Salıq xızmeti xabarları
3.24K subscribers
8.66K photos
2.15K videos
161 files
7.49K links
Tarawǵa baylanıslı múrájatlardı jollaw ushın: @saliq_murajat_bot

Instagram https://www.instagram.com/saliq_xabarlari
Facebook https://www.facebook.com/saliqxabarlari
Youtube https://www.youtube.com/channel/UCs9W8hHE


Maģlìwmat ushın tel: (61) 222-00-33
Download Telegram
#nızamshılıqtaǵı_jańalıqlar #mal_múlk_salıǵı

Qaraqalpaqstan Respublikası Joqarǵı Keńesi hám xalıq deputatları wálayatlar Keńesleri rayonlardıń ekanomikalıq rawajlanıwına qarap eń kem muǵdarǵa 0,5 ke shekem bolǵan kemeytiriwshi koeffitsiyent kiritiwi múmkin (Salıq kodeksi, 412-statya).
————————————
#qonunchilikdagi_yangiliklar #mol_mulk_soligi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va xalq deputatlari viloyatlar Kengashlari tumanlarning iqtisodiy rivojlanishiga qarab eng kam qiymatga 0,5 gacha bo‘lgan kamaytiruvchi koeffitsiyent kiritishi mumkin (Soliq kodeksi, 412-modda).
————————————
#новое_в_законодательстве #налог_на_имущество

В зависимости от экономического развития районов Жокаргы Кенес Республики Каракалпакстан и Кенгаши народных депутатов областей могут вводить понижающие коэффициенты до 0,5 к минимальной стоимости (ст.412 Налогового кодекса).

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#salıqshı_kómekshi

📍“Salıqshı –isbilermenge kómekshi” principı tiykarında Shomanay rayonında isbilermenlerdiń mashqalaların úyreniw hám olarǵa ámeliy járdem beriw jumısları dawam etpekte.


facebook telegram instagram
#nızamshılıqtaǵı_jańalıqlar

Jeke tártiptegi isbilermenlerge salıq jeńilligi berildi

Salıq nızamshılıǵına kiritilgen ózgerislerge kóre, 2022-jıl 1-yanvardan 2023-jıl 1-yanvarǵa shekem respublika rayonlarında (Tashkent qalası bunnan tısqarı) jumıs alıp barıwshı jeke tártiptegi isbilermenlik subektleri ushın belgilengen sociallıq salıq stavkası bazalıq esaplaw muǵdarınıń 50 procenti (ámelde BEMnıń bir esesi) muǵdarında belgilendi.

facebook telegram instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#QQS

🖋Vazirlar Mahkamasining 595-son qarori bilan soliq to‘lovchilarni QQS to‘lovchisi sifatida maxsus ro‘yxatdan o‘tkazishning yangi tartibi belgilandi

📌Hujjatga ko‘ra soliq organlari tomonidan ularning faoliyati 7 kunlik muddatda avtomatlashtirilgan tizim orqali tahlildan o‘tkaziladi va soliq xavfining;
🟢past,
🟡o‘rta
,
🔴yuqori darajalariga ajratiladi.

Shuningdek, 2022-yil 1-yanvardan QQS to‘lovchilari va ustav jamg‘armasida davlat ulushi 50 foizdan ko‘proq miqdorda bo‘lgan yuridik shaxslar uchun:

Asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar va tovar-moddiy resurslarni hisobga olish hamda o‘z ustav fondini shakllantirish va kamaytirish bilan bog‘liq barcha operatsiyalarni davlat soliq organlarining “E-aktiv” avtomatlashtirilgan avtomat tizimida aks ettirish va xo‘jalik faoliyati davomida tovar-moddiy zaxiralar saqlash muddati tugagach yo‘q qilinganda va hisobdan chiqarilganda 3 ish kunidan kechiktirmasdan mazkur tizimga kiritish MAJBURIY hisoblanadi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#qonunchilikdagi_yangiliklar #mol_mulk_soligi

69 mingdan ortiq mol-mulk solig‘i to‘lovchisidan:

👉 belgilangan tartibda ko'chmas mulkini qayta baholab borgan 21 mingdan ortiq soliq to‘lovchida mol-mulk solig‘i o‘tgan yilga nisbatan kamayadi (minimal qiymat taʼsir qilmaydi);

👉mulk qiymati (bozor qiymatidan) past ko'rsatilgan 41 ming yuridik shaxsda soliq majburiyatlari oshadi;

👉7 mingga yaqin to‘lovchida soliq summasi o‘zgarishsiz qoladi;

👉 mulk qiymatini “nol” ko‘rsatib, belgilangan tartibda qayta baholash o‘tkazmagan va mol-mulk solig‘i to‘lamagan 5 mingga yaqin korxona baholash natijasiga ko‘ra mol-mulk solig‘ini qayta hisob kitob qiladi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram.
#e_aktiv

Hurmatli soliq to‘lovchilar!

Ma'lumki, Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan “E-aktiv” avtomatlashtirilgan axborot tizimi (AAT) ishga tushirilgan.

Mazkur tizim tadbirkorlik subyektlariga asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar va tovar-moddiy resurslarni hisobga olish hamda o‘z ustav fondini shakllantirish va kamaytirish bilan bog‘liq operatsiyalar hisobini yuritish imkonini beradi.

Bugungi kunda tizimni amaliyotga joriy etish ishlari bosqichma-bosqich olib borilmoqda. Jumladan, elektron hisobvaraq-faktura va bojxona-yuk deklaratsiyalari asosida kiruvchi va chiquvchi tovarlar oqimini avtomatik ravishda hisobga olish joriy etildi.

Shuningdek, tadbirkorlik subyektlarining taklif va murojaatlari asosida tizimni avtomatlashtirilgan yirik buxgalteriya hisobi dasturiy mahsullari (1C, SAP va boshqalar) bilan integratsiya qilish ishlari davom ettirilmoqda.

2022-yil 1-iyulgacha “E-aktiv” ATT bilan integratsiya qilinmaganlik yoki undagi barcha operatsiyalarni to‘liq aks ettirmaganlik uchun nazarda tutilgan javobgarlik choralari qo‘llanilmasligini maʼlum qilamiz. (PQ-73 30.12.2021)

Ma'lumot uchun.
“E-aktiv” avtomatlashtirilgan axborot tizimini 1C dasturiy mahsulining “Perfect Solutions” va “Venkon Group” integratorlari bilan integratsiyalash ishlari yakuniga yetkazildi
.

📜“E-aktiv” AATdan foydalanish bo‘yicha QO‘LLANMA

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#qutlıqlaw

Qaraqalpaqstan Respublikası mámleketlik salıq basqarması jámááti 14-yanvar – Watan qorǵawshıları kúni hám Ózbekstan Respublikası Qurallı kúshleri dúzilgenine 30 jıl tolıwı múnásibeti menen xalqımızdı, taraw xızmetkerlerin hám pútkil watan qorǵawshıların bayram menen shın kewilden qutlıqlaydı!

Bársheńizge bekkem densawlıq, shańaraǵıńızǵa amanlıq, baxıt, el xızmeti jolındaǵı jumıslarıńızda tasqın tabıslar tileymiz!

facebook telegram instagram
#EHF

Elektron hisobvaraq-faktura dinamikasi

🔹2021-yil 1-yanvardan 12-yanvarga qada
r 1,4 mln ta EHF rasmiylashtirilgan bo‘lib, realizatsiya summasi 49 trln so‘mni tashkil etdi (shundan QQS summasi 4,6 trln so‘m).

🔹2022-yil 1-yanvardan 12-yanvarga qadar esa 1,6 mln ta EHF rasmiylashtirilgan bo‘lib, realizatsiya summasi 69,6 trln so‘mni tashkil etdi (shundan QQS summasi 6,3 trln so‘m).

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
Maqsad: soliqlarni adolatli taqsimlanishi orqali teng raqobat sharoitini yaratish

Koʼchmas mulk obyektlarining bozor bahosiga yaqin boʼlgan kadastr qiymati asosida mol-mulk va yer soliqlarini hisoblash tizimi bosqichma-bosqich joriy etilishi belgilangan (PF-6121).

Kadastr qiymatini bozor qiymatiga yaqinlashtirish va kelajakda yuridik shaxslarning mol-mulk hamda yer soliqlarini birlashtirib, koʼchmas mulk soligʼini joriy qilish maqsadida minimal miqdor amaliyotga tatbiq etildi.

Toshkent shahri Mirzo Ulugʼbek tumanida mulkni bozor qiymati asosida hisoblab chiqarish mexanizmini joriy etish boʼyicha tajriba oʼtkazilganda tijorat koʼchmas mulk obyektlarining 1 kv.m joy uchun bozor qiymati 6 mln soʼmdan ortiqni tashkil etdi.

Belgilangan minimal qiymat koʼchmas mulk obyektlari bozor qiymatining 2 barobaridan past ekanligini koʼrsatmoqda.

Аksariyat kichik korxonalar yillar davomida mol-mulkini qayta baholamay kelganligi natijasida koʼchmas mulkining qoldiq qiymati "past" yoki “nol” boʼlgan. Shu bois, minimal qiymat asosida soliq hisoblanganda ushbu obyektlar uchun soliq yuki ortishi kuzatilmoqda.
Raqamlar esa 41 mingta obyekt qayta baholanmaganligi sababli ularning qiymati bozor bahosiga nisbatan kam ekanligini koʼrsatib turibdi.

Fikrimiz tasdigʼi sifatida quyidagi misollarni keltiramiz:

📍Toshkent shahrida "А" korxonaga tegishli 40 m² noturar obyektining qoldiq qiymati 2 mln soʼm deb koʼrsatilib, bir yilda 41 ming soʼm soliq toʼlangan boʼlsa, xuddi shu tumanda joylashgan "B" korxona 31 m² noturar obyekt qoldiq qiymatini bozor bahosiga yaqin qiymatda 168 mln soʼm baholab yiliga 3,4 mln soʼm soliq toʼlagan.
Kiritilgan oʼzgarishlar natijasida mulkining qoldiq qiymatini kamaytirib koʼrsatganligi uchun "А" korxonada yuqori farq kelib chiqadi, "B" korxona esa stavka pasaygani hamda qoldiq qiymati hisob-kitobini toʼgʼri yuritganligi sababli oʼtgan yilga nisbatan (0,8 mln soʼm) kam soliq toʼlaydi (Foto 1).

📍Vobkent tumanida "А" korxonaga tegishli 1750 m² noturar obyektning qoldiq qiymati 25 mln soʼm deb koʼrsatilib, 1 yilda 518 ming soʼm soliq toʼlangan boʼlsa, xuddi shu tumanda joylashgan "B" korxona 1474 m² noturar obyekt qoldiq qiymatini bozor bahosiga yaqin qiymatda 1,6 mlrd soʼm baholab yiliga 63,4 mln soʼm soliq toʼlagan.
2022-yildan mulk maydoniga nisbatan eng kam qiymat kiritilishi munosabati bilan "А" korxonaning mulk soligʼi 1,7 mlrd soʼm 1,5% stavkada 26,2 mln soʼm hisoblanishi kutilyapti. Qoldiq qiymati belgilangan minimal miqdordan haqiqatda kam boʼlgan taqdirda oʼz koʼchmas mulklarini qayta baholashlari mumkin, baholash natijalari soliq bazasi sifatida tan olinadi.
"B" korxonada esa stavka pasaygani hamda qoldiq qiymati toʼgʼri hisob kitobi yuritilganligi sababli 39,6 mln soʼm korxona ixtiyorida qoladi (Foto 2).

Mulklarini bozor narxlariga yaqinlashtirish maqsadida qayta baholab kelgan 21,5 mingta soliq toʼlovchida stavkaning pasayishi (2 %dan 1,5 %ga) hisobiga soliq summasi kamaymoqda.

Bundan tashqari, minimal qiymatni hisoblab chiqishda yengillashtiruvchi holatlar mavjud.

Mazkur holatlar soliq yukini tenglashtirib, uni adolatli taqsimlashga va teng raqobat sharoitini yaratishga imkon beradi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#e_aktiv

🎞"E-aktiv" tizimidan foydalanish bo‘yicha videoqo‘llanma

2022-yil 1-iyulgacha “E-aktiv” AATdan lozim darajada foydalanmaganlik uchun soliq to‘lovchilarga ta'sir choralari ko‘rilmasligini maʼlum qilamiz.

Ma'lumot uchun. “E-aktiv” avtomatlashtirilgan axborot tizimini 1C dasturiy mahsulining “Perfect Solutions” va “Venkon Group” integratorlari bilan integratsiyalash ishlari yakuniga yetkazildi.

👉“E-aktiv” AATdan foydalanish bo‘yicha o‘quv QO‘LLANMA

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#matbuot_anjumani

📢Hurmatli jurnalist va blogerlar!

2022-yil 17-yanvar kuni Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Kudbiyev ishtirokida soliq ma'muriyatchiligidagi so‘nggi yangiliklarga bag‘ishlangan matbuot anjumani tashkil etiladi.

🕰 Boshlanish vaqti: soat 11:00

🌐 To'g'ridan-to'g'ri efir - Youtube va Facebook.

📍 Manzil: Toshkent shahri Shayxontohur tumani A.Qodiriy ko‘chasi 13a-uy

Eslatib o‘tamiz, Davlat soliq qo‘mitasi raisi avvalroq soliq sohasiga kiritilayotgan so‘nggi o‘zgarishlar yuzasidan ulgurji va chakana savdo, qurilish tashkilotlari hamda klasterlar vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazgan edi. Shuningdek:

👉OAV vakillari, Jamoatchilik kengashi va soliq maslahatchilari savollariga javob bergan edi
👉hududlarda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari bilan konstruktiv muloqotlar o‘tkazgan edi
👉soliq maʼmuriyatchiligi tizimida raqamlashtirish masalalarini Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari va biznes-ombudsman ishtirokida muhokama qilgan edi

—————————
#пресс_конференция

📢 Уважаемые журналисты и блогеры!

Для обсуждения последних нововведений в сфере налогового администрирования 17 января 2022 года состоится встреча председателя Государственного налогового комитета Шерзода Кудбиева с представителями СМИ и блогерами.

🕰 Начало: 11:00

🌐 Прямая трансляция – в Youtube и Facebook.

📍 Адрес: Ташкент, Шайхантахурский район, улица А.Кадыри, 13а.

Напоминаем, ранее с участием председателя ГНК состоялись тематические обсуждения актуальных изменений в налоговой сфере с представителями кластеров, субъектами предпринимательства строительной отрасли, оптово-розничной торговли:

👉 конструктивные диалоги с предпринимателями, осуществляющими хозяйственную деятельность в регионах
👉 ответы на вопросы представителей СМИ и налоговых консультантов
👉 обсуждение цифровизации в системе налогового администрирования при участии депутатов Законодательной палаты Олий Мажлиса и бизнес-омбудсмана

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#keshbek

Keshbek – savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida jamoatchilik nazorati

Xarid qilingan tovar (xizmat)lar qiymatidan 1% keshbekka ega bo‘lish imkoniyati isteʼmolchilar orasida tobora ommalashib bormoqda.

Xususan, mazkur tizim amaliyotga joriy etilgach, dastlabki 14 kunda:
☑️ keshbek olish uchun 401 604 ta QR-kodli chek ro'yxatga olindi;
☑️ jami keshbek summasi 5 mlrd so‘mdan ortiqni tashkil etdi;
☑️ “Soliq” mobil ilovasida 25 mingdan ortiq yangi foydalanuvchi ro‘yxatdan o‘tdi (Android/ iOS).

Buni intizomli soliq to‘lovchilar safi kengayib borayotgani hamda onlayn nazorat-kassa mashinalaridan foydalanish ustidan jamoatchilik nazorati kuchaygani bilan izohlash mumkin.

Shu bilan birga, cheklardagi maʼlumotlarni noto‘g‘ri ko‘rsatish, QR-kodli cheklarni bermaslik, boshqa shaxslarning cheklari hisobiga keshbekka ega bo‘lish kabi isteʼmolchilar huquqlarini poymol qiluvchi, keshbek amaliyotiga salbiy taʼsir etayotgan holatlarning yuzaga kelayotgani kuzatilmoqda. Jumladan, savdo xodimlari tomonidan onlayn-NKM cheklarining nusxasi (dublikat)ni chop etgan holda xaridordan avvalroq ro‘yxatdan o‘tkazish holatlari ko‘p uchramoqda.

Shu bois, isteʼmolchilar huquqlarini har tomonlama himoya qilish va huquqbuzarliklarni oldini olish maqsadida quyidagi talablar o‘rnatilmoqda:

– QR-kodli chek birinchi marta SOLIQ mobil ilovasida skanerlanganda isteʼmolchi tomonidan kiritilgan telefon raqami bilan maʼlumotlar bazasida avtomatik ro‘yxatga olinadi. Qayta skanerlanganda qurilma ekranida chek qaysi raqam orqali ro‘yxatga olinganini ko‘rsatuvchi eslatma paydo bo‘ladi;

– har bir fuqaro bir kunda bitta savdo nuqtasidan 5 tagacha chekni ro‘yxatga olish tartibi joriy etilmoqda. 6-chek ro‘yxatdan o‘tkazilganda qurilma ekranida kunlik limit tugaganligi to‘g‘risida eslatma paydo bo‘ladi.

DSQ keshbek amaliyoti to‘g‘ri qo‘llanilishini doimiy nazorat qilib borish bilan birga, isteʼmolchilar firk-mulohazalarini inobatga olgan holda tizimni takomillashtirib boradi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#cashback

Кешбэк – общественный контроль в сфере торговли и услуг

Среди потребителей набирает популярность возможность получения кешбэка в размере 1% от стоимости приобретенных товаров (услуг).

Так, за первые 14 дней с начала реализации мероприятий:
☑️ для получения кешбэка зарегистрировано 401 604 чеков с QR-кодом;
☑️ общая сумма кешбэка составила более 5 млрд сумов,
☑️ зарегистрировано более 25 тысяч новых пользователей мобильного приложения Soliq (Android/ iOS).

Это объясняется как улучшением налоговой дисциплины предпринимателей, так и возросшим общественным контролем в сфере применения контрольно-кассовой техники.

Вместе с тем, неоднократно выявляются случаи, дискредитирующие внедренную практику возврата кешбэка, такие, как намеренное искажение информации в чеках, невыдача чеков с QR-кодом, получение кешбэка за счет чужих чеков и другие ситуации, нарушающие права потребителей. В частности, часто наблюдаются случаи сканирования сотрудниками торговых точек чеков онлайн-ККМ раньше покупателей, путем выдачи им копии (дубликатов) чеков.

Для всесторонней защиты прав потребителей и недопущения неправомерных ситуаций запущены следующие механизмы:

– при первом сканировании чек с QR-кодом автоматически регистрируется под номером телефона, который введен в мобильном приложении Soliq. При повторном сканировании отображается номер телефона, на который данный чек был зарегистрирован ранее;

– каждый гражданин может зарегистрировать в день с одной торговой точки не более 5 чеков с QR-кодом. При сканировании 6-го чека на экране появляется соответствующее уведомление.

Мероприятия по кешбэку находятся под контролем Государственного налогового комитета и продолжат совершенствоваться с учетом мнений и предложений потребителей.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#mol_mulk_soligi

Mol-mulk solig‘i (noturar obyekt) hisoblanishidagi tahlillar

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#e_ijara #QQS

🗓2022-yil 1-yanvardan yuridik shaxslar ko‘chmas mulkni ijaraga berish (olish) yoki tekin foydalanish shartnomalarini davlat soliq xizmati organlarida elektron shaklda hisobga qo‘yishi belgilangan.

❗️Shartnomalarini ijara.soliq.uz orqali hisobga qo‘ymaslik soliq xavfining yuqori mezoni sifatida baholanadi va QQS guvohnomasi vaqtinchalik to‘xtatilishi yoki QQS to‘lovchi sifatida ro‘yxatdan o‘tish uchun arizasi rad etilishiga sabab bo‘ladi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram