Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
1.77K subscribers
9.85K photos
1.29K videos
92 files
3.76K links
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali

“Kelingiz yoshlar, ziyolilar bu kun g’ayrat qiling, Uxlaganlarni agar Qodir esak, uyg’otamiz”Qodiriy

@aqodiriyijodmaktabi_bot
Download Telegram
#Sumalak_sayli

🌈Navro‘zning tansiq taomi bo‘lgan sumalakni xalqimiz qadim zamonlardan buyon tayyorlab kelishgan.

🌾Sumalak shifobaxsh taom bo‘lib, unda inson a’zolarida tez qonga va limfa suyuqliklariga so‘riladigan monoxorid bor. Uning oqsili ham juda nozik bo‘lib, azoyi badanimizdagi milliardcha hujayralar uchun eng yaxshi ozuqadir. Sumalakda S va Ye darmondorilari ko‘p bo‘lib, Ye darmondorisi erkaklarni naslsizlik kasali va ayollarni bevaqt homila tashlash ofatidan asraydi. Sumalak gipertoniya kasalligiga ham yaxshi davo bo‘lib, u qon tarkibini yaxshilaydi. Tomirlar toraygan bo‘lsa, qonni suyultiradi. Yana sumalak oshqozon va ichak ichki yo‘lini tozalaydi, uning faoliyatini kuchaytiradi. Kishining issig‘i ortib ketsa tenglaydi. Uyqusizlikdan forig‘ etadi, asablarni tinchlantiradi.

🌞Navro‘zning "shohona taomi"-sumalak tayyorlash, sumalakxo‘rlikka bag‘ishlangan "Sumalak sayli"ga marhabo!

Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram Facebook
#Sumalak_sayli
#Jarayon

⚡️Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida “Sumalak sayli” davom etmoqda.

💠Jamoani Navro‘z ayyomi bilan qutlash va sumalak bazmida ishtirok etish maqsadida Nazarbayev universiteti doktoranti Venessa Ozawa ham tashrif buyurdi. Sumalakni maroq bilan kovlarkan, “Millatingizning bu taomini juda qadrlayman. Sumalak kovlash kishiga bir olam zavq ulashadi”, dedi Vanessa xonim.

🌺Darslardan so‘ng ustozlar ham sumalak atrofiga yig‘ilib, samimiy suhbatni boshlashdi.
#Xorijiy_hamkorlik

ALEF RAQAMLI TA’LIM PLATFORMASI, BIG DATA, SUN’IY INTELLEKT TEXNOLOGIYALARI HAMDA YANGICHA BAHOLASH…

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova boshchiligidagi vazirlik delegatsiyasi Birlashgan Arab Amirliklarining Alef Education tashkiloti bosh ofisida bo‘lishdi.

Delagatsiya tashkilot Bosh direktori Jefri Alonso va kompaniya vakillari tomonidan kutib olindi.

❗️Uchrashuv avvalida Alef Education rahbariyati vazirlik delegatsiyasi uchun Alef raqamli ta’lim platformasining imkoniyatlari to‘g‘risida taqdimot qilishdi.

O‘zaro uchrashuvlar davomida:

▶️ Alef ta’lim platformasini O‘zbekistonda mahalliy sharoitga moslashtirilgan holda joriy etish,
▶️ katta hajmdagi ma’lumotlar (Big Data) va sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalangan holda ta’lim boshqaruvida eng optimal qaror qabul qilish bo‘yicha Respublikamiz hududida tajriba-sinov loyihasini ishga tushirish,
▶️ formativ va summativ baholash mexanizmini yo‘lga qo‘yish kabi yo‘nalishlarda yaqindan hamkorlik qilish masalalari muhokama qilindi.
___
Alif raqamli ta’lim platformasi nima?

Mazkur platforma:

🔹 o‘quvchilar bilimini baholash,
🔹 pedagoglar faoliyatini o‘quvchilar bilimiga asoslangan holda katta hajmdagi ma’lumotlar (Big Data) va sun’iy intellekt yordamida baholab borish,
🔹o‘quvchilarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarini tizimdagi ma’lumotlar tahlili asosida prognozlash,
🔹 arab tilini chet tili sifatida o‘qitish hamda STEAM yo‘nalishidagi ta’limni onlayn platforma yordamida yo‘lga qo‘yish kabi imkoniyatlarga ega platforma
hisoblanadi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube
#Sumalak

🔷Bugun tongda pishgan sumalak o‘quvchilarga nonushta bilan birgalikda tortiq etildi.

💠Ushbu shifobaxsh ne’matdan jamoa bilan birgalikda Navro‘z sayliga tashrif buyurgan mehmonlar, ota-onalar ham bahramand bo‘lishdi.

Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram Facebook