Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
1.78K subscribers
9.81K photos
1.29K videos
92 files
3.74K links
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali

“Kelingiz yoshlar, ziyolilar bu kun g’ayrat qiling, Uxlaganlarni agar Qodir esak, uyg’otamiz”Qodiriy

@aqodiriyijodmaktabi_bot
Download Telegram
#bizning_shunday_oquvchilarimiz_bor
#respublika_bosqichi

📌Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining ikki nafar iqtidorli qizlari 9-“A” sinf o’quvchisi Orifjonova Shahzoda hamda 11-“A” sinf o’quvchisi Shokirova Irodalar Zulfiya nomidagi davlat mukofoti tanlovining Respublika bosqichiga yo’llanmani qo’lga kiritishdi.

Orifjonova Shahzoda tanlovning “Adabiyot” yo’nalishida, Shokirova Iroda esa “Tasviriy san’at” yo’nalishida ishtirok etmoqda.


🔥Iqtidorli qizlarimizga Respublika bosqichida omad va zafarlar tilab qolamiz!


🌐 Ijod maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Telegram
Facebook
Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ochiq_dars

📌Bugun Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida 10-“B” sinflarning Adabiyot darsida “Ochiq dars” tashkil qilindi.

Ushbu dars maktab direktori, ogahiyshunos va manbashunos olima Hilola Nazirova hamda adabiyot o’qituvchisi Nasiba Zuxurova hamkorligida tashkil etildi.

📚Dars mavzusi “Ogahiy hayoti va ijod yo’li” bo’lib, maktab direktori Hilola Nazirova Ogahiy hayoti, ijodi, qo’lyozma asarlari nusxalari, darsliklardagi xatoliklar haqida o’quvchilarga qimmatli bilimlarni ulashdi.

👏Dars so’ngida qiziqarli savollar bergan, faol qatnashgan o’quvchilar e’tirof etilib, taqdirlandi.


🌐 Ijod maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Telegram
Facebook
Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kino

📌20-yanvar kuni Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida “Vatanparvarlik oyi” doirasida o’quvchilarga “Ilhaq” filmi namoyish etildi.

Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bo’yicha direktor o’rinbosari Behzod Xalilov tashabbusi bilan bo’lib o’tgan namoyishda o’quvchilar urushning qanchalik shafqatsizligini, og’ir vaziyatda vatandoshlarimiz sabr-bardoshini kinotasmalarda ko’rishib, xulosa chiqarishdi.


🌐 Ijod maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Telegram
Facebook
Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#olimpiada

📌Bugun Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida STEAM fanlari bo'yicha ichki olimpiada bo'lib o'tdi.

Olimpiadaning shaffof va adolatli o’tishi ta’minlandi, o’quvchilar o’z bilimlarini sinovdan o’tkazib olishdi.

Jarayondan lavhalarni tomosha qiling!



🌐 Ijod maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Telegram
Facebook
Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ekskursiya


📌Bugun Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi direktori Hilola Nazirova hamda ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi Zuxurova Nasiba 10-“B” sinf o’quvchilari bilan birgalikda rassom To‘ra Kuryazov uy muzeyiga ekskursiya uyushtirishdi.

Tashrif davomida 87 yoshli rassom o’quvchilarni boy ijodiy merosi bilan tanishtirar ekan, o‘z mo‘yqalamlari bilan gavdalantirgan Ogahiy, Mashrab, Pahlavon Mahmud g‘azallaridan ko‘zlarida yosh bilan yod o‘qib berdi.

🛑Bu ko‘p qirrali, tabiat buyuk iste'dod ato etgan ijodkorning mo’yqalami ostidan chiqqan san’at namunalari ham ustozlarni, ham o’quvchilarni hayratga soldi.



🌐 Ijod maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Telegram
Facebook
Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#grant
#bizning_shunday_oquvchilarimiz_bor

📌Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining ikki nafar o’quvchisi xalqaro grantlar sohibi bo’ldi!

11-“B” sinf o’quvchisi Mamarajabov Ozodbek Amerikaning Shimoliy Karolina shtatida joylashgan Wingate universitetidan 4 yillik bakalavr uchun jami hisobda $108 000 dollar miqdorida grant (scholarship) yutib oldi!

🔥11-“B” sinf o’quvchisi Usmonova Asila University of Missouri va Wingate University kabi universitetlardan qabul xati va skolarship sohibasiga aylandi.

🛑Iqtidorli o’quvchilarimizni bunday ulkan yutuq bilan tabriklab, keyingi faoliyatlarida omad va zafarlar tilab qolamiz!


🌐 Ijod maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Telegram
Facebook
Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM