Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
2.35K subscribers
10.4K photos
1.32K videos
93 files
3.88K links
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi. “Bizga jadid bobolarimiz kabi g’arb ilm-fani yutuqlari bilan birga milliy qadriyatlar ruhida tarbiya topgan yetuk kadrlar suv bilan havodek zarur” Sh.Mirziyoyev
🗳️ Online qabulxona: @aqodiriyijodmaktabi_bot
Download Telegram
DIQQAT! DIQQAT! 🎉

Yangi yil bayramini ko'tarinki kayfiyatda o'tkazishni xohlaysizmi? 🥳
Unda ushbu BAYRAMLAR KETMA-KETLIGI aynan siz uchun! 🥰

Bayram 3 kun (25-27-dekabr) davomida bo'lib o'tadi:
1️⃣MOVIE DAY 🎥
(+snacklar🍿🧃)

2️⃣ZAKOVAT — YANGI YIL SONI 🎯 (+g'olib jamoalar uchun sertifikat hamda maxsus sovg'alar🏆)

3️⃣NEW YEAR PARTY ☃️
(+g'olib jamoalar va ularning sinflari uchun sovg'alar)

Shartlar esa juda oddiy:😇
- NEW YEAR PARTY uchun o'z jamoangizni tuzing;
- Bayramlarda qatnashish uchun SEHRLI CHIPTAlarni sotib oling.

Nega SEHRLI? Chunki sizda shoular haftaligida qatnashish orqali LOTAREYAda ajoyib yutuqlar egasi bo'lish imkoniyati bor! 🤩

Chiptalar narxi:
- BRONZE ticket - 20k so'm
(New Year Party)
- SILVER ticket - 25k so'm
(Movie day, Zakovat, New Year Party)
- GOLDEN ticket - 30k so'm
(Movie day, Zakovat, New Year Party va LOTAREYA)

Bundan tashqari, New Year Party kuni "Spelling Bee" musobaqasi g'oliblari PUL MUKOFOTLARI💸, hamda CHSB'dan 40/40 ball olgan o'quvchilar MAXSUS SOVG'ALAR🎁 bilan taqdirlanadi!

Chiptalarni ingliz tili xonasiga kelib xarid qilishingiz mumkin!
Manzil: 2-qavat, 9-xona

Shoshiling, chiptalar soni cheklangan! Hoziroq chipta sotib oling va bayramda o'z sinfingiz jamoasini qo'llab-quvvatlang😎


BAYRAMDA KO'RISHGUNCHA!⭐️


Ijod maktabining rasmiy sahifalariga ulanish:

Telegram | Instagram |Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ochiq_dars

🔰Kuni kecha Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida Ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi Nasiba Zuxurova tomonidan 10-sinflarga “Don kixot” asari mavzusiga doir “Ochiq dars” mashg’ulotlari tashkil etildi.

📌Shuningdek, dars jarayonida “Yangi yil sovg’asi” nomli o’yin o’ynalib, savollarga to’g’ri javob bergan o’quvchilar Qorbobo sovg’asini olishdi.


Ijod maktabining rasmiy sahifalariga ulanish:

Telegram | Instagram |Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ochiq_dars

🔰Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida “Ochiq dars”lar haftaligi davom etadi.

📌Bu safargi “Ochiq dars” 8-“A” sinfida “Alisher Navoiy asarlarida sheʼriy sanʼatlar” mavzusida o’tkazildi.

👩🏻‍🏫Oʻqituvchi Gulnoz Negmatova tomonidan olib borilgan dars mashg’ulotlari qiziqarli va esda qolarli bo’ldi.



Ijod maktabining rasmiy sahifalariga ulanish:

Telegram | Instagram |Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tadbir

YOZUVCHI VA SHOIR G’AFUR G’ULOM TAVALLUDINING 120 YILLIGI NISHONLANDI

⚡️ Bugun Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi Yunusobod tumanidagi 260-sonli maktab hamda Yozuvchilar uyushmasi bilan hamkorlikda katta tadbir tashkil etildi.

Ushbu tadbirga 260-sonli maktabning 3-sinfidan to 8-sinfigacha bo’lgan o’quvchilari faol ishtirok etishib, “Shum bola” asaridan sahnaviy ko’rinish, o’zbek, ingliz, rus tilidagi she’rlari bilan tomoshabinlar e’tirofiga sazovor bo’lishdi.

📌Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi o’quvchilarining “Chig’atoy gurungi” dutorchi qizlar jamoasi ijrosidagi kuylar va “Go’zal, Turkiston” qo’shig’i barchada faxr tuyg’usini uyg’otdi.

Tadbir so’ngida faol ishtirok etgan o’quvchilar maktabimiz direktori Hilola Nazirova tomonidan taqdirlandi.

Suratlar muallifi Ahmad To’ra


🌐 Ijod maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Telegram
Facebook
Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
​​‼️Diqqat, TANLOV!

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi huzuridagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi quyidagi vakant lavozimlarga tanlov e’lon qiladi:

📌Ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi

📌Huquq fani o‘qituvchisi

📌Robototexnika fani o’qituvchisi

📌Media to’garagi rahbari

⚡️Nomzodga qo‘yiladigan talablar:

fan yo‘nalishi bo‘yicha kamida bakalavr darajasidagi oliy pedagogik ma’lumot va kamida ikkinchi malaka toifasiga ega bo‘lishi;

o‘quv fanining ilmiy-nazariy asoslari, mazmuni va o‘quv jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini amaliyotda qo‘llay olishi, dars o‘tish metodikasi va uni tashkil etish texnikasini bilishi;
xorijiy tillardan birini boshlang‘ich darajada o‘zlashtirgan bo‘lishi hamda ilg‘or xalqaro tajribadan xabardorligi;
yuksak axloqiy fazilatlar hamda ijtimoiy-siyosiy bilimlarga ega bo‘lishi;
fan olimpiadalari, ko‘rik-tanlovlar va turli musobaqalarda yutuqlarga erishganligi hamda professional tanlovlarda yuqori natijalarni qo‘lga kiritganligi inobatga olinadi.

🔰Agar siz kreativ fikrlaydigan, o‘z ishining ustasi, zamonaviy bilim va ko‘nikmalar egasi bo‘lsangiz, mazkur tanlovda o‘zingizni sinab ko‘ring.


📲Murojaat uchun: 93-092-41-90

Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Zarqaynar ko‘chasi 6/2
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tashrif

🔰Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabiga filologiya fanlari doktori, dostsent Zaynobiddin Abdurashidov tashrif buyurdi.

📌Zaynobiddin Abdirashidovning ilmiy tadqiqot yo‘nalishi – XIX asr oxiri – XX asr boshlari Turkistonda jadidchilikning shakllanishi, rivojlanishi. U o‘z tadqiqotlarida, asosan, jadidchilikning Turkistonda shakllanishi hamda rivojiga ta’sir qilgan ichki va tashqi omillar, XX asr boshlari o‘zbek adabiyoti va adabiyotshunosligi muammolarini hal qilishga oid mavzular doirasida maqola va kitoblar nashr qilgan. Uning ilmiy ishlari qatorida “XX asr boshlarida Turkiston: ijtimoiy-siyosiy va intellektual jarayonlar” (2019), “Mahmudxo‘ja Behbudiy va uning “Oyina” jurnali” (2019), “Ismail Gasprinskiy i Turkestan v nachale XX veka: svyazi-otnosheniya-vliyanie” (2011) kabi asarlarni ko‘rish mumkin.

⚡️Olim maktabimizning “Xotira kitobi”ga o’z fikrlarini esdalik qilib yozib qo’ydilar.


🌐 Ijod maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Telegram
Facebook
Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#xushxabar
#bizning_shunday_oʻqituvchilarimiz_bor

⚡️Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining direktori, matnshunos, ogahiyshunos olima Hilola Nazirova O’zbekiston milliy teleradiokompaniyasi tomonidan “Yilning eng faol eksperti” mukofoti bilan taqdirlandi!

📌Hilola Nazirova “O’zbekiston tarixi” kanalida “Tarixiy savol” ko’rsatuvining muallifi va boshlovchisi bo’lib, shu kunga qadar qiziqarli, dolzarb mavzulardagi chiqishlari bilan e’tirof etilgan.

Ustozimizning bundan keyingi faoliyatlarida yanada ulkan muvaffaqiyatlar tilab qolamiz!


🌐 Ijod maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Telegram
Facebook
Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM