Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
1.77K subscribers
9.83K photos
1.29K videos
92 files
3.75K links
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali

“Kelingiz yoshlar, ziyolilar bu kun g’ayrat qiling, Uxlaganlarni agar Qodir esak, uyg’otamiz”Qodiriy

@aqodiriyijodmaktabi_bot
Download Telegram
#adabiy_kecha
#Abdulla_Qodiriy_130_yoshda

Toshkent shahrida Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi tashabbusi bilan keng jamoatchilik vakillari uchun "Zakovat" intellektual oʻyini tashkil etildi.

Abdulla Qodiriy tavalludining 130 yilligi doirasida oʻtkazilgan zakovat bellashuvida adabiyot, sanʼat, ommaviy axborot vositalari kabi sohalar vakillaridan iborat oʻndan ziyod jamoa ishtirok etdi.

Ushbu tadbirga Abdulla Qodiriy uy-muzeyi mezbonlik qildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Ўзбекистон халқига Рамазон ҳайити табриги

Поздравление народу Узбекистана с праздником Рамазан хайит

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#Tarixiy_sana
#Abdulla_Qodiriy_130

10 aprel – yozuvchi Abdulla Qodiriy tavallud topgan kun.

Abdulla Qodiriy 1894-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. XX asr yangi o‘zbek adabiyotining ulkan namoyandasi, o‘zbek romanchiligining asoschisi. 20-yillardagi muhim ijtimoiy-madaniy jarayonlarning faol ishtirokchisi.

Ma’lumot uchun, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimida Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi 2019-yildan faoliyat yuritib kelmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#tabrik

Assalomu alaykum va rahmatullohi
va barakatuh!


QADRLI YURTDOSHLAR!

Qalblarga nur, ko‘ngillarga huzur baxsh etuvchi Ramazon Hayiti muborak bo‘lsin!

Alloh xonadoningizga tinchlik, osoyishtalik, qalbingizga iymon xalovati, rizqingizga barokatini doimiy qilsin.
Taningiz salomat bo‘lib, bag‘ri butunlikda kelasi hayitlarda ham yuz ko‘rishmoqlikni nasib aylasin.
Qalbingizda qanday ezgu tilaklar bo’lsa, barchasi o’zingizga yo’ldosh bo’lsin!

Ushbu muborak oydagi tutgan ro’zalaringiz, qilgan ibodatlaringiz ajrini ko’rib yuring. Ayniqsa, Ramazon oyida yurtimiz tinchligi, ravnaqi, farzandlarimiz sog’ligini so’rab qilgan ehsonlarimiz qabul bo’lsin!

AZIZ USTOZLAR!

Barchangizni yana bir bor muqaddas Ramazon hayiti bilan tabriklab, kasbiy faoliyatingizda muvaffaqiyat, shaxsiy hayotingizda baxt-saodat tilayman. Har biringizga bir o’quvchi hayotida o’chmas iz qoldiradigan qadrli ustoz bo’lishni tilayman.


Hurmat bilan,
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi direktori Hilola Nazirova



🌐 Ijod maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Telegram
Facebook
Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#adabiy_kecha
#Abdulla_Qodiriy_130_yoshda

📌7-aprel kuni Abdulla Qodiriy tavalludining 130 yilligiga bag’ishlangan xayriya kechasida auksion tashkil etilgan edi.

⚡️Xayriya auksionida “Chig’atoy gurungi” jurnali, Qo’qon arava, palak, qumg’on, charx, “O’tkan kunlar” asarining birinchi nashri kabi qadimiy buyumlar ham baholandi.

📸Ana shu jarayondagi suratlarni tomosha qiling!


🌐 Ijod maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Telegram
Facebook
Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Abdulla_Qodiriy_130_yoshda

📌Bugun adabiyotimizning zabardast vakili, o’zbek romanchilik maktabining asoschisi Abdulla Qodiriy tavallud topgan kun.

Abdulla Qodiriy 1894-yil 10-aprel kuni Toshkent shahrida tavallud topgan. Avval musulmon, so’ngra rus-tuzem maktabida, keyinchalik Abulqosim shayx madrasasida tahsil olgan. 1925-1926-yillarda Moskvadagi adabiyot kursida o’qib qaytadi.

Abdulla Qodiriyning “To’y”, “Ahvolimiz”, “Millatimga bir qaror”, “Fikr aylag’il” kabi she’rlari, “Obid ketmon” qissasi, bir qator felyeton, hikoyalari bor.
Lekin adibni butun jahonga taniqli qilgan ikki romani barchamizga ma’lum: “O’tkan kunlar”, “Mehrobdan chayon”.

⚡️Qisqa umri davomida salmoqli ijod qilgan, ibratli hayot yo’lini bosib o’tgan Qodiriy 1938-yil 4-oktyabr sanasida otib tashlanadi.

O’rta Osiyo jadidlari deganda nomi birinchilardan bo’lib yodga olinadigan Abdulla Qodiriy 50-yillarda oqlanib, mustaqillikdan so’ng haqiqiy qadrini topdi. Ko’chalar, mahalla, shaharcha, metro bekati adib nomiga qo’yildi.
2019-yil Prezident qarori bilan Toshkent shahrida Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi tashkil etildi.


🌐 Ijod maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Telegram
Facebook
Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Abdulla_Qodiriy_130_yoshda

MOZIYNI ESLAB…


Oʻtdi qancha kunlar, qancha asrlar
Oʻtgan kun degancha tarixda qoldi,
Soʻnggi iltijosi ushalgan mahal
Tuproqning bagʻriga oʻranib oldi.

Kumushbibi yolgʻiz yigʻlagan tunlar
Hijron Otabekdan oldi qasdini.
Anvar-u Ra'noni oʻrtagan sogʻinch
Bir bor korsatmadi ona vaslini.

“Mushtum” deb nomlangan umr siyohi
Tarixga bitardi qahramonini
Haqiqat bogʻining achchiq mevasi
Qiynoqqa solardi sof vijdonini

“Mehrobdan chayon”-u “Obid ketmon”lar
Menga eslatadi moziy zaxmini.
Qatag’on davrining gul qurbonlari
Dillarga soladi xalqning dardini.

✍️Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi 8-“V” sinf o’quvchisi Sultonamirova Hanifaxon


🌐 Ijod maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Telegram
Facebook
Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM