SAMARQAND VILOYAT ADLIYA BOSHQARMASI
2.37K subscribers
7.21K photos
1.09K videos
23 files
4.64K links
Samarqand viloyat adliya boshqarmasining telegram kanali.

Бизни кузатинг:
https://youtube.com/channel/UCfrxZAwBsy74sDdZG2OcMMQ

https://www.facebook.com/groups/1845889768777670
Download Telegram
#Ochiq_adliya

⚠️ Adliya organlari tizimida korrupsiyaga qarshi murosasiz kurash e'lon qilingan.

📲 Bunda Adliya vazirligi tizimidagi tashkilotlardagi korrupsiya holatlari haqida ma'lumotlarni Telegramdagi @antikorbot botiga, (71) 207-04-64 (1321 yoki 1322) telefon raqamiga yoki vazirlik rasmiy veb-saytidagi maxsus platformaga yuborish mumkin.

❗️Yuborilgan xabarlar belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi hamda murojaat qiluvchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.

Bizning sahifa:👉 https://t.iss.one/qonun_va_huquq
Paynetʼни судга бермоқчиман – актриса Раъно Шодиева

Оғир дардни енгган ўзбек Гунафшаси 3 йилдан сўнг илк бор интервью берди. У яна фильмларда кўриниш берадими? Актриса унинг юзидан ноқонуний фойдаланаётган тижоратчиларни нима учун судга бермоқчи? Турк ижодкорларининг шартномасига нега имзо қўймаган? Ушбу саволларга “Қароқчи”нинг навбатдаги сонида, ижодкор билан эксклюзив суҳбатда жавоб оласиз.

Тўлиқ видео: 👉 https://youtu.be/Pcq6HAaexB4?si=6pu5zG0hD47M1Qni
#2024_йил_1_сентябрдан

☑️ Қонунчиликка кўра, овчилик хўжалигини ташкил этишнинг қуйидаги тартиби ўрнатилади:

🔹ов қилиш фақат овчилик хўжаликлари ҳудудида амалга оширилади ва овчилик хўжаликлари ҳудудидан ташқарида ов қилишни амалга ошириш тақиқланади;

🔹овчилик хўжаликларини ташкил этиш учун ер юридик ва жисмоний шахсларга электрон онлайн-аукцион орқали 49 йил муддатга ажратилади;

🔹электрон онлайн-аукцион ғолиби бўлган юридик ва жисмоний шахсларга овчилик хўжаликларига (овчилик базалари ва питомникларга) туташ ҳудуддаги ов қилиш жойлари овчилик хўжалигини юритиш учун бириктириб берилади.

Каналга уланиш👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot
#Таълим #Меҳнат_ҳуқуқлари

🎓 Қонунчиликка кўра, иш берувчи меҳнат шартномаси бўйича ишдан ажралмаган ҳолда таълим ташкилотларида ўқитилаётган, қайта тайёрлашдан ёки малака оширишдан ўтаётган, шунингдек ишлаб чиқариш таълимини ўтаётган ходимларга иш ва ўқишни бирга олиб бориш учун зарур шарт-шароитларни яратиши шарт.

🗓 Шунингдек, меҳнат шартномаси бўйича ишдан ажралмаган ҳолда таълим ташкилотларида таҳсил олиб, ўқув режасини бажараётган ходимларга иш жойи бўйича ўртача иш ҳақи сақланган ҳолда ўқув таътили, қисқартирилган иш ҳафтаси ҳамда меҳнат тўғрисидаги қонунчиликда ва меҳнат ҳақидаги бошқа ҳуқуқий ҳужжатларда белгиланган ўзга кафолатлар берилади.

Каналга уланиш👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot
#Амал_қилинг

❗️ Қонунчиликка кўра, тадбиркорларнинг банк ҳисобварақларидан пул маблағларини уларнинг розилигисиз қонунга хилоф равишда ўтказиш ёки олиб қўйиш ёхуд уларни ўз вақтида қайтармаслик, оз миқдорда талон-торож қилиш аломатлари мавжуд бўлмаган тақдирда, БҲМнинг 20 бараваридан 40 бараваригача (6 млн 800 минг сўмдан 13 млн 600 минг сўмгача) миқдорда жарима солишга сабаб бўлади.

‼️Қонунни билмаслик жавобгарликдан озод қилмайди...

Каналга уланиш👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot
▶️Yangi haydovchilik guvohnomasini onlayn rasmiylashtiring!

🚗 Nazariy va amaliy imtihonlardan muvaffaqiyatli oʻtdingizmi? Unda yangi haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtirish uchun tegishli tashkilotlarga sarson boʻlib borib yurmang.

📱 My.gov.uz orqali bu jarayon yanada oson va qulay!

🆕 Xizmatdan foydalanishda hech qanday hujjatlar talab qilinmaydi. Hamma maʼlumotlar tizimda mavjud.

🪪 Tayyor guvohnomani, istasangiz, oʻzingizga eng yaqin Davlat xizmatlari markaziga tashrif buyurgan holda yoki qoʻshimcha toʻlov evaziga pochta xizmati orqali uyingizda qabul qilib oling!

💰Xizmat narxi — yagona portal orqali topshirilganda 238 000 soʻm (0.7 BHM).

📱 my.gov.uz orqali tez, qulay va zamonaviy boʻlgan ushbu imkoniyatdan foydalanib, vaqtingizni tejang! Arizani istalgan vaqtda bir nechta tugmalarni bosish orqali oson toʻldiring.

📺 https://youtu.be/y38y57tRXE0
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Электр энергиясини тежаб ишлатиш - бугунги давр талаби!

https://t.iss.one/SamTvr
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Brifing #Ochiq_muloqot

Samarqand tuman davlat xizmatlari markazi direktori Suxrob Qodirov ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#adliya_aralashgach

Shifokorning manfaati sud orqali himoya qilindi.


🔻Narpay tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli Ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi oilaviy shifokori S.B. ish beruvchi tomonidan mehnat shartnomasi bekor qilinishi munosabati bilan yakuniy to‘lovlar to‘lab berilmaganligidan norozi bo‘lib, tuman adliya bo‘limiga murojaat qildi.

👉Batafsil

Bizning sahifa:👉 https://t.iss.one/qonun_va_huquq
🔴#Jonli_efir

Adliya vazirligi tomonidan Kadastr agentligi bilan hamkorlikda kadastr sohasida ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari yuzasidan “YouTube” ijtimoiy tarmog‘ida aholi bilan onlayn muloqot boshlandi.

Onlayn muloqotda koʻchmas mulk obyektiga kadastr pasportini berish hamda koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish masalalariga alohida toʻxtalib oʻtiladi.

savollaringizni @adliyasupport_bot Telegram boti orqali yuboring.

Muloqot vazirlikning YouTube dagi “Adliya vazirligi / Ministry of Justice” kanali orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatiladi.
📣Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Samarqand viloyat akademik litseyining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Samarqand viloyat akademik litseyida yangi 2024/2025 o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan "Ilm olish - eng buyuk sharaf" shiori ostida bayram tadbiri tashkil etildi. Tadbirda viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i Salohiddin Sattarov, Toshkent davlat yuridik universiteti professori X.Muxammedov hamda akademik litseyning ijrochi direktori Oybek Shirinov yangi ta'lim maskani, ilk o‘quv yili munosabati bilan ota-onalar va o‘quvchilarni tabrikladi.

Yurist kasbining boshlang‘ich bilimlarini olish uchun intilayotgan yoshlar bugun akademik litseyda ilk dars jarayonlarini boshlashadi.