Oliy Majlis Qonunchilik palatasi
14.7K subscribers
19.3K photos
1.15K videos
2 files
13.5K links
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari bilan tanishishingiz (https://taplink.cc/oliymajlis) mumkin.
Download Telegram
#Live

Ta’kidlanganidek, ilg‘or xorijiy tajribadan kelib chiqib, hududiy manfaatlarni ifodalovchi organ sifatida Senatning mahalliy vakillik organlari faoliyatiga ko‘maklashish kabi muhim vakolat Bosh qomusimizda mustahkamlab qo‘yilmoqda. Bundan tashqari, Oliy Majlis palatalarining birgalikdagi vakolatlari sifatida korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi har yilgi milliy ma’ruzani eshitish belgilanmoqda. Bu ikkala palataning mazkur yo‘nalishdagi samarali hamkorligini ta’minlagan holda, korrupsiyaga qarshi kurashish borasida ijobiy o‘zgarishlar uchun mustahkam zamin yaratadi.

Veb-sayt| Telegram |Facebook | YouTube| Instagram| Twitter| ParlamentTV
#Live

☝️ Yig‘ilishda deputatlar qayd etganidek, yangilangan Konstitutsiya jamiyatni yanada taraqqiy ettirishga, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari to‘laqonli ta’minlanishiga xizmat qiladi.

Veb-sayt| Telegram |Facebook | YouTube| Instagram| Twitter| ParlamentTV
#Live

Qizg‘in ruhda o‘tgan yig‘ilishda kun tartibidagi masala yuzasidan tegishli qaror va “O‘zbekiston Respublikasi referendumi to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq mas’ul qo‘mitalarning xulosasi qabul qilindi.

Veb-sayt| Telegram |Facebook | YouTube| Instagram| Twitter| ParlamentTV
#Live

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi hamda O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyalarining qo‘shma yig‘ilishi boshlandi. Unda yangilanayotgan Konstitutsiya loyihasini takomillashtirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar atroflicha ko‘rib chiqilmoqda.

Veb-sayt| Telegram |Facebook | YouTube| Instagram| Twitter| ParlamentTV
#Live

♻️ Ta’kidlanganidek, 2022 yilda ikkita yetakchi siyosiy partiya – Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi hamda O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyalari tomonidan mamlakatimizda konstitutsiyaviy islohotlar bo‘yicha muhim tashabbus ilgari surildi.
Yetakchi siyosiy partiyalarning parlamentdagi fraksiyalari tomonidan konstitutsiyaviy islohotlar bo‘yicha ilgari surgan tashabbuslar ularning demokratik islohotlarni chuqurlashtirishdagi, umuman, mamlakatimiz oliy vakillik organlaridagi o‘rni va mas’uliyati qay darajada oshganligini namoyon etdi.

Veb-sayt| Telegram |Facebook | YouTube| Instagram| Twitter| ParlamentTV
#Live

🔰 Konstitutsiyaviy qonun loyihasi ustida ishlashda Qonunchilik palatasidagi har ikkala partiya fraksiyalari a’zolari faol ishtirok etdi. Partiyalar markazda va joylarda elektorat vakillari, saylovchilar bilan uchrashuvlar hamda muloqotlar o‘tkazib, loyiha bo‘yicha o‘z takliflarini bayon etishdi, siyosiy pozitsiyalarini belgilab olishdi. Umumxalq muhokamalarida kelib tushgan 220 mingdan ziyod takliflarning har to‘rttasidan bittasi loyihadan joy oldi. Fuqarolarimiz bildirgan biror-bir taklif e’tibordan chetda qolmadi. Asosiy Qonunimizning 65 foiz matni xalqimiz takliflari asosida yangilandi.

Veb-sayt| Telegram |Facebook | YouTube| Instagram| Twitter| ParlamentTV
#Live

☝️ Yig‘ilishda so‘z olganlar o‘z partiyaviy dastur va maqsadlaridan kelib chiqib, Asosiy Qonunimiz loyihasida tegishli takliflari aks etganini alohida ta’kidlashdi. Xususan, O‘zLiDeP fraksiyasi a’zolari yangilanayotgan Konstitutsiya loyihasida davlatning bozor munosabatlarini rivojlantirish, qulay investitsiyaviy va ishbilarmonlik muhitini ta’minlash, halol raqobat uchun shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha majburiyatlari belgilanayotganini alohida qayd etdilar.

Veb-sayt| Telegram |Facebook | YouTube| Instagram| Twitter| ParlamentTV
#Live

Deputatlarning fikricha, mol-mulk, uy-joy daxlsizligi masalasini Bosh qomusimizda belgilash — partiya a’zolari va elektorati uchun ayni muddaodir. Zero, mol-mulk daxlsizligining yuksak darajada kafolatlanishi ishbilarmonlik va investitsiyaviy faollikni rag‘batlantiradi.

Veb-sayt| Telegram |Facebook | YouTube| Instagram| Twitter| ParlamentTV
#Live

☝️ Konstitutsiyaviy qonun loyihasi bilan ilk marotaba uzluksiz ta’lim tizimi, uning har xil turlari va shakllari, davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlari rivojini ta’minlash davlatning vazifalari qatoridan joy olmoqda. Ushbu normalar “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi saylovoldi dasturiga hamohangdir.

👉 Deputatlarning ta’kidlashicha,
mazkur qoidalarning Konstitutsiya darajasida belgilanishi, bolalar bog‘chasidan tortib, toki universitetlargacha, barcha ta’lim tashkilotlarini ular davlatniki yoki xususiy ekanligidan qat’iy nazar, rivojlantirish uchun mustahkam huquqiy zamin bo‘ladi.

Veb-sayt| Telegram |Facebook | YouTube| Instagram| Twitter| ParlamentTV
#Live

‼️ Yangilanayotgan Konstitutsiyaga fuqarolar davlat ta’lim tashkilotlarida tanlov asosida davlat hisobidan oliy ma’lumot olishga haqli ekanligi aniq belgilab qo‘yilayotgani ham deputatlar tomonidan ko‘tarinki ruhda qarshi olindi. Ularning fikricha, mazkur konstitutsiyaviy qoidaning belgilanishi bu boradagi ijobiy yo‘nalish doimo saqlab qolinishini, davlat oliy ta’lim muassasalarida grant o‘rinlari yo‘qolmasligini ta’minlashga xizmat qiladi. Yig‘ilishda Konstitutsiyaviy qonun loyihasi besh turdagi, ya’ni lingvistik, yuridik, gender-huquqiy, korrupsiyaga qarshi hamda inson huquqlari bo‘yicha xalqaro standartlarga muvofiqligi bo‘yicha ekspertizalardan o‘tkazilgani, shuningdek, loyihaning o‘zbek tilidagi matni tahririni tayyorlash bo‘yicha keng qamrovli ishlar amalga oshirilgani ta’kidlandi.

Veb-sayt| Telegram |Facebook | YouTube| Instagram| Twitter| ParlamentTV
#Live

♻️ Deputatlar aytib o‘tganidek, qonun loyihasida normativ-huquqiy atamalar o‘z mazmuniga muvofiq, yagona shaklda, to‘g‘ri qo‘llanilgan. Adabiy til qoidalari va normalari talablariga hamda yuridik, texnik va boshqa maxsus qoidalarga aniq rioya qilingan. Loyihadagi normalar sodda va ravon aks ettirilgan. Uning sifati va darajasi jahon konstitutsiyaviy taraqqiyotining asosiy tendensiyalariga to‘la mos keladi.

Veb-sayt| Telegram |Facebook | YouTube| Instagram| Twitter| ParlamentTV
#Live

Yig‘ilishda Konstitutsiya loyihasi xalqimiz ishtirokida har tomonlama muhokama qilinib, birga tayyorlangani, loyihada belgilanayotgan yangi normalar siyosiy partiyalar fraksiyalari fikrlari bilan hamohang ekanligi aytilib, kun tartibidagi masala yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.

Veb-sayt| Telegram |Facebook | YouTube| Instagram| Twitter| ParlamentTV