirli analar!

Húrmetli hayal-qızlar!

⚡️Sizlerdi 💐💐💐 8-mart Xalıqaralıq hayal-qızlar kúni bayramı menen shın kewilden qutlıqlaymız!

Sizge bekkem densawlıq, shańaraǵızǵa baxıt, amanlıq, awızbirshilik hám jumıslarıńızda tasqın tabıslar tileymiz!

Qaraqalpaqstan Respublikası salıq basqarması jámááti

🟢telegram 🔴 facebook 🔵 instagram 🟠 youtube
#raqamlashtirish #soliq_tushumlari

2023-yil fevral oyida yanvar oyiga nisbatan 7 ta soliq turida o‘sish qayd etildi

Ma'lumki, Soliq qo‘mitasi tomonidan soliq tushumlari va soliq ma'murchiligining strukturasi va dinamikasiga oid boshqa ma'lumotlar Fiskal tahlillarda e'lon qilib boriladi.

Navbatagi hisobot oyi yakunlari bo‘yicha budjetga tushumlar tahlil qilinganda 2023-yil fevral oyida yanvar oyiga nisbatan 7 ta soliq turida o‘sishga erishilgan.

Jumladan, foyda solig‘i 1,5 trln so‘m, JShODS 407,2 mlrd so‘m, AOS 140,7 mlrd so‘m, mol-mulk solig‘i 140,2 mlrd so‘m, yer solig‘i 100 mlrd so‘m, aksiz solig‘i 86 mlrd so‘m, yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq 30 mlrd so‘mga o‘sgan.

2023-yil yanvar-fevral oylaridagi jami tushum 25,3 trln so‘mdan oshdi.

Ma'lumot uchun, 01.01.2023-yildan QQS stavkasi 12%, yanvar oyi uchun fevral oyida soliq to‘lanadi.

👉 Batafsil

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter