QARAQALPAQSTAN KADASTR
2.4K subscribers
8.12K photos
970 videos
2 files
4.92K links
Bul kanalda Kadastr agentligi hám Mámleketlik kadastrlar palatası Qaraqalpaqstan Respublikası basqarmaları jańalıqlarınan xabardar bolıp barasız
Download Telegram
#Bilasizmi

📝KO‘CHMAS MULK OBYEKTIGA BO‘LGAN HUQUQNI DAVLAT RO‘YXATIDAN O‘TKAZISH VA REYESTRDAN KO‘CHIRMA TAQDIM ETISH XIZMATI

🔹Ushbu xizmat turi bo‘yicha arizalar Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali qabul qilinadi va natijasi bo‘yicha Davlat reyestridan ko‘chirma taqdim etiladi.

🔹Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni ro‘yxatdan o‘tkazish va reyestridan ko‘chirma berish 2 kun muddatda amalga oshiriladi.

🔹Ko‘chmas mulk obyekti bo‘yicha bitimlar notarial tartibda rasmiylashtirilganida (oldi-sotdi, xadya, ayriboshlash va
b.sh) ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni ro‘yxatdan o‘tkazish va reyestrdan ko‘chirma taqdim etilishi ushbu notarial idoraning o‘zida elektron tizim orqali kadastr korxonalariga murojaat yuborilib amalga oshiriladi.


Davlat kadastrlari palatasining rasmiy sahifalari
👇👇👇

Telegram | Facebook | Instagram
#Bilasizmi

🗓DAVLAT KADASTRLARI PALATASI TOMONIDAN KO‘RSATILADIGAN DAVLAT XIZMATLARINI KO'RSATISH MUDDATLARI

🔹Qurilishi tugallangan bino va inshootni foydalanishga qabul qilish dalolatnomasini rasmiylashtirish davlat xizmati - 10 ish kuni

🔹Ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va reyestrdan ko‘chirma taqdim etish xizmati - 2 ish kuni

🔹Bino va inshootlar bo‘yicha rasmiylashtirilgan ijarani ro‘yxatdan o‘tkazish xizmati - 1 ish kuni

🔹Yer uchastkasi bo‘yicha o‘rnatilgan servitutni ro‘yxatdan o‘tkazish xizmati - 1 ish kuni

🔹Fuqarolarni nomida turar joy mavjud yoki mavjud emasligi haqida maʼlumotnoma taqdim etish xizmati - 3 ish kuni muddatlarida amalga oshiriladi.