Salıq xızmeti xabarları
3.22K subscribers
8.66K photos
2.16K videos
161 files
7.5K links
Tarawǵa baylanıslı múrájatlardı jollaw ushın: @saliq_murajat_bot

Instagram https://www.instagram.com/saliq_xabarlari
Facebook https://www.facebook.com/saliqxabarlari
Youtube https://www.youtube.com/channel/UCs9W8hHE


Maģlìwmat ushın tel: (61) 222-00-33
Download Telegram
#qonunchilikdagi_yangiliklar #yer_soligi

Yer soligʻi boʻyicha qonunchilikdagi o‘zgarishlar

1. Saqlab qolindi:
▫️yuridik va jismoniy shaxslar yer soligʻini hisoblab chiqarish tartibi;
▫️qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar uchun qishloq xoʻjaligi yerlarining normativ qiymatiga nisbatan 0,95 foiz miqdorida belgilangan soliq stavkasi, soliq hisobotini taqdim etish va soliqni toʻlash muddatlari.

2. Qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar uchun 2022-yilda amalda boʻlgan yer soligʻining bazaviy stavkalari oʻrtacha 10 foizga indeksatsiya qilindi. Bunda soliq stavkalarining aniq miqdorini mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan bazaviy stavkalar asosida, tumanlarning iqtisodiy rivojlanishiga qarab, oshiruvchi va kamaytiruvchi koeffitsiyentlarni qoʻllagan holda aniqlash tartibi saqlab qolindi.

3. 2023-yilda uy-joy fondining koʻchmas mulk obyektlari egallagan qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalariga ega boʻlgan jismoniy shaxslar uchun soliq summasini oʻtgan yildagiga nisbatan oshirishga cheklov qoʻllash amaliyoti saqlab qolindi. Xususan, soliq yukining keskin oshishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida, 2023-yilda soliq summasi 2022-yilda hisoblangan soliq summasidan 1,3 baravardan ko‘p oshmasligi lozim.

4. 2023-yilda Soliq kodeksining 429-moddasida nazarda tutilgan yuridik shaxslarning alohida obyektlar bilan band boʻlgan yer uchastkalari uchun soliq stavkalariga nisbatan qoʻllaniladigan pasaytiruvchi koeffitsiyentni 0,3 dan 0,4 gacha oshirish yoʻli bilan yuridik shaxslar uchun pasaytirilgan soliq stavkasini bazaviy soliq stavkasiga bosqichma-bosqich yetkazish davom ettiriladi.

Yuridik shaxslar uchun pasaytirilgan soliq stavkasi 2020-yildan boshlab ilgari soliq imtiyozlari berilgan obyektlar boʻyicha joriy etilgan edi.

Soliq kodeksining 429-moddasi 6-qismi 2-5 xatboshilarida nazarda tutilgan obyektlar boʻyicha pasaytiruvchi koeffitsiyentlar respublikaning har bir tumani va shahari boʻyicha oʻrtacha belgilangan soliq stavkasiga nisbatan qoʻllaniladi.

5. Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarga soliq solishning teng sharoitlarini taʼminlash maqsadida qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarga ega boʻlgan jismoniy shaxslarga nisbatan dehqon xoʻjaliklari uchun nazarda tutilgan yer soligʻini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi tatbiq etiladi. Ular uchun yer soligʻi summasi soliq organlari tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan yer uchastkalarining normativ qiymatidan kelib chiqqan holda hisoblanadi.

Bunda yer uchastkalarining normativ qiymati, tegishincha, oʻrtacha tuman (shahar)ning sugʻoriladigan yoki sugʻorilmaydigan yeri boʻyicha aniqlanadi.

Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarning sifati yomonlashgan yoki yaxshilangan (bonitet balli pasaygan yoki oshgan) holda qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarga ega boʻlgan dehqon xoʻjaliklari va jismoniy shaxslarga nisbatan Soliq kodeksining 429-moddasi 9- va 10-qismlarida nazarda tutilgan tartib tatbiq etiladi.

6. 2022-yil 1-iyuldan qonun hujjatlari bilan yuridik shaxslar yer soligʻining oshirilgan stavkalarini belgilash yoʻli bilan taʼsir choralari qoʻllanilishi mumkin boʻlgan obyektlarga soliq solish tartibi bekor qilingan.

7. Qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar boʻyicha soliq hisobotini taqdim etish va soliqni toʻlash muddatlariga oʻzgartirishlar kiritildi. Xususan, quyidagi muddatlar belgilanmoqda:
🔹soliq hisoboti va yuridik shaxsda soliq solish obyekti hisoblanmaydigan yer uchastkalari mavjudligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani taqdim etish – joriy soliq davrining 20-yanvaridan kechiktirmay;
🔹AOS toʻlovchilar tomonidan soliq toʻlash – har chorak uchinchi oyining 20-kunidan kechiktirmay. Qolgan soliq toʻlovchilar uchun soliqni toʻlash muddatlari saqlanib qoladi – har oyning 10-kuniga qadar, bunda ular yanvar oyi uchun 20-yanvardan kechiktirmay toʻlaydi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#новое_в_законодательстве #земельный_налог

Изменения в законодательстве по земельному налогу

1. Сохраняется:
▫️порядок исчисления земельного налога с юридических и физических лиц,
▫️по землям сельскохозяйственного назначения - налоговая ставка, установленная в размере 0,95% к нормативной стоимости сельхозугодий, сроки представления налоговой отчетности и уплаты налога.

2. Базовые ставки земельного налога за земли несельскохозяйственного назначения, действовавшие в 2022 году, индексируются в среднем на 10%. При этом сохраняется
порядок определения конкретного размера
налоговых ставок органами государственной власти на местах на основании базовых ставок, с применением повышающих и понижающих коэффициентов, в зависимости от их экономического развития.

3. Сохраняется в 2023 году для физлиц, имеющих земельные участки несельскохозяйственного назначения, занятые объектами недвижимого имущества жилого фонда, практика применения ограничения в росте суммы налога по отношению к предыдущему году. В частности, в 2023 году сумма налога не должна превышать сумму налога, начисленного в 2022 году, более чем в 1,3 раза, с целью недопущения резкого роста налогового бремени.

4. Продолжается поэтапное доведение пониженной налоговой ставки для юрлиц до базовой налоговой ставки путем увеличения в 2023 году понижающего коэффициента, применяемого к налоговым ставкам для юрлиц в отношении
земельных участков, занятых отдельными объектами, предусмотренными в ст.429 Налогового кодекса с 0,3 до 0,4.

Пониженная налоговая ставка для юрлиц была введена с 2020 года по объектам, по которым ранее были предоставлены налоговые льготы.

В отношении объектов, предусмотренных в абз. 2-5 ч.6 ст.429 Налогового кодекса понижающие коэффициенты применяются к налоговой ставке, установленной в среднем по каждому району и городу республики.

5. В целях обеспечения равных условий налогообложения земель сельскохозяйственного назначения, на физлиц, имеющих земли сельскохозяйственного назначения, распространяется порядок исчисления и уплаты земельного налога, предусмотренный для дехканских хозяйств. Сумма земельного налога для них рассчитывается налоговыми органами исходя из нормативной стоимости земельных участков определенной в соответствии с законодательством.

При этом нормативная стоимость земельных участков определяется в среднем по орошаемой или неорошаемой земле района (города), соответственно.

В случае ухудшения или улучшения качества сельскохозяйственных земель (снижения или повышения балла бонитета) на дехканские хозяйства и на физлиц, имеющих земли сельскохозяйственного назначения, распространяется порядок, предусмотренный ч.9 и ч.10 ст.429 Налогового кодекса.

6. С 1 июля 2022 года отменен порядок налогообложения объектов, по которым законодательством могут применяться меры воздействия путем установления повышенных ставок земельного налога с юрлиц.

7. Внесены изменения в сроки представления налоговой отчетности и уплаты налога по землям несельскохозяйственного назначения. В частности, устанавливаются следующие сроки:
🔹представления налоговой отчетности и справки об имеющихся у юрлица земельных участках, не являющихся объектом налогообложенияне позднее 20 января текущего налогового периода;
🔹уплаты налога плательщиками налога с оборотане позднее 20 числа третьего месяца каждого квартала. Для остальных налогоплательщиков сохраняются сроки уплаты налога – до 10 числа каждого месяца, при этом за январь месяц они уплачивают не позднее 20 января.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#qonunchilikdagi_yangiliklar

2023-yil 1-yanvardan 2026-yil 1-yanvarga qadar:

▪️5-toifadagi tumanlarda faoliyat yuritadigan tadbirkorlar foyda soligʻi, AOS va ijtimoiy soliqni 1% miqdorida to‘laydi;

▪️Yuridik shaxslar mol-mulk va yer soligʻi boʻyicha hisoblangan summani 1% ini toʻlaydi;

▪️YaTTlar JShODSning qatʼiy belgilangan summalarini toʻlashdan ozod qilinadi.

👉Batafsil "Axborot 24" dasturida.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#новое_в_законодательстве

С 1 января 2023 года по 1 января 2026 года:

▪️предприниматели в районах, отнесенных к 5-й категории, уплачивают налог на прибыль, налог с оборота и социальный налог по ставке 1%;

▪️юридические лица в этих районах уплачивают 1% от суммы начисленных налогов на имущество и землю;

▪️индивидуальные предприниматели освобождены от уплаты НДФЛ в фиксированном размере.

👉Подробнее в программе "Новости 24"

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#mehir_háreketi_Qońıratta

♦️Qońırat rayonı mámleketlik salıq inspekciyası baslıǵı B.Abatov 4-sektor aymaǵında jasawshı 96 jastı qarsı alǵan Eshniyazova Narjan apanıń halınan xabar alıp jańa jıl menen qutlıqlap, azıq-awqat ónimlerin tapsırdı.

🟢telegram 🔴 facebook 🔵 instagram 🟠 youtube
#sawda_yarmarkası

📌Taqiyatas rayonı mámleketlik salıq inspekciyası, rayon hákimligi hám rayon prokuraturası menen birgelikte "Taqiyatas diyxan bazarı"nda arzanlastırılǵan sawda yarmarkası shólkemlestirip xalqımızdıń bayram keypiyatın asırmaqta.

🟢telegram 🔴 facebook 🔵 instagram 🟠 youtube
#qonunchilikdagi_yangiliklar #yer_soligi

Jismoniy shaxslar yer solig‘i bazaviy stavkalari
(dehqon xo‘jaligini yuritish uchun berilgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalari bundan mustasno)

👉30.12.2022-yildagi O‘RQ-812-son

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Korxona rahbari, hisobchisi yoki ularning telefon raqamlari o‘zgardimi?

Bu ma'lumotlarni masofadan yangilash imkoni mavjud.

👉Batafsil videoqo‘llanmada
______________

Сменился руководитель или бухгалтер организации либо их телефонные номера?

Есть возможность обновить эти сведения удаленно.

👉Подробнее в видеоинструкции

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#qonunchilikdagi_yangiliklar #suv_resurslaridan_foydalanganlik_uchun_soliq

Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha o‘zgarishlar

1. Saqlab qolindi:
▫️suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi.

2. Quyidagilarga ega boʻlgan jismoniy shaxslar uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni toʻlash joriy etildi:

🔹tadbirkorlik faoliyati va (yoki) daromad olish uchun moʻljallangan noturar joy maqsadidagi koʻchmas mulk obyektlariga yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun belgilangan soliq stavkalari boʻyicha;
🔹qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarga dehqon xoʻjaliklari uchun belgilangan soliq stavkalari boʻyicha.
Soliq toʻlovchilarning ushbu toifasi boʻyicha soliq - soliq organlari tomonidan hisoblab chiqariladi.

3. 2022-yilda amalda boʻlgan soliq stavkalari oʻrtacha 10% ga indeksatsiya qilindi.

4. Quyidagi muddatlarga oʻzgartirishlar kiritildi:
🔸Oʻzbekiston yuridik shaxslari (qishloq xoʻjaligi korxonalari bundan mustasno) uchun soliq hisobotini taqdim etish, u hisobot beriladigan soliq davridan keyingi yilning 1-martidan kechiktirmay belgilanadi.
Soliq davri uchun soliq, boʻnak toʻlovlarini hisobga olgan holda, xuddi shu muddatda toʻliq toʻlanadi;
🔸soliq organlari tomonidan toʻlov xabarnomasini topshirish, soliq davridan keyingi yilning 1-martidan kechiktirmay belgilanadi.

5. Qishloq xoʻjaligi korxonalari uchun soliq toʻlashning muddati:
🔹1-oktabrga qadar
– qishloq xoʻjaligi korxonasi oʻtgan soliq davrida qishloq xoʻjaligi yerlarini sugʻorish va baliq koʻpaytirish (yetishtirish) uchun foydalanadigan suv hajmi asosida soliq organlari tomonidan aniqlangan yillik soliq summasining 70 %i. Bunda oʻtgan soliq davrida foydalanilgan suv hajmi toʻgʻrisidagi maʼlumot mavjud boʻlmaganda soliq summasi vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan suv isteʼmoli normativlari boʻyicha aniqlanadi;
🔹15-dekabrga qadar
soliqning qolgan summasi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#mehir_háreketi

♦️Elimizde jasaw shárayatı awır shańaraqlarǵa materiallıq járdem kórsetiw, olardı hár tárepleme qollap-quwatlawǵa ayrıqsha itibar qaratılmaqta.

❇️ Atap aytqanda, Qońırat rayonı 4-sektor tárepinen "Súyenli" APJ aymaqlarındaǵı jasaw shárayatı awır shańaraqlardıń qıstıń ayazlı kúnlerinen saw-salamat shıǵıwı ushın kómirler jetkerilip berildi.

🟢telegram 🔴 facebook 🔵 instagram 🟠 youtube
#soraw_juwap

🔴Kesellik tariyxında bolǵan dáwirim ushın esaplanatuǵın puldan salıq uslap qalınama

🟢 Miynetke qábiletin waqtınsha joǵaltqanlıǵı ushın xızmetkerge tólenetuǵın tólemler (kesellik tariyxı tiykarında) fizikalıq shaxslardıń basqa dáramatları esaplanadı.

✔️Bul dáramatlar óz náwbetinde jámi dáramatlar quramına kiredi hám belgilengen tártipte 12 % stavkada fizikalıq shaxslardan alınatuǵın dáramat salıǵına tartıladı.

🟢telegram 🔴 facebook 🔵 instagram 🟠 youtube
#mehir_háreketi_dawam_etpekte

♻️"Mehir háreketi" sheńberinde qayır-saqawat ilajları

📌Qaraqalpaqstan Respublikası mámleketlik salıq basqarması baslıǵı orınbasarı U.Aliev hám Tórtkúl rayonı mámleketlik salıq inspekciyası baslıǵı A.Abdalovlar "Mehir háreketi" sheńberinde 4-sektorda jaylasqan “Tazabaǵjap” awıl puqaralar jıyını aymaǵında jasawshı járdemge mútáj shańaraqlar halınan xabar alıp, azıq-awqat ónimlerin tapsırdı.

🟢telegram 🔴 facebook 🔵 instagram 🟠 youtube
#QQS #EHF

Eslatib o'tamiz❗️

Tadbirkorlik subyektlariga 2022-yilning o‘tgan hisobot davrlari uchun 2023-yil 10-yanvargacha (10-yanvar kuni ham) bozor yoki bojxona narxidan past narxda realizatsiyaga bir tomonlama EHF rasmiylashtirish imkoniyati berilgan.
__________
#НДС #ЭСФ

Напоминаем❗️

По 10 января 2023 года включительно субъектам предпринимательства была предоставлена возможность оформить односторонние ЭСФ за предыдущие oтчетные периоды 2022 года по реализации ниже рыночной или таможенной стоимости.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#qonunchilikdagi_yangiliklar #AOS

Aylanmadan olinadigan soliq to‘lovchilar uchun

2023-yil 1-yanvardan
boshlab aylanmadan olinadigan soliqni qat'iy belgilangan summada to‘lash tartibi joriy etildi.

Bunda soliq to‘lovchilarga jami daromadi 500 mln soʻmdan oshmaganda yiliga 20 mln soʻmlik, jami daromad 500 mln soʻmdan oshganda esa yiliga 30 mln soʻmlik qatʼiy belgilangan summada soliq toʻlashni tanlash huquqi berildi.

Shuni taʼkidlash joizki, mazkur tartib boʻyicha soliq toʻlash ixtiyoriy hisoblanadi. Ushbu tartibni tanlash tadbirkorlik subyektlari uchun quyidagi yengilliklarni yaratib beradi:

🔸buxgalter yollash shart boʻlmaydi (bunda buxgalterga toʻlanadigan ish haqi xarajatlari qisqaradi), shuningdek tovarlar hisobini yuritish talab etilmaydi;
🔸soliq organlariga moliyaviy hisobotlar va aylanmadan olinadigan soliq hisobotini taqdim etish majburiyati yuzaga kelmaydi;
🔸bank hisobvaragʻidan dividend tarzida yechib olinadigan mablagʻlar soliqqa tortilmaydi.

♻️Aylanmadan olinadigan soliqni qatʼiy belgilangan summada toʻlashning oʻziga xos xususiyatlari mavjud.

Jumladan, aylanmadan olinadigan soliq toʻlovchi kalendar yilning istalgan oyidan ushbu tartibga oʻtishga haqli.

🗓Bunda, aylanmadan olinadigan soliqni umumiy tartibda toʻlashga navbatdagi soliq davridan boshlab qaytiladi.

Misol uchun, jami daromadi 500 mln soʻmdan oshmagan soliq toʻlovchi 2023-yil 1-apreldan boshlab yiliga 20 mln soʻm boʻlgan stavkada qatʼiy belgilangan summada soliq toʻlashni tanladi. Mazkur holatda soliq summasi 12 ga boʻlinib, bir oy uchun toʻlanishi lozim boʻlgan soliq summasi aniqlanadi. Bunda, soliq summasi 9 oy uchun hisoblanadi va shu yil uchun soliq summasi 15 mln soʻmni tashkil etadi (20 mln soʻm/12 oy x 9 oy).

Ushbu tartib boʻyicha soliq toʻlashga oʻtish uchun soliq toʻlovchilar soliq organiga shaxsiy kabineti orqali keyingi oy boshlanishidan
10 kun oldin xabarnoma
yuborishi yetarli boʻladi.
Bunda soliq toʻlovchilar 2023-yil yanvar oyidan oʻtish uchun xabarnomani 2023-yil 25-yanvargacha taqdim etishga haqli.

📌Misol uchun, 2022-yilda soliq toʻlovchining jami daromadi 500 mln soʻmdan oshmagan boʻlsa, 2023-yildan ilk marta qatʼiy belgilangan summada soliq toʻlashga oʻtganda yiliga soliqning 20 mln soʻmlik qatʼiy stavkasini tanlashi mumkin.
Agar 2022-yilda soliq toʻlovchining jami daromadi 500 mln soʻmdan oshgan boʻlsa, 2023-yildan ilk marta qatʼiy belgilangan summada soliq toʻlashga oʻtganda yiliga soliqning 30 mln soʻmlik stavkasini tanlashi lozim boʻladi.

Shuningdek, soliqning yiliga 20 mln so‘mlik stavkasini tanlagan soliq to‘lovchilar jami daromadi 500 mln so‘mdan oshgan taqdirda, soliqni 30 mln so‘mlik stavkada to‘lashga o‘tishlari lozim.

Misol uchun, yiliga 20 mln soʻmlik stavkani tanlagan soliq toʻlovchining jami daromadi 2023-yil 17-avgust kuni 500 mln soʻmdan oshgan. Mazkur holatda, jami daromadning koʻrsatilgan miqdordan oshishi roʻy bergan oydan boshlab soliq 30 mln soʻmlik stavkadan kelib chiqib hisoblanadi. Bunda:

▫️yanvar – iyul oylari uchun yiliga 20 mln soʻmlik stavkadan kelib chiqib, (20 mln soʻm/12 oy)*7 oy= 11,7 mln soʻm;
▫️avgust – dekabr oylari (5 oy) uchun esa 30 mln soʻm – 11,7 mln soʻm= 18,3 mln soʻm
soliq toʻlanadi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter