Salıq xızmeti xabarları
2.31K subscribers
9.06K photos
2.28K videos
172 files
7.84K links
Tarawǵa baylanıslı múrájatlardı jollaw ushın: @saliq_murajat_bot

Instagram https://www.instagram.com/saliq_xabarlari
Facebook https://www.facebook.com/saliqxabarlari
Youtube https://www.youtube.com/channel/UCs9W8hHE


Maģlìwmat ushın tel: (61) 222-00-33
Download Telegram
#STIR

OTMlarga oʻqishga kirgan talablardan STIR (INN) talab etilmaydi

Biroq, ijtimoiy tarmoqlar orqali oʻqishga kirgan talabalardan talab qilinadigan hujjatlar roʻyxati e’lon qilingan boʻlib unda STIR (INN) ham ko‘rsatilgan.

Natijada, STIR raqami mavjud boʻlmagan shaxslar yoki ularning yaqinlari tomonidan soliq organlariga telefon orqali yoki shaxsan borib STIR soʻrash holatlari uchramoqda.

☝️Shu munosabat bilan, eslatib o‘tamiz, 2021-yil 1-iyuldan boshlab davlat soliq xizmati organlarida jismoniy shaxslarning hisobini yuritish jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JShShIR)dan foydalangan holda amalga oshirilmoqda.

Shunga asosan, 2021-yil 1-iyuldan boshlab jismoniy shaxslarga soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami (STIR)ni berish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish to‘xtatilgan.

Barcha OTMlardan talabalikka tavsiya etilgan shaxslardan STIR talab qilmaslik soʻraladi.

❗️Muhim:
Davlat tashkilotlari tomonidan aholidan STIR talab qilinishi davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi qonunchilik hujjatlari talablarini buzish deb hisoblanadi. (ushbu ma’lumotlar davlat tashkilotlarida oʻzaro axborot almashinuvi orqali olinishi lozim).
👉PF-6191-son 4-band 23.03.2021

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#imtiyoz

"Kontrakt" uchun to‘lov soliqqa tortilmaydi

Jismoniy shaxslarning O‘zbekiston professional va oliy ta’lim tashkilotlariga o‘zining, shuningdek 26 yoshga to‘lmagan farzandlarining yoki erining/xotinining ta’lim olishi uchun yo‘naltirgan ish haqi va boshqa daromadlari soliqqa tortilmaydi. Mazkur imtiyoz o‘qish uchun tijorat banklari tomonidan ajratilgan ta’lim kreditlarini (foizlari bilan) qoplashga nisbatan ham qo‘llaniladi.
👉Soliq kodeksining 378-modda

Agar siz ta’lim uchun yoki olingan ta’lim kreditini (foizlari bilan) qoplash uchun mablag‘larni professional va oliy ta’lim tashkilotlariga yoki tijorat bankiga ish beruvchi tomonidan o‘tkazib berilishini va bu mablag‘laringizga soliq solinmasligini istasangiz, u holda tegishli ariza bilan ish beruvchiga murojaat etishingiz lozim. Bunda, quyidagi hujjatlar ilova qilinishi kerak:

🔹talaba (talabalar) bilan O‘zbekiston professional yoki oliy ta’lim tashkilotlari o‘rtasida to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish to‘g‘risida tuzilgan shartnoma (shartnomalar) nusxasi;

🔹tijorat banki bilan ta’lim kreditini olish uchun tuzilgan shartnoma (shartnomalar) nusxasi.


Agar siz oldingi yillarda ishlagan bo'lsangiz, shartnoma summasini o'zingiz (naqd yoki bank kartasi orqali) mustaqil ravishda to'lagan bo'lsangiz, doimiy yashash joyidagi soliq organiga jami yillik daromadi to‘g‘risidagi deklaratsiya va quyidagi hujjatlarni topshirish orqali to'langan daromad solig'ini qaytarishingiz mumkin.

🔹talaba (talabalar) bilan O‘zbekiston professional yoki oliy ta’lim tashkilotlari o‘rtasida to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish to‘g‘risida tuzilgan shartnoma (shartnomalar) nusxasi;

🔹tijorat banki bilan ta’lim kreditini olish uchun tuzilgan shartnoma (shartnomalar) nusxasi;

🔹O‘zbekiston professional va oliy ta’lim tashkilotlari hisob raqamiga (ta’lim kreditini (foizlari bilan) qoplaganda tijorat banki hisob raqamiga) pul mablag‘larini mustaqil to‘laganligini tasdiqlovchi hujjatlar nusxasi.


Agar ta'lim uchun yo‘naltirilgan mablag'lar miqdori jami yillik daromaddan ortiq bo'lsa, boshqa oila a'zosi (ota/ona, er/xotin) soliq to'langan summaning qolgan qismidan olingan daromad solig‘ini xuddi shu tarzda qaytarishi mumkin. Bunda, u avval imtiyoz qo'llanilgan summa miqdori to'g'risidagi ma’lumotnoma taqdim etishi kerak.

Agar siz va sizning oila a'zolaringiz turli hududlardagi davlat soliq organlarida ro'yxatdan o'tgan bo'lsangiz, u holda imtiyozni qo'llamoqchi bo'lgan shaxs boshqa hujjatlar bilan birga oilaning qolgan a'zolari ushbu imtiyozni hali qo'llamaganligi to'g'risida ma'lumotnoma taqdim etadi.

👉JShODS imtiyozlarini qo'llash tartibi to'g'risidagi nizom

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#15_oktyabr #jer #mal_múlk

Mal-múlk hám jer salıqların 15-oktyabrden keshiktirmey tólewdi umıtpań❗️

Siz to‘legen salıqlar puqaralardı socıallıq-ekonomikalıq qollap-quwatlawǵa hám elimiz párawanlıǵına xızmet etedi.

telegram | facebook | instagram | youtube
#e_ijara

👨‍🎓Ijara shartnomalarini hisobga qo‘yishda talabalardan elektron raqamli imzo talab etilmaydi.

🏠Ko‘chmas mulk ijara shartnomalarini 2 xil usulda hisobga qo‘yish mumkin
.

1️⃣ ijara.soliq.uz sayti orqali. Bunda ijaraga beruvchi saytdan "Talabalar ijarasi" bo‘limini tanlab "Ijaraga oluvchi talaba to‘g‘risida ma'lumot" oynasiga ijaraga oluvchi talabaning JShShIRni kiritganda uning ma’lumotlari (F.I.O, ta’lim olayotgan o‘quv yurti, fakulteti, ta’lim shakli va bosqichi, shuningdek doimiy ro‘yxatga olingan manzili) avtomatik shakllanadi.

Keyingi jarayonda "Qo‘shish" tugmasi orqali talaba bilan birga turgan boshqa talabalar dasturga kiritiladi.

So‘ngra “Telefon raqami” qatoriga ijaraga oluvchi talabaning telefon raqami kiritilib, “Tasdiqlash kodini yuborish” tugmasi bosiladi. Talabaning telefoniga SMS orqali kelgan 5 xonali raqam “Tasdiqlash kodi” qatoriga yozilib “Tasdiqlash” tugmasi bosiladi.

2️⃣ “Soliq” mobil ilovasi orqali. Ilovaning "Ijaraga berish" undan so‘ng “Talabalar uchun ijara shartnoma” bo‘limi orqali talabalar bilan tuzilgan ko‘chmas mulk ijara shartnomalari hisobga qo‘yiladi.

Ilovaga ijaraga beruvchi jismoniy shaxs tomonidan talabaning shaxsiy identifikatsiya raqami kiritilganda uning maʼlumotlari avtomatik shakllanadi. Talabalar Face ID yoki telefon raqamiga SMS orqali keladigan 5 xonali raqamni kiritish orqali ijara shartnomasini tasdiqlashi mumkin.

Talabalar bilan tuzilgan ijara shartnomalari hisobga qo‘yilganda ushbu ma'lumotlar Oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi bazasida shakllanadi. Bu esa oylik ijara to‘lovining bir qismini qoplab berishda oliy o‘quv yurtlariga qulaylik yaratadi.

☝️Eslatib o‘tamiz, soliq to‘lovchining uy-joylarni talabalarga ijaraga berishdan olgan daromadlari soliqdan ozod etilgan. (Soliq kodeksi, 378-modda)

👉Turar joylarni ijaraga oluvchi talabalarda soliq majburiyati yuzaga kelmaydi.

👉Ijara shartnomalarini hisobga qo‘yish bo‘yicha videoqo‘llanma

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#e_ijara

E-ijara xizmatida yerto‘la va tomlarni ijaraga berish shartnomalarini ro‘yxatdan o‘tkazish mumkin

Soliq to‘lovchilarning ko‘plab murojaatlarini inobatga olgan holda E-ijara xizmatida yerto‘la va tomlarni ijaraga berish shartnomalarini ro‘yxatdan o‘tkazish imkoniyati yaratilgan. Buning uchun yerto‘a yoki tomni ijaraga beruvchi shaxsda ushbu mulkning kadastr raqami bo'lishi kerak.

Bunday ijara shartnomasini ro'yxatdan o'tkazish uchun:
1. ERIdan foydalanib, ijara.soliq.uz saytiga kiriladi.
2. Asosiy oynada "Boshqa ijara" menyusi tanlanadi.
3. "Ijaraga berilgan ko'chmas mulk to'g'risida ma'lumot" bo'limida "Ko'chmas mulk obyekti" qatorida obyektning kadastr raqami tanlanadi. Uning umumiy yer maydoni va bo'sh maydon, joylashuvi va ro'yxatga olingan manzili haqidagi ma'lumotlar avtomatik ravishda aks etadi.
4. Shartnoma muddati, mulkdan foydalanish maqsadi (savdo faoliyati, xizmat ko'rsatish, umumiy ovqatlanish, omborxona, ofis, ishlab chiqarish va boshqalar), ijaraga olingan maydon turi (yerto'la yoki tom) va maydon o'lchami ko'rsatiladi.
5. Oylik to'lov ko‘rsatiladi. U so'mda yoki BHM miqdoriga nisbatan belgilanishi mumkin. Shartnoma bo'yicha ijara summasining umumiy miqdori avtomatik ravishda hisoblab chiqariladi.
6. Ijaraga beruvchi to'g'risida ma'lumot avtomatik shakllanadi.
7. Ijaraga oluvchi to'g'risida ma'lumot bo‘limida ijaraga oluvchi:
👉yuridik shaxs bo‘lsa, STIR kiritiladi;
👉jismoniy shaxs bo‘lsa, JShShIR kiritiladi.
8. Ma'lumotlar tasdiqlash uchun yuboriladi.

Tasdiqlash uchun yuborilgan ma’lumotlar quyidagicha aks etadi:

• IJARAGA BERUVCHIda – “Ijaralar ro‘yxati” oynasi ➡️ “Chiquvchi shartnomalar” ➡️ “Tasdiqlanishi kutilayotgan”;

• IJARAGA OLUVCHIda - “Ijaralar ro‘yxati” oynasi ➡️ “Kiruvchi shartnomalar” ➡️ “Tasdiqlanishi kutilayotgan”.

👉Agar IJARAGA OLUVCHI ushbu ma’lumotni tasdiqlasa, ko‘chmas mulk ijara shartnomasi hisobga qo‘yilganligi to‘g‘risida maxsus QR-kodli Guvohnoma shakllanadi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#bilasizmi
#soliq_tekshiruvi

Tekshiruvlar vaqtida soliq organi tomonidan hujjatlarni qayta talab qilish qonuniymi?

Soliq tekshiruvi va soliq nazoratining boshqa tadbirlari davomida soliq organlari tekshirilayotgan shaxsdan quyidagilarni talab qilishga haqli emas:
▫️tekshiriluvchi shaxsning oldingi kameral yoki sayyor soliq tekshiruvlarida soliq organlariga taqdim etilgan hujjatlari;
▫️soliq monitoringi jarayonida taqdim etilgan hujjatlarning tasdiqlangan nusxalari.
Agar hujjatlarning asl nusxalari avval soliq organiga taqdim etilgan va keyinchalik soliq to‘lovchiga qaytarilgan bo‘lsa yoki soliq organiga taqdim etilgan hujjatlar fors-major holatlari tufayli yo‘qolgan bo‘lsa, hujjatlar qayta talab qilib olinishi mumkin.
👉 Soliq kodeksining 146-moddasi 11-qismi

Soliq to'lovchining bu huquqi Soliq tekshiruvlarini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomda ham mustahkamlangan.
👉VMQ 1-son 2-ilova 17 band
__________
#знаете_ли_вы
#налоговая_проверка

Правомерно ли повторное истребование налоговым органом документов при проверках?

В ходе налоговой проверки и иных мероприятий налогового контроля налоговые органы не вправе истребовать у проверяемого лица:
▫️документы, которые уже были представлены в налоговые органы при проведении предыдущих камеральных или выездных налоговых проверок проверяемого лица,
▫️заверенные копии документов, представленные в ходе налогового мониторинга.

Документы могут быть истребованы повторно, только если ранее в налоговый орган были представлены, а впоследствии возвращены налогоплательщику подлинники документов, или документы, представленные в налоговый орган, были утрачены вследствие обстоятельств непреодолимой силы.
👉ч.11 ст.146 НК

Это право налогоплательщика закреплено и в Положении о порядке организации и проведения налоговых проверок.
👉п.17 Прил.№2 к ПКМ от 07.01.2021 г. №1

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
❗️ Salıq organlarında korrupciyaǵa baylanıslı huqıqbuzarlıqlar hám nızamsız háreketler haqqındaǵı maǵlıwmatlardı Telegram messenjerindegi arnawlı @dsq_anticorrupciya_bot qa jiberiń.

telegram | facebook | instagram | youtube
#Hadallıq_vakcinası
#Xojeli_rayonı

📌Xojeli rayonı mámleketlik salıq inspekciyasında taraw xızmetkerleri qatnasıwında oqıw seminarı bolıp ótti.

🔰Ilajda basqarmanıń Jeke qáwipsizligi hám Insán resursların rawajlandırıw bólimi qánigeleri inspekciya xızmetkerlerine "Hadallıq vakcinası" principi tiykarında korrupciyaǵa qarsı gúresiw baǵdarındaǵı jumıslar hám ádep-ikramlılıq qaǵıydaları haqqında maǵlıwmat berip ótti.

♻️Ushırasıwda mámleketlik salıq uyımları xızmetkerleriniń korrupciyaǵa qarsı gúresiwde mánáwiy immunitettin qáliplestiriw, ádep-ikramlılıq qaǵıydalarına ámel etiw, óz-ara kózlengen máplerdiń aldın alıw haqqında túsinikler berip ótti.

✏️Qaraqalpaqstan Respublikası mámleketlik salıq basqarması Baspasóz xızmeti.

telegram | facebook | instagram | youtube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#QR_Mámleketlik_salıq_xızmetı

📌Qaraqalpaqstan Respublikası mámleketlik salıq basqarmasınıń sociallıq tarmaqlardaǵı mánzillerine aǵza bolıń hám salıq tarawındaǵı sońǵı jańalıqlar menen birinshilerden bolıp xabardar bolıń!

telegram | facebook | instagram | youtube
#Hadallıq_vakcinası
#Shomanay_rayonı

♦️Shomanay rayonı mámleketlik salıq inspekciyasında taraw xızmetkerleri qatnasıwında oqıw seminarı bolıp ótti.

🔰Ilajda basqarmanıń Jeke qáwipsizligi bólimi hám huqıq qorǵaw uyimlari qánigeleri inspekciya xızmetkerlerine "Hadallıq vakcinası" principi tiykarında korrupciyaǵa qarsı gúresiw baǵdarındaǵı jumıslar hám 🤝ádep-ikramlılıq qaǵıydaları haqqında maǵlıwmat berip ótti.

Sonıń menen birge, korrupciya illetiniń aqıbetleri, korrupciyaǵa baylanıslı huqıqbuzarlıqlar ushın nızamshılıqta belgilengen juwapkershilikler haqqında da ilaj qatnasıwshılarına maǵlıwmatlar berildi.

✏️Qaraqalpaqstan Respublikası mámleketlik salıq basqarması Baspasóz xızmeti.

telegram | facebook | instagram | youtube
#soliq_huquqbuzarliklari

Shaxs qanday hollarda soliqqa oid huquqbuzarlikni sodir etganlik uchun javobgarlikka tortilmaydi?

Shaxs quyidagi holatlardan bittasi mavjud bo‘lganda soliqqa oid huquqbuzarlik uchun javobgarlikka tortilishi mumkin emas:

soliqqa oid huquqbuzarlik holatining mavjud emasligi;

🙅🏻 soliqqa oid huquqbuzarlikni sodir etishda shaxsning aybi mavjud emasligi;

📆 soliqqa oid huquqbuzarlikni sodir etganlik uchun javobgarlikka tortish muddatlari (5 yil) o‘tib ketganligi.

Soliq kodeksida nazarda tutilgan boshqa holatlar mavjud bo‘lganda ham shaxs soliqqa oid huquqbuzarlikni sodir etganlik uchun javobgarlikka tortilishi mumkin emas.

👉Soliq kodeksi 213-modda
__________
#налоговые_правонарушения

При каких обстоятельствах лицо не привлекается к ответственности за совершение налогового правонарушения?

Лицо не может быть привлечено к ответственности за совершение налогового правонарушения, если:

отсутствует событие налогового правонарушения;

🙅🏻отсутствует вина лица в совершении налогового правонарушения;

📆 истек срок давности (5 лет) привлечения к ответственности за совершение налогового правонарушения.

Лицо не может быть привлечено к ответственности за совершение налогового правонарушения при наличии и иных обстоятельств, предусмотренных Налоговым кодексом.

👉ст.213 НК

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
SOLIQ_TAQVIMI_SENTABR_2022.pdf
160.7 KB
#soliq_taqvimi

🗓Soliq to‘lovchi – yuridik shaxsning 2022-yil sentabr oyi uchun kalendari
______________________________
#календарь_налогоплательщика

🗓Календарь налогоплательщика – юридического лица на сентябрь 2022 года

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram