Forwarded from Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
#erishilgan_yutuqlar
#ijod_maktabi
📈 AGENTLIK TIZIMIDAGI ABDULLA QODIRIY NOMIDAGI IJOD MAKTABI O‘QUVCHILARINING 2022-2023-O‘QUV YILIDAGI NATIJALARI
⚡️ Joriy yilda Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabini 37 nafar bitiruvchi tamomladi.
✅ Xalqaro til bilish sertifikatlarini 28 nafar o‘quvchi qo‘lga kiritgan bo‘lib, ularning 24 nafarini bitiruvchilar tashkil etadi.
❗️ Ijod maktabining 11 nafar 10-11-sinf o'quvchilari Bilim va malakani baholash agentligining ona tili va adabiyot fanidan "Umumta'lim fanini bilish to‘g‘risida SERTIFIKAT"ni qo‘lga kiritishdi.
🟢 Joriy yilda ijod maktabi o‘quvchilari “Jadidlarning ma’rifiy faoliyati: g‘oyalari, maqsadlari, vazifalari va Turkiston taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi” mavzusidagi xalqaro konferensiyada, “Kitob - kamolot kaliti” nomli xalqaro ilmiy-ma’rifiy kitoblar ko‘rgazmasida, Ozarbayjon Respublikasining Gabali shahrida o`tkazilgan “Yosh Qutqaruvchilar” xalqaro musobaqasida faol ishtirok etdilar.
💯 Ijod maktabining bitiruvchilari Gulobod Nuraliyeva Turkiyaning Ege universiteti "Turk tili va adabiyoti" yoʻnalishiga, Farangiz Hakimova nufuzli xorijiy universitetlar - University of Missouri, Adelphi University, The University of Arizonaga, Kumushxon Salimova Amerika Qo'shma Shtatlarining Shimoliy Karolina shtatida joylashgan Wingate universitetiga talabalikka qabul qilindi.
➡️ Maktabning 34 nafar bitiruvchisi 100 foizlik natija ko‘rsatgan holda, test imtihonlaridan o‘tib talaba bo'lishdi. Ularning 3 nafari OTMga kirish imtihonlarida eng yuqori ballarni egallashdi:
➖Gulsanam Abduhakimova - 187.9 ball
➖Farangiz Aktamxonova - 184.8 ball
➖Hafiza Hasanova - 183.7 ball
⏰ Ijod maktabining o‘quvchilari 17 ta IELTS, 13 ta CEFR ,1 ta TOPIC, 2 ta SAT kabi Xalqaro va milliy sertifikatlarga ega bo‘lishdi.
🌐 Ijod maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:
Telegram
Facebook
Instagram
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#ijod_maktabi
➖Gulsanam Abduhakimova - 187.9 ball
➖Farangiz Aktamxonova - 184.8 ball
➖Hafiza Hasanova - 183.7 ball
Telegram
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
#bizning_shunday_oʻqituvchilarimiz_bor
#ijod_maktabi
#ustozlar_kuni
⚡️ Agentligimiz tizimidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi direktori, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori, matnshunos, manbashunos olima, jurnalist va pedagog Hilola Nazirovaning mehnat faoliyati haqida quyida tanishishingiz mumkin.
➖ Tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqot metodlari bo‘yicha katta ilmiy xodim unvoni sohibi;
➖ 100 ta ilmiy-ommabop ko‘rsatuvlar, 2 ta monografiya va 60 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar muallifi;
➖ “O‘zbekiston tarixi” telekanalida “Tarixiy savol” ko‘rsatuvi muallifi va boshlovchisi;
➖ The Islamic Manuscript Association (TIMA), The European Society for Central Asian Studies (ESCAS), Central Eurasian Studies Society (CESS) xalqaro tashkilotlarining a’zosi;
➖ 30 dan ziyod xalqaro konferensiyalar ma’ruzachisi;
➖ Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti qoshidagi “Xalqaro Ogahiyshunoslar” kengashining ilmiy kotibi;
➖ O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti katta ilmiy xodimi;
➖ "Qo‘ng‘irotlar sulolasi tarixnavisligida Muhammad Rizo Ogahiyning “Zubdat ut-tavorix” asari" mavzusida dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi;
➖ Sharqshunoslik institutining “Bilimkent" seminari ta’sischisi;
➖ "Mustaqillikning 30 yilligi" ko'krak nishoni bilan taqdirlangan.
⏺ Wikipedia
🗣 Ijod maktabi natijalari:
✅ Maktabning 34 nafar bitiruvchisi 100 foizlik natija ko'rsatgan holda test imtihonlaridan o‘tib talaba bo'lishdi. Ularning 3 nafari OTMga kirish imtihonlarida eng yuqori ballarni egallashdi.
✅ Ijod maktabining o‘quvchilari 17 ta IELTS, 13 ta CEFR ,1 ta TOPIC, 2 ta SAT kabi Xalqaro va milliy sertifikatlarga ega bo‘lishdi.
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#ijod_maktabi
#ustozlar_kuni
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
#Zamin_Foundation
#ijod_maktabi
⚡️ Toshkentda "Bolalar va yoshlar harakatda — Markaziy Osiyoda iqlim o‘zgarishi" xalqaro forumi bo‘lib o‘tdi.
📝 Forum ishtirokchilari ekota’lim mavzusini muhokama qilar ekanlar, o‘quv jarayonida yangi axborot texnologiyalaridan foydalanish muhim ekanini qayd etdi. Markaziy Osiyo ekofaollari iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash bo‘yicha siyosat va dasturlarni ishlab chiqishda, ko‘rilayotgan choralarni monitoring qilish va ularning borishini baholashda bolalarning ham ishtirok etish huquqi borligini alohida ta’kidladilar.
🗺 Forum doirasida tashkil etilgan tadbirda Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining o‘quvchilari tomonidan Orolni asrab-avaylashga qaratilgan sahna ko‘rinishi forum ishtirokchilari e’tiboriga havola etildi.
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#ijod_maktabi
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM