QOŃÍRAT HÁKIMLIGI |Rásmiy kanal|
7.61K subscribers
49.2K photos
5.29K videos
29 files
15.2K links
Download Telegram
Forwarded from Karakalpakstan.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Yuksalish" umummilliy harakati raisi Bobur Bekmurodov: "Mediada farmatsevtika reklamasiga cheklovlar joriy etishimiz kerak hamda dori vositalarining reklamasiga oid qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlikni kuchaytirishimiz shart. Dori vositalarini ishlab chiqaruvchilar, import qiluvchilar va sertifikatlash tashkilotlari mas'uliyatini kuchaytirish ham nihoyatda muhim hisoblanadi. Shu bilan birga, fuqarolarni zamonaviy tashxis imkoniyatlaridan foydalanishini, davolashning yagona standartlariga asoslangan tibbiy sug‘urta tizimiga o‘tishni tezlashtirish zarur".

"Yuksalish" harakati "Dok-1 Maks" dorisini ichish oqibatida bolalar o'limi bilan bogʻliq vaziyat qayta yuzaga kelmasligi uchun qator takliflarni ilgari surdi.

@uzbyuksalish
Forwarded from Karakalpakstan.uz
Shu kunlarda “Dok-1 Maks” preparatini qabul qilish oqibatida bolalar hayotdan koʻz yumgani bilan bogʻliq vaziyat barchamizni chuqur qaygʻuga soldi. Bu fojia mamlakatimizda sogʻliqni saqlash va farmatsevtika sohasida muammolarimizni yaqqol koʻrsatib berdi.

Kelgusida bunday holatlarning oldini olish uchun “Yuksalish” umummilliy harakati quyidagilarga chaqiradi:

🔹Dori vositalarini nazoratsiz qoʻllash amaliyotini qayta koʻrib chiqish. Koʻplab dori vositalarini shifokor retseptisiz, dorixonalardan osongina xarid qilishimiz mumkinligi dorilardan notoʻgʻri foydalanish xavfini yaratmoqda.

🔹OAVlarda dorilar reklamasiga cheklovlar joriy etish. Xususan, dori vositalari reklamasini faqat Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi ruxsati bilan amalga oshirish. Kelgusida OAVlarda dorilarining bevosita reklamasini taqiqlash imkoniyatini koʻrib chiqish.

🔹 Dori vositalarining reklamasiga oid qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish. Masalan, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksni dori vositalari reklamasiga qoʻyiladigan talablarni buzganlik uchun BHMning 20 baravaridan 50 baravarigacha miqdorda jarima solishni nazarda tutuvchi alohida norma bilan toʻldirish. Ogʻir oqibatlarga olib kelgan huquqbuzarliklar (inson sog'lig'iga ziyon yetsa, o'limga olib kelsa) jinoiy javobgarlikka asos boʻlishi kerak.

🔹 Dori vositalarini ishlab chiqaruvchilar, import qiluvchilar va sertifikatlash tashkilotlari masʼuliyatini kuchaytirish. Shu maqsadda, Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi subyektlari qatoriga sifatsiz, qalbakilashtirilgan va xavfsizlik talablariga javob bermaydigan dori vositalarini tarqatishga yo'l qoʻygan shaxslarni ham kiritish.

🔹 Farmatsevtika sohasida ochiqlik va shaffoflikni ta'minlash. Keng aholi manfaatlariga daxldor boʻlgan farmatsevtika sanoatiga oid axborotlarni berib boruvchi ochiq maʼlumotlar bazasini shakllantirish lozim.

🔹 Fuqarolarning zamonaviy tashxis imkoniyatlaridan foydalanishini, davolashning yagona standartlariga asoslangan tibbiy sugʻurta tizimiga oʻtishini tezlashtirish.

“Yuksalish” harakati tibbiyot muassasalari va farmatsevtika sohasi institutlarini tijoriy emas, balki ijtimoiy manfaatlarni ustuvor qoʻyishlariga chaqiradi.

👉Batafsil

@uzbyuksalish
Forwarded from Karakalpakstan.uz
⚡️Қарақалпақстан Республикасы Министрлер Кеңесиниң Баслығы Ф.Эрманов тәрепинен пуқаралардың машқаласы тыңланды

🔷Толық оқыў

Каналға ағза болыў
"Док-1 Макс" дәри ɵнимлеринен пайдаланбаў бойынша районымызда үгит-нәсият жумыслары алып барылмақта

Атап айтқанда, Қоңырат районында сектор басшылары, ҳәким орынбасарлары ҳәм басқа да жуўапкерлер орынларға шығып, түсиндириў ҳәм үйрениў жумыслары алып барылмақта. 
Бүгин район ҳәкиминиң орынбасары У.Тилеумуратова ҳәм  Халық депутатлары районлық Кеңесиниң секретариат баслығы Б.Ўалибаевалар район аймағындағы дәриханаларда болып, ол жерде "Док-1 Макс" дәри ɵниминиң сатылыўын шеклеў бойынша түсиндириў жумысларын алып барды.


Қоңырат районы ҳәкимлигиниң Мәлимлеме хызмети
https://t.iss.one/qongiratrkuz
Favqulodda vaziyatlar vazirligining respublika aholisi hamda tashkilot, korxona va muassasalar rahbarlariga

M U R O J A A T N O M A S I

Aziz fuqarolar! Tabiiyki, havo haroratining pasayib, kunlar sovishi natijasida elektr, gaz yoki boshqa yoqilg‘ida ishlaydigan isitish moslamalaridan foydalanishda e'tiborsizlik tufayli yoki nosoz, nostandart isitish moslamalarini ishlatish natijasida is gazidan zaharlanish, havo-gaz aralashmasining chaqnashi va yong‘inlar sodir bo‘lishi mumkin. Bunday holatlarga tushmaslik uchun uy-joy sektorlari, ijtimoiy-iqtisodiy soha obyektlaridagi gaz, elektr va boshqa yoqilg‘ida ishlovchi isitish moslamalarini ishlatishda texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilish zarur. Batafsil...

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram