Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
1.78K subscribers
9.76K photos
1.28K videos
92 files
3.72K links
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali

“Kelingiz yoshlar, ziyolilar bu kun g’ayrat qiling, Uxlaganlarni agar Qodir esak, uyg’otamiz”Qodiriy

@aqodiriyijodmaktabi_bot
Download Telegram
#Xalqaro_musobaqa
#Bizning_o'quvchilar

Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan keyingi yillarda “Yosh qutqaruvchilar” musobaqasini tashkillashtirish, uni o`tkazish va yoshlar o`rtasida qutqaruvchilik kasbiga bo`lgan qiziqishni uyg`otish borasida qator amaliy ishlar olib borilmoqda. Jumladan, shu kunlarda Toshkent shahrining yosh qutqaruvchilar terma jamoasi Оzarbayjon Respublikasining Gabali shahrida o`tkazilayotgan “Yosh Qutqaruvchilar” halqaro musobaqasida Respublikamiz sharafini himoya qilmoqdalar.

Telegram | Instagram |Facebook
#Xalqaro_musobaqa
#Bizning_o'quvchilar

“Yosh Qutqaruvchilar” orasida Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari Shokirova Iroda, Normurotova Sabina, Anvarova Farzonalarning borligi biz uchun quvonarli hol.

Ma’lum bo‘lishicha, musobaqa shartlaridan biri -rasm chizish bo‘lib, unda Shokirova Irodaning chizgan surati va uni bir nechta tilda izohlab bergani uchun mazkur shart bo‘yicha jamoa birinchilikni egallagan.

Maktab jamoasi nomidan o‘quvchilarimiz va boshqa yosh qutqaruvchilarimizga kuch-g‘ayrat va muvaffaqiyatlar tilaymiz. Yurtimiz sharafini munosib himoya qilishlariga tilakdoshmiz!

Telegram | Instagram |Facebook
#qabul_2023
#infografika

30-iyun,  soat 23:59 gacha kelib tushgan arizalar soni

Tez kunlarda imtihon kunlari eʼlon qilinadi.


Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
#Davlat_gerbi_iftixor_ramzi

🇺🇿 O‘zbekiston Davlat gerbi qabul qilinganiga 31 yil to‘ldi

🗓 1992-yil 2-iyul Oliy Kegashning X sessiyasida O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilingan.

📄 “O‘zbekiston Respublikasi davlat gerbi to‘g‘risida”gi Qonunning 2-moddasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining ramzi hisoblanadi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bizning_o'quvchilar

Joriy yilning 25.06.2023 - 4.07.2023 sanalarida O'zbekistonning faol hamda ijodkor yoshlari Ozarbayjonning Gabala shahrida tashkil qilingan "Yosh qutqaruvchi" tanlovida ishtirok etishdi.

♻️ Ular 10 kun davomida turli xil bosqichdagi musobaqalarda Ozarbayjon, Qozog'iston, Qirg'iziston, Turkiya, Pokiston kabi o'nga yaqin mamlakatlardan kelgan tanlov ishtirokchilari bilan bellashishdi.

⚡️Bu tanlovda Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining o'quvchilari - Shokirova Irodaxon, Normurotova Sabina, Anvarova Farzonalarning ham borligi bizni quvontirdi.

Telegram | Instagram |Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bizning_o'quvchilar

💫11-sinf o'quvchisi Shokirova Irodaxon musobaqaning 4-turida "Mening Vatanim - mening jamoam" nomli rasmi uchun faxrli 1-o'rinni qo'lga kiritdi hamda sertifikat va esdalik sovg'alar bilan taqdirlandi.

⚡️Shuningdek, 9-sinf o'quvchilari Normurotova Sabina va Anvarova Farzona badiiy chiqish jarayonida milliyligimizni yaqqol ko'rsatib berishdi.

💥 O'quvchilarimiz Ozarbayjonda Vatanimiz sharafini munosib himoya qildilar va sovg'a-salomlar bilan yurtimizga qaytib keldilar.
Ularning kelgusii ishlarida omad tilab qolamiz.

Telegram | Instagram |Facebook
#qabul_2023
#Ijod_maktablari

📣DIQQAT, E’LON 📣

📆 Ijod maktablarida ijodiy imtihonlar 11- iyul kuni boshlanadi!

📱Imtihon vaqti va manzili haqidagi ma’lumot talabgor tomonidan ariza.piima.uz saytiga kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma orqali ma’lum qilinadi.

❗️Ijod maktablariga saralash imtihonlari uch bosqichda bo‘lib, yo‘nalishlar bo‘yicha saralash imtihonlari quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

Ona tili yo‘nalishi bo‘yicha:
1️⃣-bosqich: ijodiy matn yaratish
2️⃣-bosqich: ijodiy suhbat
3️⃣-bosqich: test sinovi (ona tili va adabiyot, chet tili hamda intellektual qobiliyat darajasi (IQ)ni aniqlash bo‘yicha test).

Xorijiy til yo‘nalishi bo‘yicha:
1️⃣-bosqich: ijodiy matn yaratish
2️⃣-bosqich: ijodiy suhbat
3️⃣-bosqich: test sinov (chet tili, ona tili va adabiyot, IQ ni aniqlash bo‘yicha test).

Xorijiy til yo‘nalishida ijodiy imtihonlar xorijiy tilda o‘tkaziladi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM