Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
9.3K subscribers
13.9K photos
1.52K videos
95 files
4.54K links
Download Telegram
#dars_jarayoni

⚡️Bugun Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabiga O’zbekiston Milliy universiteti professori, filologiya fanlari doktori Nodira Alavutdinova tashrif buyurdi.

📌10-sinflarning “Nutq madaniyati” darsida mavzu doirasida suhbat o’tkazildi. O’quvchilar ustozdan qimmatli bilimlarni oldi.


Dars so’ngida professor ustoz maktab direktori Hilola Nazirova tomonidan “Tashakkurnoma” bilan taqdirlandi.

🌐 Ijod maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Telegram
Facebook
Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#mahorat_darsi

⚡️Bugun Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida navbatdagi “Mahorat darsi” bo’lib o’tdi.

Bu safargi mehmon ustozimiz adabiyotshunos, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universiteti dotsenti Abdulla Ulug’ov bo’ldi.

📌”Mahorat dars” mavzusi: “Yozuvchining badiiy mahorati”.


📸Mashg’ulotdan qaynoq lahzalarni tomosha qiling!



🌐 Ijod maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Telegram
Facebook
Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Oyina.uz | Tafakkur
Абдулла Қодирийга салом беролмаган келини

📌Биласиз, ёмғир ёғса, тарновдан сув шариллаб тушади. Шу боис ёмғир ёғар-ёғмас югуриб бориб, ҳовлининг ёнбошида аввалдан тайёрлаб қўйилган узун ёғочларни тарновга тираб қўярдилар, сув шарақламайгина, унга бўйлаб, ерга оқсин деб. Бунга ҳаммамиз ҳушёр турардик. Чунки ёмғирнинг жилдираган овозиям дадамга ёқмаган.

Oʻz: https://oyina.uz/kiril/article/98

Ўз: https://oyina.uz/kiril/article/97

Расмий саҳифаларимиз👇

Telegram | Facebook | YouTube |X
#Muhammad_Yusuf_70_yoshda

DIQQAT TANLOV

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining 7-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 70 yilligi munosabati bilan Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Andijon viloyati bo‘limi “Ulug‘imsan, Vatanim” mavzusidagi ijodiy ishlar tanlovini e’lon qiladi.

Tanlov uch yo‘nalishda tashkil etiladi:
- “Vatanni Najmiddin Kubrodek seving” mavzusida shoir she’rlariga nazira bogʻlash;
- videorolik tayyorlash;
- shoir sheʼrlaridan tahliliy va publitsistik maqolalar, esse yozish.

Hakamlar tomonidan gʻolib deb topilgan eng sara ijodiy ishlar shoir tavalludining 70 yilligi munosabati bilan oʻtkaziladigan Andijon viloyati tadbiri arafasida taqdirlanadi.

Ijodiy ishlar joriy yilning 15-aprel kuniga qadar @Durdona_Abdukarimxodjayeva telegram manziliga yuborishingiz so‘raladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#tadbir

📌Kuni kecha Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi va Islom sivilizatsiyasi markazi bilan hamkorlikda “Ajdodlarga munosib avlod bo’laylik” nomli tadbir tashkil etildi.

Unda ijod maktabining yuqori sinf o’quvchilari turli shartlar asosida guruh bo’lib ishtirok etishib, tariximiz haqida bilimlarini sinovdan o’tkazishdi.

⚡️Yakunda g’olib jamoalar maktab va Islom sivilizatsiyasi markazi tomonidan taqdirlandi.


🌐 Ijod maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Telegram
Facebook
Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#soha_qonunchiligi

⚡️TANLOVDA G‘OLIB BO‘LGAN 6-SINF O‘QUVCHILARI IJOD MAKTABLARIGA KIRISH IMTIHONISIZ QABUL QILINADI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ijod maktablari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.


Qarorga ko‘ra:

“Yosh tarjimonlar” klublari yo‘lga qo‘yiladi;

O‘quvchilarning ijodiy ishlari toʻplam sifatida "Mening birinchi kitobim" loyihasi asosida nashr etiladi;

o‘quvchilarda axloqiy, ijtimoiy-emotsional va estetik didni rivojlantirish maqsadida “San’at” (ART) fani kiritiladi;

o‘quvchilarning sun’iy intellekt va robototexnika yo‘nalishiga qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida robototexnika asoslari o‘rgatiladi;

oʻquvchilar ijodiy ishlarini onlayn platformalar orqali tijoratlashtirishga oʻrgatiladi;

ijodkor oʻquvchilar oʻrtasida "Ijodiy olimpiada" oʻtkaziladi;

Ikkita ijod maktabida taʼlim jarayoni xalqaro IB (International Baccalaureate) dasturi asosida yoʻlga qoʻyiladi;

ijod maktablarida Oliy taʻlim muassasalarining til, adabiyot va xorijiy tillari kafedralarining filiallari tashkil qilinadi;

Oʻqituvchilar elchixonalar tomonidan xorijiy davlatlarga malaka oshirishga joʻnatiladi;

Ijod maktablariga xorijiy oʻqituvchilar jalb qilinadi;

2024/2025-o‘quv yilidan boshlab umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida badiiy adabiyot va san’at sohasida iqtidorli yoshlarni saralashga qaratilgan ko‘rik-tanlov o‘tkaziladi:

umumtaʼlim maktablarida taʼlim olayotgan ijodkor oʻquvchilar bazasi shakllantiriladi;

ko‘rik-tanlov har yili tuman (shahar) va viloyat bosqichlarida o‘tkaziladi;

tanlovning viloyat bosqichida sovrinli 1-, 2- va 3-o‘rinlarni qo‘lga kiritgan 6-sinf o‘quvchilari ijod maktablariga umumiy qabul parametrlari doirasida kirish imtihonisiz o‘qishga qabul qilinadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#chorlov

ADABIY LAYLATUL-QADR KECHASI!

⚡️Germaniyaga borgan Turkiston bolalari yodingizdami? 70 nafar talabaning o’qish xarajati, ta’minoti haqida qiziqib ko’rganmisiz? Jadidlarimiz butun Turkiston ma’rifatparvar boylarini yig’ib, bir kechaning o’zida 75 ming so’m oltin yig’ganini va bu mablag’ o’sha davrda bir talabaning yil davomidagi xarajatini qoplashini tasavvur qilib ko’ring!

❗️Biz sizni ana shunday adabiy kechaga chorlaymiz!
Abdurauf Fitrat Turkiston Muxtoriyati e’lon qilingan kunni “Milliy Laylatulqadrimiz” degandi.
Biz esa SIZNI 7-aprel kuni “Adabiy Laylatul-qadr” kechasiga taklif etamiz!

Abdulla Qodiriy tavalludining 130 yilligiga bag’ishlab o’tkazilayotgan xayriya kechasida sizga jadidlar davri ruhini ko’rsatishga, ham aqlingiz, ham ko’nglingiz rohat oladigan tadbir guvohi bo’lishingizga va’da beramiz!

🏆Xayriya kechasining “Zakovat” intellektual o’yinida o’z jamoangiz bilan ishtirok etishingiz mumkin (ishtirok etish pulli).

Tadbir davomida Qodiriy asarlaridan musiqaviy, she’riy chiqishni tinglashingiz, sahna asarlarini ko’rishingiz mumkin.

Tadbir so’ngida esa iftor dasturxoni kutmoqda.

Homiy bo’lishga tayyor ma’rifatparvar va saxiy insonlarga doimo ochiqmiz!

Xayriya kechasidan tushgan mablag’lar Abdulla Qodiriy uy muzeyi uchun sarflanadi.

Zakovatda ishtirok etmoqchi yoki homiylik qilmoqchi bo’lganlar
@Nigora_Asqaraliyeva profiliga yozing.


🌐 Ijod maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Telegram
Facebook
Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#jonli

📌Bugun Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida adabiyotshunos Qozoqboy Yo’ldoshev bilan “Mahorat darsi” bo’lib o’tdi.


🌐 Ijod maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Telegram
Facebook
Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM