#Olimpiada
🔰Joriy yilning 3-9-noyabr kunlari respublika hududlarida umumiy o‘rta ta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar maktablarining o‘quvchilari o‘rtasida matematika, fizika, kimyo, biologiya, informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan asosiy olimpiadaning uchinchi (viloyat) bosqichi bo‘lib o‘tadi.
Ushbu olimpiadalarda respublika bo‘yicha jami 15 937 nafar o‘quvchilar ishtirok etishi rejalashtirilgan. Shulardan 10 053 nafari Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarning 9-, 10-, 11-sinf o‘quvchilarini tashkil etadi.
📌Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi 562-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga ko‘ra, asosiy olimpiadaning uchinchi (viloyat) bosqichida Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar tomonidan tavsiya etilgan 3 nafargacha o‘quvchilar to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishtirok etishlari belgilangan.
👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube

#olimpiada
🏆 O'QUVCHIMIZ "REGISTON FAN OLIMPIADASI" g'olibi
Xabaringiz bor,
"Registon" o'quv markazi Uchtepa Akademiyasi filiali, Uchtepa Xalq ta'limi bo'limi bilan hamkorlikda sovrin jamgʻarmasi jami 50 000 000 soʻm boʻlgan Registon Fan Olimpiadasiga start berilgan edi.
Bugun bo'lib o'tgan ushbu olimpiadada respublikamizdagi 6-sinfdan 11- sinfgacha boʻlgan bilimga chanqoq yoshlar ishtirok etishdi.
Zukko yoshlar qatorida Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining 8-"A" sinf o‘quvchisi Hurramova Mohinur ham tarix fani bo'yicha ishtirok etib, faxrli II o'rinni egalladi va unga tashkilotchilar tomonidan 500 000 so'mlik vaucher taqdim etildi.
Mohinur, g'alaba muborak bo‘lsin!