#kun_hikmati
🔰Bizda kitoblarga bo'lgan munosabat xuddi odamlarga bo'lgan munosabatning o'zi. Garchi biz ko'plar bilan tanishsak-da, ulardan ayrimlarinigina do'st sifatida, hayotdagi samimiy hamrohimiz sifatida tanlaymiz.
✍️L.Feyerbax
Telegram | Instagram |Facebook

#ajdodlar_yodi
#kun_tarixi
🛑1938-yil 4-oktyabr – Vatanimiz tarixidagi eng qayg’uli kunlardan biri. Ushbu kunda xalqning eng ziyoli olimlari, davlat arboblaridan iborat bir guruhi sovet davrining qatag’on qurboniga aylangan.
🔰Bugun Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida qatag’on bo’lgan jadidlarimizning xotirasiga hurmat bajo keltirildi. Turon kutubxonasi va Abdulla Qodiriy memorial muzeyi bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirda qodiriyshunos olim, professor Bahodir Karim, Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir Davron Rajab, Turon kutubxonasi va maktab ma’muriyati, o’quvchilari ishtirok etishdi.
Tadbirda Abdulla Qodiriyning avlodlari – maktabimiz o’quvchilari bo’lgan Samariddin Qodiriy va Nozimaxon Akramovalar so’zga chiqib, ajdodlarga munosib avlod bo’lish yo’lida harakat va izlanishda ekanliklarini so’zlashdi.
🎼Shuningdek, tadbir so’ngida “Chig’atoy gurungi” to’garagi a’zolari Cho’lpon qalamiga mansub “Go’zal Turkiston” qo’shig’ini kuylashdi.