Salıq xızmeti xabarları
2.95K subscribers
9.93K photos
2.54K videos
180 files
8.46K links
Tarawǵa baylanıslı múrájatlardı jollaw ushın: @saliq_murajat_bot

Instagram https://www.instagram.com/saliq_xabarlari
Facebook https://www.facebook.com/saliqxabarlari
Youtube https://www.youtube.com/channel/UCs9W8hHE


Maģlìwmat ushın tel: (61) 222-00-33
Download Telegram
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Yuk tashish hujjatlaridagi yangiliklar: qo‘shimcha va afzalliklar

Vazirlar Mahkamasining "O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga tovar-moddiy boyliklarini tashish hujjatlarini rasmiylashtirish tartibini yanada takomillashtirishga qaratilgan o‘zgarish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida" qarori qabul qilindi.
👉 VMQ-168, 18.03.2025-y.

Unga ko‘ra:

Tovar-moddiy boyliklar yuklab jo‘natish bilan bir vaqtda realizatsiya qilinganda, elektron hisobvaraq-faktura (EHF) va tovar-transport yuk xati (TTYX) birlashtirilgan holda rasmiylashtirilishi mumkin.

❗️Bu tadbirkorlarning ish hajmi va vaqtini kamaytirib, mablag‘larini tejaydi.

Quyidagi holatlarda EHF bilan ETTYX birlashtirilib rasmiylashtirilmaydi:

🔹yuklar transport vositasidan foydalanmagan holda (qo‘lda yoki maxsus qurilmalar yordamida) tashilganda;

🔹tovarlarni realizatsiya qilish va yuklab jo‘natish bir vaqtda amalga oshirilmaganda.

Aytish kerakki, TTYXni elektron shaklda rasmiylashtirish talabi yuridik shaxslar, YTT va aylanmasi 100 mln so‘mdan oshgan o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarga nisbatan qo‘llaniladi.

Shuningdek, qaror bilan:

hujjatdagi xatoliklarni mustaqil ravishda tuzatish maqsadida “Tuzatuvchi ETTYX”ni rasmiylashtirish tartibi;

yuklar jismoniy shaxslarga yetkazib berilganda va tovar xususiyatiga ega bo‘lmagan yuklar tashilganda “Bir tomonlama ETTYXni rasmiylashtirish" tartibi;

yuklarni bir nechta transport almashinuvi hamda pochta va kuryerlik xizmati orqali tashilganda ETTYXni rasmiylashtirish tartiblari belgilandi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Kichik va o‘rta biznesning iqtisodiyotdagi o‘rnini oshirish chora-tadbirlari belgilandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kichik va o‘rta biznesning iqtisodiyotdagi o‘rnini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi.
👉PF-50-son, 19.03.2015-y.

Unga ko‘ra:

🔹2025-yil 1-maydan o‘z faoliyatini o‘rta yoki yirik biznes toifasigacha yiriklashtirgan tadbirkorlik subyektlariga – 1 yil davomida QQS summasi o‘rnini qoplash (qaytarish) 7 kun muddatda tezlashtirilgan tartibda amalga oshiriladi;
Amalda yirik, eksport qiluvchi va «AAA» toifadagi subyektlarga qaytariladi.

🔹2025-yil 1-iyuldan 2028-yil 1-yanvarga qadar:

▫️kichik va o‘rta biznes subyektlari uchun qo‘shimcha talablar va majburiyatlarni belgilaydigan normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilishga moratoriy eʼlon qilinadi;
▫️tadbirkorlik subyektlariga yangi tartibga solish vositalarini belgilovchi yoki amaldagilarini kuchaytirishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlarning kuchga kirish sanasi 1-yanvar yoki 1-iyul etib belgilanadi;
▫️kichik tadbirkorlik subyektlari birinchi faoliyat yili davomida ilk bor sodir etgan savdo va tadbirkorlik sohalariga oid maʼmuriy huquqbuzarlik uchun maʼmuriy javobgarlikdan ozod etiladi;

🔹2025-yil 1-sentabrdan boshlab bir vaqtning o‘zida quyidagi barcha mezonlarga javob beruvchi kichik va o‘rta biznes subyektlarini ixtiyoriy tugatishning soddalashtirilgan tartibi joriy qilinadi:

▫️oxirgi 3 yilda tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olgan jami daromadi 10 mlrd so‘mdan oshmagan;
▫️budjet va kreditorlar oldida qarzdorligi mavjud bo‘lmagan hamda muntazam ravishda soliq hisobotlarini taqdim etayotgan;
▫️ “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimida xavf darajasi past bo‘lgan.

🔹2026-yil 1-yanvardan o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat (ishlar, xizmatlar) turlarini qisqartiriladi;
Amaldagi 106 ta faoliyat turi 72 taga qisqartirilmoqda. Asosan YTT shug‘ullanadigan (xonalarni tozalash, mebel yig‘ish, avtomobillarni taʼmirlash, kosmetolog) va sanoat usulida amalga oshiriladigan (pechka va kaminlar yasash, shisha puflash, ko‘zgu tayyorlash, soatsozlik) yo‘nalishlar qisqarmoqda.

🔹fermer xo‘jaliklarining soliq qarzdorligi bo‘yicha hisoblangan penya hisobidan chiqariladi hamda sud va ijro ishlarining ushbu penyani undirish bilan bog‘liq qismi tugatiladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
O‘zini_o‘zi_band_qiladigan_shaxslar_uchun_faoliyat_ishlar,_xizmatlar.pdf
1.6 MB
#qonunchilikdagi_yangiliklar

2026-yil 1-yanvardan o‘zini o‘zi band qiladigan shaxslar uchun faoliyat turlari ro'yxati
___________
#новое_в_законодательстве

Перечень видов деятельности для самозанятых лиц с 1 января 2026 года

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Hunarmandchilik faoliyatining yo‘nalishlari ro'yxati.pdf
3.2 MB
#qonunchilikdagi_yangiliklar

2026-yil 1-yanvardan Milliy hunarmandchilik faoliyatining yo'nalishlari ro'yxati
___________
#новое_в_законодательстве

Перечень направлений ремесленнической деятельности с 1 января 2026 года

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#siyasıy_aǵartıwshılıq_saatı 📚
#nızamshılıqtaǵı_jańalıqlar

⚡️"Siyasiy-aǵartıwshılıq saatı"

Búgingi kúnniń eń áhmiyetli hám aktual máseleleri haqqında maǵlıwmat berip barıwshı "Siyasıy-aǵartıwshılıq saatı" Qaraqalpaqstan Respublikası salıq basqarmasında.
📌«Siyasiy aǵartıwshılıq saatı»na Qaraqalpaqstan Respublikası salıq basqarması xızmetkerleri hám aymaqlıq salıq inspekciyaları xızmetkerleride "ZOOM" platforması arqalı online qatnastı.
___________
#siyosiy_marifat_soati
#qonunchilikdagi_yangiliklar

"Siyosiy-ma’rifat soati"

Bugungi kunning eng muhim va dolzarb masalalari haqida ma’lumot berib boruvchi "Siyosiy-ma’rifat soati" Qoraqalpog‘iston Respublikasi soliq boshqarmasida.
📌"Siyosiy ma’rifat soati"ga Qoraqalpog‘iston Respublikasi soliq boshqarmasi xodimlari va hududiy soliq inspeksiyalari xodimlari ham "ZOOM" platformasi orqali online qatnashdi.

🟢telegram 🔴 facebook  🔵  instagram  🟠 youtube
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Kreativ park rezidentlariga soliq imtiyozlari belgilanmoqda


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar bilan ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni qabul qilindi.
👉PF-61, 26.03.2025-y.

Unga asosan, kreativ industriya parki (kreativ park) yaratiladi.

2025-yil 1-maydan 2031-yil 1-yanvargacha mazkur kreativ park rezidentlariga quyidagi soliq imtiyozlari joriy etiladi:
🔸ijtimoiy soliqni hamda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini 50% kamaytirilgan stavkada toʻlash;
🔸rezidentlarni tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadi miqdoridan qatʼi nazar aylanmadan olinadigan soliq toʻlovchilar toifasiga kiritish. Bunda rezidentlar oʻz istagiga binoan umumbelgilangan soliq solish tartibiga oʻtishlari mumkin.

❗️Ushbu tartib Soliq kodeksiga tegishli oʻzgartirishlar kiritilgandan soʻng amaliyotga joriy etiladi.
👉Soliq kodeksining
2- va 75-moddasi

📌Ma’lumot uchun, amalda tovar aylanmasi 1 mlrd so'mdan oshgan aylanmadan olinadigan soliq to‘lovchilar mazkur oshish ro‘y bergan sanadan boshlab umumbelgilangan soliqlarni (QQS va foyda solig'i) to‘lashga o‘tadi.
__________
#новое_в_законодательстве

Резидентам креативного парка будут предоставлены налоговые льготы

Глава государства подписал Указ "О мерах по реализации задач, определенных в открытом диалоге Президента Республики Узбекистан с молодежью".

👉№ УП-61 от 26.03.2025 г.

Согласно документу будет создан Парк креативной индустрии (креативный парк).

С 1 мая 2025 года по 1 января 2031 года резиденты креативного парка:
🔸будут уплачивать социальный налог и налог на доходы физических лиц по ставке, сниженной на 50%;
🔸будут включены в категорию плательщиков налога с оборота независимо от размера их дохода, полученного от реализации товаров (работ, услуг). При этом резиденты по их желанию могут перейти на общеустановленный порядок налогообложения.

❗️Данный порядок будет внедрен в практику после внесения соответствующих изменений в Налоговый кодекс.
👉
ст.2 и ст.75 НК

📌К сведению. Согласно действующему порядку плательщики налога с оборота, у которых совокупный доход превысил 1 млрд сумов, переходят на уплату общеустановленных налогов (НДС и налог на прибыль) с даты превышения.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Tadbirkorlik subyektlariga qoʻshimcha soliq yengilliklari berilmoqda

 
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ishlab chiqarish, eksport va tadbirkorlik faoliyatini ragʻbatlantirish, savdo va sanoat siyosati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni qabul qilindi.
👉PF-67,  18.04.2025-yil.

Mazkur Farmonga asosan:

2025-yil 1-oktabrdan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan xushboʻylashtiruvchi yoki rang beruvchi qoʻshimchalarsiz oq shakarga nisbatan aksiz soligʻi bekor qilinmoqda.

Maʻlumot uchun, amalda xushbo‘ylashtiruvchi yoki rang beruvchi qo‘shimchalarsiz oq shakar uchun aksiz soliq stavkasi 20 foiz etib belgilangan.
👉Soliq kodeksi 289-modda

20 va undan ortiq ishchisi mavjud boʻlgan yuridik shaxslar tomonidan mol-mulk va yer soliqlari hamda ijara toʻlovlari boʻyicha hisoblangan soliq summalari 2025-yil 15-iyulda va 1-dekabrda boʻlib-boʻlib toʻlanilishiga ruxsat berilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-dekabrdagi PF-229-son Farmonida nazarda tutilgan soliq imtiyozlarini qo‘llash uchun hisobot davridagi to‘quv (trikotaj mato, ip-gazlama va paypoqmahsulotlari), tikuv-trikotaj, poyabzal yoki charm-attorlik mahsulotlarini realizatsiya qilishdan tushgan umumiy tushum hajmini aniqlashda, shartnomaga muvofiq daval xomashyosini qayta ishlash yuzasidan ko‘rsatilgan xizmatlar bo‘yicha olingan daromad ham inobatga olinadi.

Maʻlumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-229-son Farmonida tikuv-trikotaj, poyabzal va charm-attorlik sanoati yo‘nalishlarida ishlab chiqarish faoliyatini yuritayotgan tadbirkorlik subyektlariga foyda solig‘ini 2 foiz va ijtimoiy soliq stavkasini 1 foiz stavkada to‘lash tarzidagi imtiyoz nazarda tutilgan bo‘lib, mazkur imtiyozni qo‘llash uchun hisobot davrida toʻquv (trikotaj mato, ip-gazlama va paypoq mahsulotlari), tikuv-trikotaj, poyabzal yoki charm-attorlik mahsulotlarini realizatsiya qilishdan tushgan umumiy tushumi jami tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadning kamida 90 foizini tashkil etish zarur.

Shuningdek, mazkur Farmon bilan, umumiy ovqatlanish xizmatlarini koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyektlariga toʻlangan qoʻshilgan qiymat soligʻining bir qismini qaytarishda ushbu faoliyatdan olingan daromad tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan jami daromadning kamida 80 foizini tashkil etishi kerakligi belgilandi.

Maʻlumot uchun, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-avgustdagi PF-132-sonli farmoniga asosan, 2025-yil 1-yanvardan umumiy ovqatlanish korxonalariga oylik tovar aylanmasidagi naqd pulsiz qismidan kelib chiqib toʻlangan QQS bir qismini qaytarish tarzidagi imtiyoz berilgan.
Bunda oylik jami tovar aylanmasi hajmida umumiy ovqatlanish xizmatlarining umumiy ulushi 90 foiz va undan ortiq bo‘lishi belgilangan edi.
👉
VMQ-745-son,  07.11.2024-yil

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilar yanada qo‘llab-quvvatlanmoqda

2024-yil 1-sentabrdan 2027-yil 1-sentabrgacha “Hunarmand” uyushmasining aʼzolari uchun belgilangan soliq imtiyozlarining zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadigan va “O‘zbekzargarsanoati” uyushmasining aʼzolari bo‘lgan YATTlarga nisbatan ham tatbiq etilishi belgilandi.
👉O‘RQ-1059-son, 18.04.2025-yil

👉Batafsil

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Tadbirkorlik subyektlariga qoʻshimcha soliq yengilliklar

 
2025-yil 1-oktabrdan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan xushboʻylashtiruvchi yoki rang beruvchi qoʻshimchalarsiz oq shakarga nisbatan aksiz soligʻi bekor qilinmoqda.

20 va undan ortiq ishchisi mavjud boʻlgan yuridik shaxslar tomonidan mol-mulk va yer soliqlari hamda ijara toʻlovlari boʻyicha hisoblangan soliq summalari 2025-yil 15-iyulda va 1-dekabrda boʻlib-boʻlib toʻlanilishiga ruxsat berilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-dekabrdagi PF-229-son Farmonida nazarda tutilgan soliq imtiyozlarini qo‘llash uchun hisobot davridagi to‘quv (trikotaj mato, ip-gazlama va paypoqmahsulotlari), tikuv-trikotaj, poyabzal yoki charm-attorlik mahsulotlarini realizatsiya qilishdan tushgan umumiy tushum hajmini aniqlashda, shartnomaga muvofiq daval xomashyosini qayta ishlash yuzasidan ko‘rsatilgan xizmatlar bo‘yicha olingan daromad ham inobatga olinadi.

Umumiy ovqatlanish xizmatlarini koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyektlariga toʻlangan qoʻshilgan qiymat soligʻining bir qismini qaytarishda ushbu faoliyatdan olingan daromad tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan jami daromadning kamida 80 foizini tashkil etishi kerakligi belgilandi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Mahsulotlarning yagona elektron milliy katalogini yuritish tartibi belgilandi

“Mahsulotlar (tovarlar va xizmatlar) yagona elektron milliy katalogini yuritish hamda undan foydalanish tartibi to‘g‘risida” gi nizom tasdiqlandi.
👉VMQ-263-son, 28.04.2025-yil

Nizomga muvofiq, mahsulotlar (tovarlar va xizmatlar) yagona elektron milliy katalogini yuritish va undan foydalanish, shuningdek, soliq imtiyozlariga mahsulotlarning (tovarlarning va xizmatlarning) identifikatsiya kodlarini biriktirish tartibi belgilandi.

📝Ishlab chiqariladigan va import qilinadigan tovarlar hamda ko‘rsatiladigan xizmatlar milliy katalog obyekti hisoblanadi.

Milliy katalog quyidagi holatlarda va maqsadlarda ishlatiladi:

▫️EHFlarni rasmiylashtirishda;
▫️onlayn-NKT cheklarida;
▫️bojxona yuk deklaratsiyasini to‘ldirishda (bojxona chegarasidan birinchi marta olib kirilayotgan tovarlar bundan mustasno);
▫️qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa holatlarda.

📌Milliy katalogdan Internet jahon axborot tarmog‘idagi “tasnif.soliq.uz” rasmiy veb-sayti orqali foydalaniladi.

🖇Mahsulotlar (tovarlar, xizmatlar) uchun soliq imtiyozlari soliq organlari tomonidan ushbu imtiyozlar nazarda tutilgan normativ-huquqiy hujjatlarda ko‘rsatilgan mahsulot va xizmatlarning identifikatsiya kodlariga biriktiriladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads