Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
1.78K subscribers
9.67K photos
1.27K videos
92 files
3.7K links
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali

“Kelingiz yoshlar, ziyolilar bu kun g’ayrat qiling, Uxlaganlarni agar Qodir esak, uyg’otamiz”Qodiriy

@aqodiriyijodmaktabi_bot
Download Telegram
Ne baloga etding mubtalo
<unknown>
#Zulfiyaxonim
#tavallud

Zulfiyaxonim Isroilova
🎙 Muslimaxon Agzamxo'jayeva
Daraxt
<unknown>
#Zulfiyaxonim
#tavallud

Zulfiyaxonim Isroilova
🎙 Muslimaxon Agzamxo'jayeva
Do'stlarim
<unknown>
#Zulfiyaxonim
#tavallud

Zulfiyaxonim Isroilova
🎙 Muslimaxon Agzamxo'jayeva
Orzuga ayb yo'q✍️
<unknown>
#Zulfiyaxonim
#tavallud

Zulfiyaxonim Isroilova
🎙 Muslimaxon Agzamxo'jayeva
Qayga ketding, yuragim
<unknown>
#Zulfiyaxonim
#tavallud

Zulfiyaxonim Isroilova
🎙 Muslimaxon Agzamxo'jayeva
Men o'tgan umrga
<unknown>
#Zulfiyaxonim
#tavallud

Zulfiyaxonim Isroilova
🎙 Muslimaxon Agzamxo'jayeva
#Faxrimiz
#Zulfiyaxonim_107_yoshda

Prezident ta'lim muassasalari agentligi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining 10-sinf o'quvchisi Sa'dullayeva Zahroxon ijod maktablari o'rtasida o'tkazilgan "O'zbegim Zulfiyasi" tanlovining nazm yo'nalishi bo'yicha qatnashib 3-o'rinni egallaganligi uchun taqdirlandi


Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi axborot xizmati
#zulfiyaxonim

📌Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi shoira Zulfiya tavalludining 109 yilligi munosabati bilan devoriy gazetalar tanlovini e’lon qiladi!

Shartlar quyidagicha:
Asaringizda Zulfiya she’rlaridan birini aks ettirishingiz kerak. She’r – so’zlarning rasmi bo’lsa, siz uni bo’yoq bilan oq qog’ozga ko’chirasiz!


💥 Devoriy gazetalar har bir sinfdan 29-fevralgacha qabul qilinadi!


⚡️Tanlovimizda faol ishtirok eting. G’oliblar Zulfiyaxonim tavalludiga bag’ishlangan bayram kuni taqdirlanadi!


🌐 Ijod maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Telegram
Facebook
Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#zulfiyaxonim
#ijodiy_togarak

Zulfiyadan Hamid Olimjonga


Ilk bahor kunida keldim dunyoga,
Yashnatib onamning qaro ko'zini.
Oqladim, intilib ilm, ziyoga,
Temirchi otamning non-u tuzini.

Oh, bahor, sen kabi men go'zal edim,
Onam sochlarimni o'rib qo'yardi.
Men uchun ko'zlari bilmasdi tinim,
Kitob o'qib meni o'pib qo'yardi.

Navqiron umrimga keldi muhabbat,
Oh, yurak tipirlar, titraydi bu jon.
Sevardingiz meni, suygansiz albat,
Sizdan minmatdorman, Hamid Olimjon.

Bo'ronlarga qolib ketdik ikkimiz,
Kurashdik, chekinish bizga yod edi.
Buncha og'ir bo'ldi shoir yo'limiz,
G'animlar kulardi, ular shod edi.

Qanday zamonlarda yashadik, hayhot,
Zulmkor zulmiga qilibmiz bardosh.
Bitta akamni ham sig'dirmadi yurt,
Yig'lab o'tdi onam to'kkancha ko'zyosh.

Bir kelib ketdingiz siz ham dunyoga,
O'g'il-qizimizni menga qoldirib.
Faqat qiyin bo'ldi azizim, shunga,
Otalik o'rnini yashash to'ldirib.

Yonsangiz yondim, kuydim kuysangiz,
Yo'qligingizga ham chidab o'tdi jon.
Ko'ngilda neligin agar so'rsangiz,
Sizni sevib o'tdim, Hamid Olimjon.

✍️Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi 8-“B” sinf o’quvchisi Abdurahmonova Xadichabonu


🌐 Ijod maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Telegram
Facebook
Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#zulfiyaxonim
#ijodiy_togarak

Zulfiyaxonimga

Kurtaklar uyg’ondi, ochildi gullar,
Qir-u adirlarda bogʻlarda bahor.
Oʻrik gullariga burkandi yillar,
Sizni izlayotgan qalbimda bahor.

Bahor gullarining sevinchi qayda,
Oʻrik gullariga edingiz maftun.
Uygʻongan kurtakning gullari mayda,
Sizni sogʻinch ila kutadi mahzun.

Sizni izlayapman shabboda boʻlib,
Siz kezgan bogʻlarni qidirib chiqdim.
Muhabbat bahori ishqiga toʻlib,
Oʻrik gullarini soʻroqlab chiqdim.

Lekin topolmadim izingizni ham,
Sabrim boʻronlarga aylandi chogʻi.
Ma'yus koʻzlarimda paydo boʻldi nam,
Sizdan tanho qoldi sheʼriyat bogʻi.

Soʻngra tushlarimga kirdingiz asta,
Qoʻlimga tutdingiz oʻtkir qalamni.
“Shoira qizim, izdoshim”, deya
Dedingiz: “Unutdim dardli alamni"

Bahorga burkangan siz sevgan elda,
Sadoqat kuyingiz yangraydi hamon.
Bu kuyning naqadar mehri oʻzgacha,
Bizni yetaklaydi ishq yoʻli tomon.

Tushdagi qalamim, bugun qoʻlimda,
Mehrni kuylayman, chekinar alam.
Doim qalbimdasiz, orzu yoʻlimda,
Izdoshingiz hayot, hayotsiz siz ham.


✍️Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi 9-“A” sinf o’quvchisi Orifjonova Shahzoda


🌐 Ijod maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Telegram
Facebook
Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#zulfiyaxonim
#oquvchilar_ijodidan

⚡️Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi 11-“A” sinf o’quvchisi Shokirova Irodaxonning Zulfiya tavalludining 109 yilligiga bag’ishlangan videoroligini tomosha qiling!


🌐 Ijod maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Telegram
Facebook
Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#oquvchilar_ijodidan
#zulfiyaxonim


Bahorni sog‘indim

O'zbekiston xalq shoirasi Zulfiya Isroilovaga bag'ishlanadi


Ey bahorim, seni sog'indim rosa,
Menga eslatasan o'rik gullarin.
Qish ila qilolmam sira murosa,
Hayot ham ko'rsatar, o'ng-u so'llarin.

Men seni sog'indim, eslab tunlari,
Bahor kuychisiga bitdim she'rlar ham.
Qalbi sovuqlarning chiqmay unlari,
Yuragim og'ritdi, ular dam-badam.

Dilimning nurisan, ey behishtsaro,
Zulfiyaning yodi bo'lib qolding sen.
Gohida aylanib o'rikzor aro,
Bahor nafosatin tuyaman-da men.

Qushlardan so'raymi, seni ey sanam?
Tonggi shabbodalar aytarmi yoki.
Negadir sen sabab ko'zlarimda nam,
Sen o'lmaysan bahor yasharkan toki.

Yomg'ir tomchilari yuvsa yuzimni,
Sevgi nashidasi qilar meni mast.
Zulfiya baytlari bezar so'zimni,
U qurgan imorat topmaydi shikast.

Gulasal bor, undan keyingilar bor,
Shunday ekan sira sinmas she'riyat.
Ijod ahli uchun ko'hna dunyo tor,
Iste'dod falakda ko'targan-ku qad.


✍️Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi 11-“A” sinf o’quvchisi Omonova Gulasal


🌐 Ijod maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Telegram
Facebook
Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#zulfiyaxonim
#ijodiy_togarak

Zulfiyadan Hamid Olimjonga


Ilk bahor kunida keldim dunyoga,
Yashmatib onamning qaro ko'zini.
Oqladim, intilib ilm, ziyoga,
Temirchi otamning non-u tuzini.

Oh, bahor, sen kabi men go'zal edim,
Onam sochlarimni o'rib qo'yardi.
Men uchun ko'zlari bilmasdi tinim,
Kitob o'qib meni o'pib qo'yardi.

Navqiron umrimga keldi muhabbat,
Oh, yurak tipirlar, titraydi bu jon.
Sevardingiz meni, suygansiz albat,
Sizdan minmatdorman, Hamid Olimjon.

Bo'ronlarga qolib ketdik ikkimiz,
Kurashdik, chekinish bizga yod edi.
Buncha og'ir bo'ldi shoir yo'limiz,
G'animlar kulardi, ular shod edi.

Qanday zamonlarda yashadik, hayhot,
Zulmkor zulmiga qilibmiz bardosh.
Bitta akamni ham sig'dirmadi yurt,
Yig'lab o'tdi onam to'kkancha ko'zyosh.

Bir kelib ketdingiz siz ham dunyoga,
O'g'il-qizimizni menga qoldirib.
Faqat qiyin bo'ldi azizim, shunga,
Otalik o'rnini yashash to'ldirib.

Yonsangiz yondim, kuydim kuysangiz,
Yo'qligingizga ham chidab o'tdi jon.
Ko'ngilda neligin agar so'rsangiz,
Sizni sevib o'tdim, Hamid Olimjon.

✍️Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi 8-“B” sinf o’quvchisi Abdurahmonova Xadichabonu


🌐 Ijod maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Telegram
Facebook
Instagram