Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
1.78K subscribers
9.76K photos
1.28K videos
92 files
3.72K links
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali

“Kelingiz yoshlar, ziyolilar bu kun g’ayrat qiling, Uxlaganlarni agar Qodir esak, uyg’otamiz”Qodiriy

@aqodiriyijodmaktabi_bot
Download Telegram
#tashrif #eco_union #abdulla_qodiriy

ABDULLA QODIRIY NOMIDAGI IJOD MAKTABIGA TASHRIF

🖇️Bugun, 13-mart sanasida ECO-UNION jamoasi Toshkent shahrida joylashgan Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi taklifiga binoan ushbu ta'lim muassasasiga tashrif uyushtirdi.

📌Tashrif davomida ECO-UNION jamoasi o'z faoliyati haqida maktab o'quvchilariga ma'lumot berdi va kelgusidagi ishlar haqida kelishib oldi. Taqdimotdan so'ng jamoamiz uchun maktab bo'ylab kampus tur uyushtirildi.

-----

ВИЗИТ В ШКОЛУ ТВОРЧЕСТВА ИМЕНИ АБДУЛЛА КАДЫРИ

🖇️Сегодня, 13 марта, команда ECO-UNION по приглашению школы творчества имени Абдулла Кадыри, расположенной в городе Ташкент, организовала визит в это учебное заведение.

📌Во время визита команда ECO-UNION предоставила информацию о своей деятельности школьникам и договорилась о дальнейшей работе. После презентации для нашей команды был организован кампус-тур по школе.

Telegram | Instagram
#Ijod_gulshani

Hamid Olimjon she'riga nazira

"Shag'irlaydi betinim daryo
Shag'irlaydi vahm to'lgan jar"
Yurak sirin ochganday go'yo,
Oy ham bugun menga yaltirar.

Holbuki tun ololsa dardim
Holbuki tun taskin bersaydi
Xayollardan bor faqat qasdim
Borlig'imda jisming yashaydi.

Ko'zni tikdim mitti yulduzga
Balki, u ham sirlarga guvoh,
Hech to'xtamay biz yo'limizda
Davom etsak bo'lurmu gunoh?

Yana davom etmoqda jimlik
Sho'ng'ib ketdim cheksiz orzuga,
Biz ham bir kun o'ynagan edik
Shu sokin tun "madh etgan" kuyga.

"Shag'irlaydi osmon va havo
Shag'irlaydi butun koinot"
Bizda hamon yangraydi navo,
"Raqs tushishdan" to'xtamas hayot.

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining 10-"B" sinf o'quvchisi Bobomurodova Maftuna

Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram Facebook
#Turk_tilida_yozilgan_she'r
#Ijod_gulshani

Üzülmene asla varmessin izin

Ağla göz yaşlarin olacak deniz,
Bağir denizlarde uyanir dalga.
Yaşamak olurmu hayatta sansiz,
"Seni çok severim"derim kandima.

Ban beni sevmezsam olurmu hayat,
Kiz buyur ökuyup sonra evlenir.
Beni benim gibi severmi damat,
Hem önlar bam-başka gençtir eğlenir.

Ök yaydan çikmiştir zamanlar geçer,
Kaderdir olurmuş her turlu durum.
Evin yaşlilari bana böyle der,
Hayat sinavlarina vardir bir yörum.

Belki yökdur bizde afilli aşklar,
Geçecek rüzgardir peşini birak.
Üzülmene asla varmezsin izin,
San bir el olursan,onlar bir tirnak.

San bir el olursan onlar bir tirnak...

Abdulla Qodiriy ijod maktabining 9"A"sinf oʻquvchisi Abdugʻaniyeva Komila
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#KUN_HIKMATI

⚡️Kitob o‘qigan inson o‘limidan oldin minglab hayotlarni yashaydi, o‘qimagan kishi birgina hayotni boshdan kechiradi.

© Jorj Martin

Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram Facebook
#BILASIZMI?

Dunyodagi eng baland kutubxona Shanxayda, Marriott mehmonxonasida, taxminan 230 metr balandlikda joylashgan. Kutubxona mehmonxonaning 60-qavatida (230,9 metr) joylashgan boʻlib, Ginnesning rekordlar kitobidan dunyodagi eng baland kutubxona sifatida joy olgan.

⌨️ Kutubxonaga kirish uchun mehmonxona nomeridagi elektron kartochkadan foydalaniladi.

📚Unda xitoy va ingliz tillarida adabiyot, falsafa, tarix kabi turli mavzulardagi 2000 dan ortiq kitoblar mavjud.

Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram Facebook
#Tanlov_natijalari

🔶🔶🔶Xabaringiz bor, Ayollar bayrami munosabati bilan “Eng yaxshi bahor allegoriyasi” tanlovini e’lon qilgandik.

🏆Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi 8-B sinf o’quvchisi Yusupaliyeva Marg’ubaning chizgan suratlari tanlovga topshirilgan ijodiy ishlar orasida eng yaxshisi deb topildi.

💫Marg’ubani g’olibalik bilan tabriklab, ijodida ulkan parvozlar tilab qolamiz.

Suratlarda g'olib o‘quvchimizning ijodiy ishlari

Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram Facebook
#nasr
#όquvchilar_ijodidan

💠💠💠
Kitob javonlari orasidagi yo'lakda, kitoblarga ko'milgan holda bir bola kitob o'qib o'tiribdi. Istarasi issiq, bir qarashda tarbiyali oila farzandi ekanini bilish qiyin emas. Lekin yuzida qandaydir g'am bor. Ko'zlari atrofidagi insonlarga tik boqishga qo'rqadi. Har qarashda insonlar nigohidan olib qochiladi ul ko'zlar. O'zini negadir aybdordek his qiladi. Nafas ololmay qoladi. Bo'g'iladi. Kitoblarni yopadi. Va asta nigohini yopilgan kitoblardan uzib, atrofga qaratadi. Xuddi gunoh qilib qo'ygandek darrov devorga boshini suyab ko'zlarini yumadi, chuqur xo'rsinadi. Va.. va keyin javonlar orqasiga "yashirib" qo'ygan bir juft qo'ltiqtayoqlarini oladi. Insonlarning rahmi kelmasin deya, hech qanday qiyinchiliklarsiz turishga harakat qiladi. Uddalaydi ham.. Nigohini atrofdagi o'z tengdoshlaridan yashirish uchun kepkasini "bostirib" kiyib oladi. Kitoblarni kutubxonachiga topshiradida, bir oyoq bilan qo'ltiqtayoqda yurayotganini ham bildirmay, tezda, sassiz qadamlar bilan zalni tark etadi.. O'sha paytda "Bu inson nega odamlardan ko'zini olib qochyapdi?", "Nima dardi bor bu insonni?", "Nega buncha g'amgin?" degan o'ylaring bir onda tarqab, yuzingda hayrat ifodasi qotib qoladi. "Nimadir" his qilishga ojiz bo'lib qoladi bu qalbing. Nigohing uzoq vaqt bir nuqtaga tikilgancha qotib qoladi.. xuddi, hayollaring kabi.. Birdan hayotga qaytgandek, hammasini eslay boshlaysan. O'tirgan stolingdan otilib turib, qo'lingdagi kitobni kutubxonachiga topshirasan-u kartangni olishni ham unutib, shoshib zinalardan pastga yugurasan.. Shu onda to'xtaysan. "Nega yuguryapsan?", "Nima uchun?", "Tasalli berasanmi?", "Nima o'zgaradi?", "Nimadir qila olasanmi u inson uchun?",- degan savollar miyangga uradi. Shashtsiz ortingga qaytasan. Atrofingga qaraysan. Hamma o'z ishi bilan bandligini ko'rasan.. xo'rsinasan.. "Nima uchun insonlardan qochyapdi? Baribir, hech kim e'tibor bermagan ekan shuncha payt, nega qo'rqdi?",- deysan o'zingga-o'zing. Shu tobda insonlarning ichki olamiga qiziqishing ustunlik qilib, kutubxonachi ayolning stoli ustiga haligina o'sha inson tomonidan qo'yib ketilgan kitoblarni olasan.. Odamlardan qochish maqsadida, bir burchakka, javonlar orasiga borib o'tirasan.. Ko'zoynagingni taqib, birinchi kitobni ochib ko'rasan.. Ruhiyatga doir.. Mundarijani ochib, haligi savollaringga javob olish maqsadida o'zinga kerakli sahifani ochasan. O'qiysan.. Ushbu sahifada qanday qilib "hayotga qaytish" haqida yozilgan, psixologlar tomonidan maslahatlar berilgan, turli xil mashqlar o'rgatilgan. Keyingi betini ochasan. Kitob varog'i nam.. quriy deb qolgan bo'lsada, baribir varoqda dog' qolgan.. ko'z yoshlar..
Shu tobda ko'zoynaging orasidan ikki tomchi yosh yumalab tushadi. Faqat endi kitoblarga emas.. kitoblar o'sha paytda seni ko'z yoshlaringni ko'taradigan ahvolda emasdi.. Sen olishingdan oldin ularga "kimdir" o'z hikoyasini bayon qilib bo'lgandi..

✏️Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi 10-“B” sinf o’quvchisi Usmonova Asila

Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram Facebook
#ijodiy_uchrashuv
#mahorat_darsi

📝Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida Zulfiyaxonim mukofoti sovrindori , O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining a`zosi Guljamol Asqarova bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

✒️Tadbirda shoira she’rda so‘z qo‘llash san’ati haqida tavsiyalar berish barobarida ilk mukofot olgan damlarini va ustozlarini xotirladi.
⚡️O‘quvchilar bilan tarbiya, ota-ona , Vatan kabi mavzular xususida fikrlar almashildi.

🎯Yosh avlod shoiramiz ijodi bilan yaqindan tanishib, o’zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi. Uchrashuv barchada iliq taassurot qoldirdi.

Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram Facebook
Forwarded from Guljamol Asqarova
Абдулла Қодирий номидаги ижод мактабидаги ўқувчи ёшларни кўриб нурланиб, руҳланиб қайтдим.

Жадидларимиз руҳи ва илоҳий бир шукуҳ ҳис этдим у даргоҳда.

Таклиф ва учрашув учун мактаб раҳбари Ҳилолахоним ва жамоасига ташаккур изҳор этаман.

Зиёрат қилгандек руҳим ёришди🙏


https://t.iss.one/Guljamol_Asqarova
IT Park University'da hujjatlarni qabul qilish boshlandi!

🤩 3 yil ichida IT sohasi bo’yicha oliy ma’lumotga ega bo’ling. Eng yaxshi talabalar Yevropa va AQShda amaliyot o‘taydilar, shuningdek, IT-mahsulotlarni ishlab chiqish bo‘yicha jahon yetakchilaridan biri bo‘lgan EPAM kompaniyasidan ish takliflarini oladilar.

❗️Barchani 17-mart soat 16:00 da «Qanday qilib IT Park University talabasi bo'lish mumkin?» nomli vebinarimizga taklif etamiz.

Universitet haqida batafsil ma’lumot
🤖 @itpu_bot
☎️ +998(55) 503-99-99
Ta'lim reklamasi
Abituriyentlar uchun 85 ta GRANT oʻrinlar qoldi - IDU

IDU - International Digital University
(Xalqaro Raqamli Universitet) 90% grantda oʻqishni taklif etadi.

📥Hujjatlar 30-martga qadar onlayn tarzda internet manzili orqali qabul qilinadi.

🎲 Universitetga kirish imtihoni 1-aprel kuni bo‘lib o‘tadi.

Fursatni qo'ldan boy bermang!

Xalqaro diplom;
- 21-asrning eng talabgir yo'nalishlar sizni kutmoqda.

🔗Batafsil maʼlumot

Telegram | Instagram