Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
1.77K subscribers
9.72K photos
1.28K videos
92 files
3.71K links
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali

“Kelingiz yoshlar, ziyolilar bu kun g’ayrat qiling, Uxlaganlarni agar Qodir esak, uyg’otamiz”Qodiriy

@aqodiriyijodmaktabi_bot
Download Telegram
#LIVE

💫 Bitiruv oqshomida ota-onalar, o‘quvchilar, ustozlar va bir qator oliy ta'lim dargohidan tashrif buyurgan mehmonlar ishtirok etishmoqda. Bayram tadbirida ijod maktabi rahbari Hilola Nazirova bitiruvchilarni yana bir bor samimiy tarzda qutladi. 9-sinf bitiruvchilariga maktab ma'muriyati tomonidan esdalik sovg‘alar taqdim etildi.

💫Bitiruv oqshomi tobora qiziqarli tus olmoqda. O‘quvchilar turli badiiy chiqishlar bilan yig‘ilganlarga xush kayfiyat ulashishmoqda.
Forwarded from Dilafruz Qurbonova
⭐️ Кўрсатувдан сўнг, Абдулла Қодирий номидаги ижод мактаби директори, тарих фанлари бўйича фалсафа доктори Хилола Назирова бизларни мазкур мактабда бўлаётган, илк мактаб битирувчиларининг битирув кечаси оқшомига таклиф қилди.
Тўғриси, ёшларимизга берилаётган имкониятлар, шароитлардан кўзим қувонди. Мени ҳам Нафис саньат лицейида ўқиганларим, битирув оқшомим ёдимга тушиб кетди. Битирувчиларни табриклаб, Камолиддин Беҳзод номидаги Миллий рассомлик ва дизайн институтида ўқишга таклиф этдик ва келгусида ушбу мактаб билан илмий-амалий ҳамкорликни давом эттиришга келишиб олдик.
#Seminar_trening

🔴 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tashkil etilgan “Ta’limda boshqaruv” mavzusidagi seminar-treninglarga start berildi.

Mazkur tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri, Toshkent shahar, viloyatlar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarma boshliqlari, ularning o‘rinbosarlari hamda mas’ullar ishtirok etishmoqda.

❗️Tadbir avvalida Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova so’zga chiqib, bu kabi treninglarning ahamiyati hamda ta’limda boshqaruvning to’g’ri yo’lga qo’yilganligi naqadar muhimligi haqida so’z yuritdi.

⚡️ Shundan so’ng, seminar-treninglarning amaliy qismiga start berilib, vazir “motivatsion kouching”larni boshlab berdi.

Unda hududiy rahbarlarning ish faoliyatini yo’lga qo’yish, samarali boshqaruv tizimini shakllantirish kabi mavzularda so’z bordi.

📌 Kunning ikkinchi yarmida ishtirokchilar uchun sho’balarga bo’lingan holda seminar-treninglar bo’lib o’tadi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Xushxabar


⚡️Xabaringiz bor, Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida “Chig‘atoy gurungi” nomli musiqa to‘garagi faoliyat yuritadi. Go‘zal Mo‘minova va Zebo Yusupovalar rahbarligidagi mazkur to‘garakda 7-8- sinf o‘quvchi qizlari dutor yordamida musiqa sirlarini o'rganishmoqda.

✔️23-may kuni mazkur ansambl o‘zlarining navbatdagi mohirona ijrolarini “Raduga talantov” nomli xalqaro festivalga taqdim etib, onlayn tarzda ishtirok etishdi. Ushbu onlayn festivalda o‘nga yaqin nominatsiyalar bo‘lib, “Chig‘atoy gurungi” ansambli “Cholg‘u ijrochiligi” bo‘yicha qatnashishdi.

🎉 Ansambl tomonidan yuborilgan turkman milliy kuyi hisoblanmish “”Yelpazalandi” musiqiy ijro festival hakamlari tomonidan yuqori baholanib, I-darajali diplom bilan taqdirlandi.

💐Chig‘atoy gurungi” musiqa ansambli rahbarlari Go‘zal Mo‘minova va Zebo Yusupova hamda to‘garak a’zolarini ushbu yutuqlari bilan chin dildan muborakbod etamiz.
Doimo zafar yor bo‘lib, butun dunyoga “Chig‘atoy gurungi” nomi bilan jarang sochishlariga tilak bildiramiz.
#Zamin_Creative

❇️ Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida “Zamin Creative” ta’lim dasturi doirasida “Aktyorlik mahorati”, “Dizayn” va “Media savodxonlik” bo‘yicha to‘garaklar faoliyat yuritadi.

Mazkur mashg‘ulotlarda ijod maktabi o‘quvchilari Toshkent shahridagi 101,102, 106-maxsus (imkoniyati cheklangan bolalar) maktablari o‘quvchilari bilan birga ko‘nikmalarga ega bo‘lishadi.

⚡️Bugun “Zamin Creative”ning barcha yo‘nalish a’zolari yil davomida o‘rganganlari bo‘yicha hisobot darslarini o‘tkazishdi.

🔶“Dizayn” yo‘nalishi o‘quvchilari o‘zlarining “Upcycling” liboslar kolleksiyasini namoyish etishdi.

🔷“Media savodxonligi ” yo‘nalishi o‘quvchilari videorolik taqdim qiliishdi.

🔶“Aktyorlik mahorati” o‘quvchilari Antuan de Sent-Ekzyuperining “Kichkina shahzoda” asaridan parchani namoyish etishdi.

☑️Ushbu hisobot darslarida o‘quvchilar bilan birga ularning ota-onalari ham ishtirok etishdi. Tadbir so‘nggida Inklyuziv ijod studiyasi a’zolariga esdalik sovg‘alar taqdim etildi.