Salıq xızmeti xabarları
3.15K subscribers
8.73K photos
2.17K videos
167 files
7.53K links
Tarawǵa baylanıslı múrájatlardı jollaw ushın: @saliq_murajat_bot

Instagram https://www.instagram.com/saliq_xabarlari
Facebook https://www.facebook.com/saliqxabarlari
Youtube https://www.youtube.com/channel/UCs9W8hHE


Maģlìwmat ushın tel: (61) 222-00-33
Download Telegram
#onlayn_NKM
#uchrashuv

Elektron tijorat: Fiskal chek berish talab va imkoniyatlari muhokama etildi

Bugun, 15-iyun kuni Toshkent shahridagi IT-Parkda Davlat soliq qo‘mitasi Raisi Sh.Kudbiyev, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh.Shermatov, soha mutaxassislari hamda O‘zbekiston Elektron tijorat assotsiatsiyasi tarkibidagi tashkilotlar vakillari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

Konstruktiv muloqot shaklida o‘tgan uchrashuvda
elektron tijorat bozori vakillari maʼlumotlarini DSQ maʼlumotlar bazasiga integratsiya qilish, tovar (xizmat)lar realizatsiyasi uchun masofadan amalga oshirilgan to‘lovlarga fiskal belgili chek shakllantirishning texnik imkoniyatlari muhokama qilindi.

Xususan, DSQ tomonidan tatbiq etilayotgan yangi IT instrumentlar va ularni tadbirkorlik faoliyatiga joriy etish uchun barcha imkoniyatlar yaratilganligi qayd etildi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#uchrashuv
#renta

Foydali qazilmalarni qazib olish: fiskal vositalar sanoat rivojiga qanday ta'sir etadi

14-15 iyun kunlari
DSQ xodimlari uchun Moliya vaziri o‘rinbosari Dilshod Sultonov, DSQ raisining birinchi o‘rinbosari Mubin Mirzayev va Xalqaro valyuta jamg‘armasi ekspertlari ishtirokida seminar tashkil etildi.

O‘zbekistonning foydali qazilmalarni qazib olish va neft sanoati uchun yangi fiskal rejimining xususiyatlari muhokama qilinib, maxsus renta solig‘i masalalari ko‘rib chiqildi.

Xalqaro ekspertlar yangi fiskal rejim manfaatdor investorlar uchun yanada jozibador bo‘lib, adolatli soliqqa tortish tizimini va tarmoqdagi xo‘jalik subyektlarining raqobatbardoshliligini ta’minlashini taʼkidladi.
__________
#встреча
#рентный_налог

Добыча полезных ископаемых: как фискальные инструменты влияют на развитие отрасли

14-15 июня
для сотрудников ГНК при участии заместителя министра финансов РУз Дильшода Султанова, первого заместителя председателя ГНК Мубина Мирзаева и экспертов Международного валютного фонда организован семинар.

Обсуждены особенности нового фискального режима для добывающей и нефтяной промышленности Узбекистана, рассмотрены вопросы налогообложения специальным рентным налогом.

Международные эксперты отметили, что новый фискальный режим обладает большей привлекательностью для заинтересованных инвесторов, обеспечивая справедливое налогообложение и конкурентоспособность экономических субъектов данной отрасли.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#qonunchilikdagi_yangiliklar
#soliqchi_komakchi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan sektor rahbarlarining faoliyati samaradorligini baholashning yangi tizimi joriy etildi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#Ruwxıy_aǵartıwshılıq_saatı

🏢Qaraqalpaqstan Respublikası mámleketlik salıq basqarması xızmetkerleri «Sıyasıy aǵartıwshılıq saatı»na belsene qatnaspaqta.

📚Bunday sıyasıy aǵartıwshılıq saatın ótkeriwden tiykarǵı maqset hápte dawamında bolǵan jańalıqlar hám qabıl etilgen normativ huqıqıy hújjetlerdiń mazmun-mánisin úyreniw bolıp esaplanadı.

telegram | facebook | instagram | youtube
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Zamonaviy suv hisoblagich xaridi uchun soliq imtiyozi beriladi

2023-yil 1-yanvardan
– yuridik shaxs va yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi iste’molchilar tomonidan hududiy suv ta’minoti korxonalariga masofadan ma’lumot uzatuvchi zamonaviy suv hisoblagichlar o‘rnatilishi talab etiladi.

Bunda –
masofadan ma’lumot uzatuvchi zamonaviy suv hisoblagichlarning har birini sotib olish bilan bog‘liq xarajatlar summasiga, lekin bitta zamonaviy suv hisoblagich uchun bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda, hisoblangan va to‘lanishi lozim bo‘lgan AOS yoxud YaTTlar tomonidan to‘lanadigan JShODS summalarini kamaytirish huquqi beriladi.

2024-yil 1-yanvardan
bunday suv hisoblagichlarni o‘rnatmagan yuridik shaxs va yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi iste’molchilarga ichimlik suv ta’minoti va oqova suv xizmatlari uchun suvni hisobga olish uskunasi bilan ta’minlanmagan iste’molchilar sifatida hisob-kitob amalga oshiriladi.

👉PQ-257-son 24.05.2022-yil

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#korrupsiya

Davlat soliq qo‘mitasida korrupsiyaga qarshi kurash targ‘ibotiga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi

Unda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Adliya vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish аgentligi kabi qator hamkor idora va tashkilotlarning mutasaddi vakillari ishtirok etdi.

🎥 Targ‘ibot tadbiri avvalida korrupsion holatlarni sodir etish va uning salbiy oqibatlari haqida hikoya qiluvchi “Xiyonat” nomli videofilm namoyish etildi.

❗️So‘zga chiqqanlar korrupsiya — millatni, mamlakatni parokandalikka boshlovchi illat ekanligiga, har qanday jinoyat jazosiz qolmasligiga alohida urg‘u berishdi. Korrupsiyaga qarshi kurash bugun davlat siyosati darajasiga ko‘tarilganligi bejiz emasligi ta’kidlandi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram