Oliy Majlis Qonunchilik palatasi
16.9K subscribers
20.5K photos
1.28K videos
2 files
14.3K links
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari bilan tanishishingiz (https://taplink.cc/oliymajlis) mumkin.
Download Telegram
Ishlar sifatli va o‘z vaqtida ko‘riladi

Sud-huquq sohasidagi islohotlar, eng avvalo, sudlarni mustaqil qilishga qaratilib, bu borada tizimdagi ayrim byurokratik to‘siqlar bartaraf etilyapti, huquq va manfaatlarning ishonchli himoyasi kuchaytirilyapti. Oxirgi olti yilda amalga oshirilgan islohotlar sudlar faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash bilan birga, fuqarolarning huquq hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilishga xizmat qilmoqda.

👉BATAFSIL

Veb-sayt| Telegram |Facebook | YouTube| Instagram| Twitter| ParlamentTV
O‘zbekiston va Qatarning ko‘p qirrali munosabatlari yanada rivojlanadi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri Nuriddin Ismoilovning Qatar Davlatining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi Hasan Hamza Asad Muhammad Hoshim bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

👉 BATAFSIL

Veb-sayt| Telegram |Facebook | YouTube| Instagram| Twitter| ParlamentTV
☝️ 2023 yil 19-iyun kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Qonunchilik palatasi faoliyatiga oid qator masalalar ko‘rib chiqildi.

🔹 Xususan, Qonunchilik palatasining joriy yil 20-iyun kuni bo‘lib o‘tadigan majlisi kun tartibidan o‘rin olgan masalalar atroflicha ko‘rib chiqilib, majlisning kun tartibi loyihasi tasdiqlandi.

🔹 Yig‘ilishda kun tartibidagi masalalar ko‘rib chiqilib, tegishli qarorlar qabul qilindi.

☝️ 2023 yil 20-iyun kuni soat 11:00da Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tadi. Majlis Qonunchilik palatasining rasmiy veb-sayti hamda youtubedagi kanali orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatiladi.

Veb-sayt| Telegram |Facebook | YouTube| Instagram| Twitter| ParlamentTV
#Yalpi_majlis

☝️Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi boshlandi. Majlis Qonunchilik palatasining rasmiy veb-sayti, youtubedagi kanali orqali jonli efirga uzatilmoqda.
_______________________

☝️ Началось очередное заседание Законодательной палаты Олий Мажлиса Республики Узбекистан. Заседание транслируется в прямом эфире на официальном веб-сайте и YouTube-канале Законодательной палаты.

Veb-sayt| Telegram |Facebook | YouTube| Instagram| Twitter| ParlamentTV
Nuriddin Ismoilov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri:

☝️ Xabaringiz bor, 18 iyun kuni mamlakatimiz Prezidenti rasmiy tashrif bilan Eronda bo‘lib qaytdilar. Eron bilan O‘zbekiston o‘rtasida ko‘p asrlik tarixiy aloqalarimiz mavjud. Ya’ni, xalqlarimiz o‘rtasidagi azaliy madaniy-tarixiy aloqalar O‘zbekiston-Eron munosabatlarini rivojlantirish uchun mustahkam asos bo‘lib xizmat qilmoqda.

🔹 Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston rahbarining Eronga tashrifi ikki tomonlama aloqalarni keng qamrovli hamkorlik darajasiga ko‘tarishi shubhasiz. Tashrif davomida O‘zbekiston-Eron o‘rtasidagi keng qamrovli hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan qator hujjatlar imzolandi. Albatta, ushbu hujjatlarni hayotga izchil tatbiq qilishda parlamentimizning ham alohida o‘rni bo‘lmog‘i lozim.

🔹 Ikki mamlakat parlamentlari o‘rtasida ham yaqin hamkorlik olib borilmoqda. Bu borada Eron Islom Respublikasi Parlamenti bilan hamkorlik bo‘yicha parlamentlararo guruh imkoniyatlaridan samarali foydalanishimiz lozim bo‘ladi. Parlamentlararo guruh a’zolaridan bu boradagi ishlarni doimiy nazoratga olishlarini so‘raymiz.

Veb-sayt| Telegram |Facebook | YouTube| Instagram| Twitter| ParlamentTV
Nuriddin Ismoilov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri:

🔹 Ma`lumki, deputatlarimiz 7 iyundan 17 iyunga qadar o‘z saylov okruglarida saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazdilar. Bu galgi uchrashuvlar yangicha ko‘rinishda tashkil etildi.

🔹 Uchrashuvlar davomida deputatlar tomonidan yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning mohiyati va ahamiyati keng jamoatchilikka, ayniqsa, yoshlarga tushuntirildi. Xalq vakillari ijtimoiy soha obyektlariga tashrif buyurishdi. Tadbirkorlik subyektlari, yoshlar va xotin-qizlar vakillari bilan muloqot qildilar.

🔹 Shu bilan birga, mahalliy Kengashlardagi partiya guruhlariga amaliy yordam ko‘rsatildi, ular faoliyatini samarali tashkil etishga ko‘maklashildi, ushbu jarayonlarga mahalliy Kengashlar deputatlari ham partiyaviyligidan kelib chiqib jalb etildi.

🔹 Albatta, deputatlarning saylov okruglardagi ishlari yakunlari fraksiyalar majlislarida muhokama qilinishi va aniqlangan kamchiliklarni tegishli vazirlik hamda idoralar bilan hamkorlikda hal etish choralari ko‘rilishi maqsadga muvofiq.

Veb-sayt| Telegram |Facebook | YouTube| Instagram| Twitter| ParlamentTV
#Live

🔹 Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisida “Soliqni hisoblab chiqarish tartibining ayrim qoidalari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ko‘rib chiqildi.

🔹 Taklif etilayotgan qonun loyihasi bilan respublikaning 11 ta viloyatidagi 47 ta “sharoiti og‘ir” bo‘lgan tumanlar uchun vaqtinchalik soliq imtiyozlarini berish, foydalanilmayotgan obyektlar egalariga nisbatan mol-mulk va yer solig‘ining oshirilgan stavkalari qo‘llanilishini bekor qilish, davlat organlariga, muassasa va tashkilotlariga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratilgan va ular tomonidan boshqa tashkilotlarga ijaraga berilgan yerlarni soliqqa tortish tartibini takomillashtirish, yerlardan kadastr hujjatlari mavjud bo‘lmagan yoxud yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlarda ko‘rsatilganidan kattaroq hajmda foydalanilganda uy-joy egalari uchun uch karra oshirilgan stavkada yer solig‘ini hisoblash tartibi qo‘llanishini to‘xtatib turish, shuningdek, elektrotexnika tarmoq korxonalarining ixtisoslashtirilgan markazlarini qo‘llab-quvvatlash orqali innovatsion texnologiyalar joriy etilishini rag‘batlantirish ko‘zda tutilmoqda.

🔹 Qizg‘in bahs-munozaralardan so‘ng, deputatlar qonun loyihasining juda muhimligi, ayni chog‘da zarurligini inobatga olib, uni birinchi o‘qishda konseptual jihatdan qabul qildilar.
_______________________

🔹 На очередном пленарном заседании Законодательной палаты Олий Мажлиса рассмотрен проект закона «О внесении изменений и дополнений в Налоговый кодекс Республики Узбекистан, в связи с совершенствованием отдельных положений порядка исчисления налогов».

🔹 Предлагаемым законопроектом предусматривается предоставление временных налоговых льгот 47 районам 11 областей с тяжелыми условиями, отмена повышенных ставок налога на имущество и земельного налога в отношении собственников неиспользуемых объектов, совершенствование порядка налогообложения земельных участков, предоставленных в аренду, отведенных государственным органам, учреждениям и организациям на праве постоянного пользования, приостановление порядка исчисления земельного налога по налоговой ставке в трехкратном размере для собственников жилых домов без кадастровых документов либо при использовании земельного участка в большем размере, чем это указано в правоустанавливающих документах на них, а также развитие специализированных центров электротехнических предприятий путем стимулирования внедрения инновационных технологий.

🔹 После долгой полемики депутаты, учитывая важность и необходимость документа, концептуально приняли законопроект в первом чтении.

Veb-sayt| Telegram |Facebook | YouTube| Instagram| Twitter| ParlamentTV
#Live

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisida “O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksiga qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.

Taklif etilayotgan qonun loyihasining qabul qilinishi jismoniy tarbiya va sport sohasida ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini rivojlantirishga, iqtidorli sportchilarni saralash (seleksiya) va ularni tayyorlashda davlat va nodavlat ta’lim muassasalari o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini, shuningdek, sport-ta’lim muassasalari uchun shart-sharoitlar yaratilishiga xizmat qiladi.

Majlisda qonun loyihasi qizg‘in muhokama qilindi, undagi ayrim normalar bo‘yicha savollar bir qator o‘rtaga tashlandi. Mutasaddilar deputatlar tomonidan berilgan barcha savollarga tushuntirishlar berdi. Qizg‘in muhokamalardan so‘ng, qonun loyihasi birinchi o‘qishda konseptual jihatdan qabul qilindi.

Veb-sayt| Telegram |Facebook | YouTube| Instagram| Twitter| ParlamentTV
#Live

На очередном заседании Законодательной палаты Олий Мажлиса в первом чтении рассмотрен проект закона «О внесении дополнения в Таможенный кодекс Республики Узбекистан».

Принятие предлагаемого законопроекта послужит развитию образовательных услуг в сфере физической культуры и спорта, созданию условий для здоровой конкуренции между государственными и негосударственными образовательными учреждениями при отборе (селекции) и подготовке одаренных спортсменов, а также созданию благоприятных условий для организаций, оказывающих негосударственные спортивно-образовательные услуги.

На заседании в ходе бурных обсуждений, поднят ряд вопросов по некоторым его нормам. Ответственные дали подробные ответы на все вопросы депутатов. После бурных обсуждений проект закона концептуально в первом чтении принят депутатами.

Veb-sayt| Telegram |Facebook | YouTube| Instagram| Twitter| ParlamentTV
#Live

🔹 Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida sud qarorlarining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini tekshirish tartibini takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihalari ko‘rib chiqildi.

🔹 Sud qarorlarini qayta ko‘rishda viloyat sudlarining hamda ularga tenglashtirilgan sudlarning imkoniyatlaridan samarali foydalanish, fuqarolarning shikoyat qilish huquqidan foydalanish imkoniyatlarini yanada kengaytirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi, Iqtisodiy protsessual, Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodekslarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.

🔹 Xususan, sudning qarori, ajrimi ustidan shikoyat berish masalasida yangi institut – sud ishlarini taftish tartibida ko‘rib chiqish amaliyoti joriy etilmoqda. Ya’ni, qonun loyihalari bilan tumanlararo, tuman, shahar sudlari tomonidan birinchi instansiyada ko‘rilgan ishlarni viloyat va unga tenglashtirilgan sudlarda appellyatsiya yoki kassatsiya tartibida qayta ko‘rib chiqish vakolati berilyapti.

🔹 Bu tartib amalga oshishi bilan odil sudlovga erishishning imkoniyatlari yanada kengayib, aholining sudma-sud ovora bo‘lib yurishiga barham beriladi. Bunda birinchi instansiya sudining qaror yoki ajrimidan norozi taraflar viloyat sudiga apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida shikoyat qilib, ularning ham natijasidan qoniqmasa, ushbu ish mazkur sudlarda taftish tartibida ko‘rib chiqiladi.

🔹 Sud qaroridan yana norozi bo‘lingan taqdirda viloyat va unga tenglashtirilgan sudlar tomonidan taftish tartibida ko‘rib chiqilgan ishlar Oliy sudning sudlov hay’atlarida qayta ko‘rib chiqiladi.

🔹 Endi yuqori instansiya sudlariga yanada katta mas’uliyat yuklanib, ishni yangidan ko‘rish uchun quyi sudlarga yuborish tartibining bekor qilinayotgani ham sud hujjatidan norozi shaxsning yuqori instansiyaga ishonchini mustahkamlaydi.

🔹 Majlisda qonun loyihalari deputatlar tomonidan qabul qilindi.

Veb-sayt| Telegram |Facebook | YouTube| Instagram| Twitter| ParlamentTV
#Live

Majlisda “Ma’muriy sudlarda yerga oid huquqiy munosabatlar bilan bog‘liq ishlarni ko‘rish tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksining 46-moddasiga qo‘shimcha kiritish haqida”gi qonun loyihasi ko‘rib chilyapti.
_______________________

На заседании рассматривается проект закона «О внесении дополнения в статью 46 Кодекса Республики Узбекистан
об административном судопроизводстве в связи с совершенствованием порядка рассмотрения дел, связанных с земельными правоотношениями,
в административных судах».

Veb-sayt| Telegram |Facebook | YouTube| Instagram| Twitter| ParlamentTV
#Live

❇️ Qayd etilganidek, Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksning 46-moddasida prokuror barcha ishlar bo‘yicha sud majlisida ishtirok etishga haqliligi belgilangan.

❇️ Biroq ma’muriy sudlarda ma’muriy organning yer bilan bog‘liq qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan berilgan shikoyatlarni ko‘rib chiqishda prokurorning ishtiroki majburiy etib belgilanmagan, sudlar tomonidan esa bunday toifadagi ishlarni ko‘rib chiqish haqida prokuror xabardor qilinmaydi.

❇️ Bu jihat mazkur ishlarda prokuror ishtirokini ta’minlashga imkoniyat bermayapti. Shu bois yerga oid huquqiy munosabatlar bilan bog‘liq ishlarning ko‘rilishida prokurorlarning majburiy ishtirokini qonunchilikda belgilash nazarda tutilmoqda.

❇️ Majlisda qonun loyihasi qizg‘in muhokama qilindi, hujjat yuzasidan turli savollar o‘rtaga tashlandi. Mutasaddilar deputatlar tomonidan ko‘tarilgan savollarga atroflicha javoblar qaytardi. Qizg‘in bahs-munozaralardan so‘ng qonun loyihasi qabul qilindi.

Veb-sayt| Telegram |Facebook | YouTube| Instagram| Twitter| ParlamentTV
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi
#Live 🔹 Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida sud qarorlarining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini tekshirish tartibini takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihalari ko‘rib chiqildi. 🔹 Sud qarorlarini qayta ko‘rishda viloyat…
#Live

☑️ На очередном заседании Законодательной палаты Олий Мажлиса рассмотрены законопроекты, направленные на совершенствование порядка проверки законности, обоснованности и справедливости судебных решений.

☑️ В целях эффективного использования возможностей областных и приравненных к ним судов по пересмотру судебных решений вносятся изменения и дополнения в Гражданский процессуальный, Экономический процессуальный и Кодексы Республики Узбекистан об административной ответственности и административном судопроизводстве.

☑️ В частности, вводится новый институт в деле обжалования решения суда — практики рассмотрения судебных дел в ревизионном порядке. То есть законопроектом дела, рассмотренные межрайонными, районными и городскими судами в первой инстанции, наделены правом рассмотрения в апелляционном или кассационном порядке в областных и приравненных к ним судах.

☑️ С внедрением данного порядка будут расширены возможности правосудия, недопущения излишней волокиты населения. В этом случае стороны, недовольные постановлением или решением суда первой инстанции, обращаются в областной суд в апелляционном или кассационном порядке, а если они не удовлетворены их результатом, то это дело будет рассмотрено в порядке ревизии.

☑️ В случае дальнейшего недовольства решением суда дела, рассмотренные областными и приравненными к ним судами в порядке проверки, будут повторно рассмотрены судебными коллегиями Верховного суда в ревизионном порядке.

☑️ Тот факт, что теперь на вышестоящие суды возлагается большая ответственность и отменяется порядок направления дел в нижестоящие суды на пересмотр, укрепляет доверие лица, недовольного судебным документом, к вышестоящему суду.
На заседании проекты законов приняты депутатами.

Veb-sayt| Telegram |Facebook | YouTube| Instagram| Twitter| ParlamentTV
#Live

Davlat bayrog‘i mamlakatimizda hukm surayotgan tinchlik-obodlik, millatlararo totuvlik, qut-baraka, biz erishayotgan yutuqlar va kelajakka bo‘lgan mustahkam ishonch ramzi sifatida qalbimizga tuganmas iftixor bag‘ishlaydi.

Shu bois, Davlat bayrog‘idan foydalanish bilan bog‘liq munosabatlarni yanada soddalashtirish, undan qonunga qat’iy rioya qilgan holda foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida bir guruh deputatlar tomonidan “O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi ishlab chiqildi.

Mazkur qonun loyihasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida birinchi o‘qishda ko‘rib chiqilmoqda.

Veb-sayt| Telegram |Facebook | YouTube| Instagram| Twitter| ParlamentTV
#Live

☝️ Qonun loyihasi bilan Davlat bayrog‘idan sport musobaqalarida, ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarida, madaniy va o‘zga ommaviy tadbirlarda, oilaviy bayramlarda, xotiraviy sanalarni bayram qilishda hamda boshqa hollarda ham bayrog‘imizga nisbatan zarur hurmatni ta’minlagan holda foydalanilishga ruxsat berish ko‘zda tutilmoqda.

🔹 Davlat ramziga zarur hurmat bilan muomala qilgan holda undan va uning tasviri tushirilgan belgilardan jamoat joylari va binolarda, yashash yoki ish joylarida hamda ularga tutash bo‘lgan hududlarda, transport vositalarining salonida foydalanish mumkinligini belgilanmoqda.

🔹 Shuningdek, davlat organlarining ramzlarida (bayroq, geraldik belgi) va ularning rasmiy veb-saytlarida Davlat bayrog‘ining tasviri tushirilgan belgilardan foydalanishga huquqiy asos o‘rnatish hamda Davlat bayrog‘i tasvirini ustki kiyimga bezatish maqsadida aks ettirish imkoniyatini yaratish nazarda tutilmoqda.

🔹 Davlat bayrog‘i va uning tasviri tushirilgan belgilardan quyidagi hollarda — O‘zbekiston Respublikasi vakili bo‘lgan jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan rasmiy xalqaro tadbirlarda foydalanishda, harbiy yoki boshqa davlat xizmatida bo‘lgan shaxslar tomonidan kiyim-kechak va farqlovchi nishonlarda qo‘llashda hamda xalqaro sport musobaqalari hamda O‘zbekiston chempionatlari uchun sport kiyimlarini tayyorlashda foydalanishga ruxsat berish belgilanmoqda.

🔹 Shu bilan birga, Davlat bayrog‘iga nisbatan hurmatsizlik bilan munosabatda bo‘linishiga yo‘l qo‘yilmaydigan hollar aniq belgilab berilmoqda.

Veb-sayt| Telegram |Facebook | YouTube| Instagram| Twitter| ParlamentTV
#Live

♻️ Ta’kidlanganidek, aholidan takliflar olish, ular asosida qonun loyihasini takomillashtirish maqsadida 2023 yilning 1-16 iyun kunlari jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi. O‘tgan vaqt mobaynida 1,5 mingdan ortiq munosabat va takliflar kelib tushdi. Ularning 673 tasi Qonunchilik palatasining parliament.gov.uz saytiga, 530 tasi regulation.gov.uz portaliga, 154 tasi [email protected] elektron pochtasiga kelib tushgan hamda 150 nafar yoshlar yetakchilari tomonidan jamoaviy taklif yuborilgan.
_______________________

♻️ Отмечено, в целях получения предложений от населения и доработки на их основе законопроекта с 1 по 16 июня 2023 года документ был вынесен на общественное обсуждение. За этот период поступило более 1 500 отзывов и предложений. Из них 673 отправлены на сайт Законодательной палаты parliament.gov.uz, 530 – на портал regulation.gov.uz, 154 – на электронную почту [email protected], а также 150 лидеров молодежи направили коллективные предложения.

Veb-sayt| Telegram |Facebook | YouTube| Instagram| Twitter| ParlamentTV