Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
1.87K subscribers
9.91K photos
1.29K videos
93 files
3.77K links
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali

“Kelingiz yoshlar, ziyolilar bu kun g’ayrat qiling, Uxlaganlarni agar Qodir esak, uyg’otamiz”Qodiriy

@aqodiriyijodmaktabi_bot
Download Telegram
#Kun_nafasi
#Xalqaro_muzeylar_kuni

❇️ 18-may-Xalqaro muzeylar kuni munosabati bilan Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari O‘zbek romanchiligining asoschisi, vatanparvar adib Abdulla Qodiriy xotirasiga ehtirom ko‘rsatish, milliy adabiyot rivojiga qo‘shgan beqiyos hissasini ulug‘lash maqsadida Abdulla Qodiriy muzeyiga tashrif buyurishdi.

Muzeydagi sayohat davomida taniqli rassom Baxtiyor To'rayev tomonidan qumda chizilgan "O'tgan kunlar yodi" animatsiyasi o'quvchilarda katta qiziqish va hayrat tuyg'usini uyg'otdi.

Telegram| Facebook| Veb-sayt| You Tube
#Kun_nafasi

❇️ Prezident ta'lim muassasalari agentligi tasarrufidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi o'quvchilari 18-may - Xalqaro muzeylar kuniga bag'ishlangan ko'rgazmada qatnashdilar.

Suratda Oʻzbekiston badiiy akademiyasining markaziy ko'zgazmalar zalida uyushtirilgan sayohatdan lavhalar aks etgan.

Telegram| Facebook| Veb-sayt| You Tube
#Kun_nafasi
#Kitob_va_kitobxonlik

❇️ Prezident ta'lim muassasalari agentligi tasarrufidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida 2022-yil 19-may kuni soat 14:00 da O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamkorligida "Kitob va kitobxonlik" loyihasi doirasida "Zulfiyaxonim qizlari o'quvchilar davrasida" mavzusida kitobxonlik tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda shoira Nargiza Asadova boshchiligida "Zulfiya" mukofoti sovrindorlari, ijod maktabi o'qituvchilari hamda o'quvchilar ishtirok etdilar.

Kitob eng yaqin do'stimizdir. U bergan bilim kelajak yo'llarimizda mayoq vazifasini o'taydi. Tadbir yosh qalamkashlarda ulkan taassurotlar qoldirdi.

❇️ Tadbir ommaviy axborot vositalarida, xususan, "Mahalla" telekanalida yoritildi.

Telegram| Facebook| Veb-sayt| You Tube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Men_jurnalistman
#Maktabimiz_haqida
#Ochiq_eshiklar_kuni

❇️ Prezident ta'lim muassasalari agentligi tasarrufidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida adabiyotga, san'atning turli yo'nalishlariga va, albatta, jurnalistlikka qiziquvchi yoshlar talaygina.

❇️ 2022-2023-o'quv yilida Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabiga imtihon topshirish niyatida bo'lgan o'quvchilarga ma'lumot berish maqsadida 8-sinf o'quvchisi Azizova Madina tomonidan tayyorlangan lavhani tomosha qiling!

Telegram| Facebook|Veb-sayt| You Tube
#Kun_nafasi

❇️ Prezident ta'lim muassasalari agentligi tasarrufidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining 7-"A" va 7-"B" sinf o‘quvchilari O‘zbekiston Davlat konservatoriyasiga sayohat qilishdi. Konservatoriya o‘qituvchilari va talabalari ijrosida opera va ariyalardan parchalar tinglashdi. Konsert dasturlaridan lavhalar kuzatishdi.

❇️ San'at bor ekan dunyo go'zallashaveradi. Yosh avlodni adabiyotga, san'atga muhabbat bilan tarbiyalash asosiy vazifamizdir.

Telegram| Facebook| Veb-sayt| You Tube
#Tanlov_natijasi

❇️ Prezident ta’lim muassasalari agentligi hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi bilan hamkorlikda agentlik tizimidagi ta’lim muassasalari o‘quvchilari va talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan “Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik!” hamda “Mening Prezidentim - mening faxrim” mavzularida ijodiy ishlar tanlovi nihoyasiga yetdi.

Ma'lumot o'rnida, tanlovning 1-bosqichi joriy yilning 15-aprelidan 5-mayiga qadar bo'lib o'tdi va mazkur bosqichdan muvaffaqiyatli o'tgan 27 ta eng yaxshi ijodiy ish 2-bosqichda Hakamlar hay'atiga taqdim etildi.

❇️ Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining 10-sinf o'quvchisi Xudoyberdiyev Jamshid "Eng yaxshi she'r muallifi" yo'nalishi bo'yicha 3-o'rinni egalladi.

Telegram| Facebook| Veb-sayt| You Tube
#Kun_nafasi
#Sõnggi_qõngiroq
#Bitiruvchi_2022

🔔 Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida "Abdulla Qodiriy dilbandlariga oq yo'l" nomli soʻnggi qoʻngʻiroq tadbiri boʻlib oʻtdi.

Mazkur tadbirda Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi direktori B.Bekov, O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi Boymurodov Alisher, hamkor tashkilot rahbarlari, o'quvchilarning ota-onalari, ustozlar hamda barcha sinf o'quvchilari ishtirok etdi.

Tadbirda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tabrigi o'qib eshittirildi. Xususan, tabrikda shunday deyilgan:

“Qadrli maktab bitiruvchilari!

Sizlarni maktab taʼlimini muvaffaqiyatli tugatib, mustaqil hayotga – umringizning yanada goʻzal va masʼuliyatli bosqichiga qadam qoʻyayotganingiz bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman.

Mamlakatimizdagi barcha umumtaʼlim dargohlarida “soʻnggi qoʻngʻiroq”lar yangrab, qadrdon maktabingiz, mehribon ustozlaringiz bilan xayrlashuv tadbirlari oʻtkazilayotgan ushbu quvonchli va gʻoyat hayajonli damlarda hammangizga kelgusi hayotda ulkan yutuq va omadlar tilayman.

Umid va ishonch ramzi boʻlgan yetuklik shahodatnomalari barchangizga muborak boʻlsin!

Hech qachon unutmang, kelajakda sizni yanada ulkan va masʼuliyatli marralar kutmoqda. Oldingizga aniq maqsad qoʻyib, bor kuch-gʻayratingiz, bilim va salohiyatingiz bilan harakat qilsangiz, koʻzlagan choʻqqilarga albatta erishasiz.

Baxt va omad hamisha hamrohingiz boʻlsin, aziz oʻgʻil-qizlarim!
 
Shavkat MIRZIYOYEV,
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti”

❇️ O'quvchilar tomonidan ustozlarni ulug'lovchi qo'shiqlar hamda she'rlar ijro etildi.

🔅 Tadbir soʻngida maktabning faol o'qituvchilari, iqtidorli oʻquvchilar va ularning ota-onalari faxriy yorliqlar va tashakkurnomalar taqdirlandi.

Veb-sayt | Telegram | Facebook | YouTube
***

"So'nggi qo'ng'iroq" tadbiridan lavhalar