Salıq xızmeti xabarları
2.33K subscribers
8.99K photos
2.27K videos
171 files
7.8K links
Tarawǵa baylanıslı múrájatlardı jollaw ushın: @saliq_murajat_bot

Instagram https://www.instagram.com/saliq_xabarlari
Facebook https://www.facebook.com/saliqxabarlari
Youtube https://www.youtube.com/channel/UCs9W8hHE


Maģlìwmat ushın tel: (61) 222-00-33
Download Telegram
#QQS

Soliq maʼmuriyatchiligi tizimida raqamlashtirish masalalari Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari va biznes-ombudsman ishtirokida muhokama etildi

2021-yilning 6-dekabr kuni Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Kudbiyev boshchiligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil Dilmurod Qosimov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari va OAV vakillari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.

Muhokamada axborot-tahliliy tizimlar va xizmatlarni bosqichma-bosqich joriy etish orqali soliq maʼmuriyatchiligi samaradorligini oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, uchrashuv doirasida ko‘chmas mulk ijara shartnomalarini ro‘yxatdan o‘tkazish xizmati – “E-ijara”, “E-imtiyoz” va “E-aktiv” avtomatlashtirilgan axborot tizimlarining ishlash tamoyillari tushuntirildi. Mutaxassislar “E-aktiv” AATning maqsadi oddiy va minimal funksiyalar yordamida yuqori likvidli tovarlar kirim-chiqimlari va qoldiqlari hisobini aniq yuritish ekanligini qayd etdi.

Tadbir ishtirokchilari muhokamada faol ishtirok etib, bir qator qiziqarli savollar bilan murojaat qildi. Davra suhbati yakunlari bo‘yicha raqamli texnologiyalarni yana-da takomillashtirish bo‘yicha tavsiya va takliflar ishlab chiqildi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
Обсуждение цифровизации в системе налогового администрирования при участии депутатов Законодательной палаты Олий Мажлиса и бизнес-омбудсмана

6 декабря 2021 г. под руководством председателя Государственного налогового комитета Шерзода Кудбиева организован круглый стол при участии депутатов Законодательной Палаты Олий Мажлиса, Уполномоченного при Президенте Республики Узбекистан по защите прав и законных интересов субъектов предпринимательства Дилмурода Касимова и представителей СМИ.

Обсуждение затронуло вопросы повышения эффективности налогового администрирования путем поэтапного внедрения информационно-аналитических систем и сервисов.

В ходе дискуссии были изучены принципы работы сервиса регистрации договоров аренды недвижимого имущества «E-ijara», автоматизированных информационных систем «E-imtiyoz» и «E-aktiv». Специалисты подчеркнули, основная цель АИС «E-aktiv» - ведение учета высоколиквидных товаров при наличии простого и минимального функционала для фиксирования прихода, расхода и остатков товара.

Участники мероприятия приняли активное участие в обсуждении и задали ряд интересующих вопросов. По итогам круглого стола были разработаны рекомендации и предложения по дальнейшему совершенствованию цифровых инструментов.


Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#onlayn_seminar #QQS

❗️Hurmatli soliq to‘lovchilar

Davlat soliq qo‘mitasining navbatdagi onlayn seminari bugun, 🗓 2021-yil 7-dekabr kuni "Qo'shilgan qiymat solig'i boyicha imtiyozga ega tovar (xizmat) lar va imtiyozga ega tashkilotlar uchun EHFni shakllantirish" mavzusida bo‘lib o‘tadi.

Jonli efir 👉 YOUTUBE platformasi orqali o‘tkaziladi

🕙 Boshlanish vaqti – 16:00
______________________
#онлайн_семинар #НДС

❗️Уважаемые налогоплательщики

Очередной онлайн семинар-тренинг Государственного налогового комитета состоится сегодня, 🗓 7 декабря 2021 года на тему "Оформление ЭСФ по товарам (услугам), освобожденным от НДС, и организациями, имеющими льготы по налогу на добавленную стоимость".

Прямой эфир состоится на платформе 👉 YOUTUBE

🕙 Начало – 16:00

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#savol_javob

Ipoteka krediti 🏢olganman, oylik ish haqimdan kreditni qoplashga yo‘naltirilgan qismiga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bo‘yicha soliq imtiyozi qanday tartibda tatbiq etiladi?

📌Soliq kodeksining 378-moddasi 16-bandiga asosan, agar uy-joyingizning🏢qiymati 3️⃣0️⃣0️⃣ million so‘mdan oshmasa hamda kredit shartnomasida kredit to‘lovlari uchun byudjetdan subsidiya ajratilishi nazarda tutilgan bo‘lsa (ushbu shartlar to‘liq bajarilmasa imtiyoz tatbiq etilmaydi), oylik ish haqingizning 1️⃣5️⃣million so‘mgacha kreditni qoplashga yo‘naltirilgan qismiga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bo‘yicha soliq imtiyozi tatbiq etiladi.
#konstitutsiya #madhiya

Davlat soliq qo‘mitasida Bosh qomusimiz hamda davlat madhiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan tadbir tashkil etildi

🇺🇿8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda 10-dekabr – davlat madhiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan Davlat soliq qo‘mitasida “Konstitutsiya bosh qomusimiz” va “Ulug‘ xalq qudrati jo‘sh urgan zamon” mavzularida tadbir o‘tkazildi.

Unda Davlat soliq qo‘mitasi rahbariyati va xodimlar, shoirlar hamda yosh sanʼatkorlar ishtirok etdi.

Xalqimiz siyosiy tafakkurining noyob namunasi bo‘lgan Konstitutsiyamiz har bir fuqaro uchun bayroq, gerb, madhiyamiz kabi muqaddasdir. Tadbirda Bosh qomusimiz bugungi osoyishta hayotimiz va buyuk istiqbolimizning muhim asosi ekanligi eʼtirof etildi.

Madhiya – ulug‘ xalqning mangu qo‘shig‘i. Taʼkidlanganidek har birimizga o‘zgacha shukuh va g‘urur bag‘ishlaydigan madhiyada xalqimizning ezgu orzu-umidlari, kelajakka mustahkam ishonchi teran ifodalangan.

Tadbirda shoir hamda yosh qo‘shiqchilarning Vatanni, istiqlolni madh etuvchi she'r va qo‘shiqlari barchaga xushkayfiyat bag‘ishladi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#konstitutsiya

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 29 yilligi muborak bo‘lsin!

Aziz yurtdoshlar, Sizlarni bugungi ulug‘ ayyom – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 29 yillik bayrami bilan Davlat soliq xizmati organlari nomidan muborakbod etaman!

Mana shunday ulug‘ bayram bilan Siz azizlarga yuksak hurmat-ehtiromim va ezgu tilaklarimni izhor etayotganimdan boshim osmonga yetdi.

Sizu biz barpo etayotgan bugungi demokratik jamiyatimiz Bosh Qomusimiz qoida va tamoyillariga asoslangan. Unda barcha fuqarolar jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishidan qatʼi nazar bir xil huquq va erkinliklarga ega.

Darhaqiqat, bugun O‘zbekistonda Konstitutsiya va qonun ustun bo‘lgan barqaror tizim shakllanmoqda. Ijtimoiy adolat va insonparvarlik tamoyillarini taʼminlashga qaratilgan islohotlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, davlat soliq xizmati organlari "Soliq xizmati – insofli soliq to‘lovchilarning ishonchli hamkori" degan maqsadli vazifani so‘zsiz bajarib kelmoqda. Buning natijasi o‘laroq, soliq to‘lovchilar soliq xizmati organlari chin maʼnoda yaqin maslahatchi va ishonchli hamkorga aylanganini his etmoqda.

Davlat soliq xizmati organlariga biriktirilgan 4-sektorlarda adolat prinsipi asosida amalga oshirilayotgan ulkan ishlar natijasida aholida erkin mehnat qilish, ishbilarmonlik, tadbirkorlik bilan shug‘ullanish tajribasi va ko‘nikmasi shakllanmoqda.

Men ishonch bilan ayta olamanki, adolat, ochiqlik va shaffoflik tamoyillariga asoslangan islohotlarimizni amalga oshirish va demokratik yangilanish jarayonlari hech qachon ortga qaytmaydi.

Sizlarni Konstitutsiya kuni bayrami bilan yana bir bor chin qalbimdan tabriklayman. Xonadonlarimizni, go‘zal yurtimizni tinchlik-osoyishtalik, fayzu-baraka aslo tark etmasin!

Sherzod Kudbiyev,
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisi
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️ 2021-yil 9-dekabr

dekabr oyi uchun:

- aylanmadan soliq to‘lovchi bo‘lmagan soliq to‘lovchilar tomonidan qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallanmagan yerlar bo‘yicha yer solig‘i yillik summasining 1/12 qismi miqdorida to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 432-moddasi 1-qismi).

noyabr oyi uchun:

- alkogol (pivo, aroq) va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi yuridik shaxslar tomonidan Turizm va sport vazirligining “Sog‘lom turmush tarzi” platformasi shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga to‘lanadigan yig‘imlarni to‘lashning oxirgi kuni
(Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-apreldagi 253-son qarori bilan tasdiqlangan 2-ilovaning 8-bandi).

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем ❗️ 9 декабря 2021 года крайний срок

за декабрь:

- уплаты налогоплательщиками, не относящимися к плательщикам налога с оборота земельного налога за земли несельскохозяйственного назначения в размере 1/12 части годовой суммы налога;
(часть первая статьи 432 Налогового кодекса).

за ноябрь:

- уплаты юридическими лицами, производящими алкогольную (пиво, водку) и табачную продукцию, сборов, выплачиваемых на лицевой казначейский счет платформы “Здоровый образ жизни” Министерства туризма и спорта
(пункт 8 Приложения № 2 к Положению, утвержденному постановлением Кабинета Министров от 28 апреля 2021 года № 253).

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram