Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
1.77K subscribers
9.72K photos
1.27K videos
92 files
3.71K links
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali

“Kelingiz yoshlar, ziyolilar bu kun g’ayrat qiling, Uxlaganlarni agar Qodir esak, uyg’otamiz”Qodiriy

@aqodiriyijodmaktabi_bot
Download Telegram
#Kun_nafasi
#monitoring

Prezident ta'lim muassasalari agentligi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida 7-8-9-10-sinf o'quvchilari o'rtasida ijtimoy (7-8-9-sinflar) va aniq (10-sinflar) fanlardan monitoring test o'tkazildi.

Natijalari bugunning oʻzida e'lon qilindi.

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi axborot xizmati

https://t.iss.one/qodiriy_abdulla
#Kun_nafasi
#Kõklam_ilhomlari

❇️Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi pedagog-xodimlari O'zbekiston Davlat drama teatrida bo'lib qaytdilar.

2022-yilning 12-mart kuni klassik san'at namoyondasi Shekspirning mashhur tragediyalaridan biri "Rameo va Juletta" sahnalashtirildi va tomoshabinlarga taqdim etildi.

Sahna asari tomoshabinlarda kuchli taassurot qoldirdi. Asrlar davomida o'z ahamiyatini yo'qotmagan asarlarni tomosha qilish har bir san'at ixlosmandi uchun manfaatlidir
.

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi axborot xizmati
#Kõklam_ilhomlari
#Yangi_nafas

Teskari she’r

Kirib keldi kuzga hayotim,
Duv to‘kildi barglardan daraxt.
Yuraklandi chalajon titroq,
Olib ketdi shamollarni baxt.

Jismlandi bechora olov,
Yonib ketdi muzlayotgan kul.
Kul o‘rnini qopladi xazon,
U aylandi yurakka butkul.

Dard ichiga to‘lib ketdi qalb,
Chidolmayin ruhlandi siniq.
"Ishq" so‘zini bosib qoldi chang,
Yarqiradi xayolot tiniq.

Erta tongda botmoqda quyosh...

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi o'quvchisi Abdulakimova Gulsanam


Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
Forwarded from AOKA - Rasmiy kanali
📢 «Ассалом, Наврўз — янгиланиш, меҳр-оқибат ва қадр-қиммат айёми!» шиори остида ТАНЛОВ эълон қилинди!

〰️〰️〰️
Ташкилотчилар?

Ахборот ва оммавий коммуникациялар агентлиги
Ёшлар ишлари агентлиги
Ўзбекистон электрон оммавий ахборот воситалари миллий ассоциацияси

〰️〰️〰️
Танлов номинациялари?

«Энг яхши ижтимоий ролик»
«Энг яхши шеър ижроси» (видео материал шаклида)
«Энг яхши фотосуратлар»

〰️〰️〰️
Кимлар қатанашиши мумкин?

14 ёшдан 30 ёшгача бўлган Ўзбекистон фуқаролари

〰️〰️〰️
Талаблар?

ижтимоий ролик ва шеър ижролари 3-5 дақиқадан ошмаслиги, FullHD (1920х1080) форматида бўлиши

фотосуратлар 5 тадан кам бўлмаслиги, 4Мп (2272х1704) дан катта бўлиши керак

〰️〰️〰️
Ижодий ишларни қаерга ва қачонгача жўнатиш керак?

Тақдим этиладиган ишлар @Navruz2022_tanlov_bot телеграм-боти орқали 2022 йил 25 мартгача қабул қилинади.

〰️〰️〰️
Ижодий ишлар қандай мезонлар асосида баҳоланади? Пул мукофотларининг миқдори қанча?

БАТАФСИЛ
_________________

https://t.iss.one/aoka_uz
#Faxrimiz
#Zulfiyaxonim_107_yoshda

Prezident ta'lim muassasalari agentligi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining 10-sinf o'quvchisi Sa'dullayeva Zahroxon ijod maktablari o'rtasida o'tkazilgan "O'zbegim Zulfiyasi" tanlovining nazm yo'nalishi bo'yicha qatnashib 3-o'rinni egallaganligi uchun taqdirlandi


Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi axborot xizmati
#Ijodiy_uchrashuv

Prezident ta'lim muassasalari agentligi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida 17-mart soat 15:00 da O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, "Nastarin", "Atalgan kunlar", "Müjde", "Hêlva" (Turkiya) nomli kitoblar muallifi Nargiza Asadova bilan ijodiy uchrashuv bo'lib o'tadi


Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi axborot xizmati
#Kõklam_ilhomlari

Bulutlar koʻz yoshi

Uyga men zoʻrgʻa keldim,
Usti boshim shalabbo.
Ammo, biroz dardimni
Aritti ezgu samo.

Bugun mening oʻrnimda
Yigʻlar osmon-u falak.
Qayrilgan qanotimga
Malham surtgin, ey malak.

Chakkamdan ham yuzimga
Yomgʻir tushsa tomchilab,
Hatto, quyosh bulutni
Irgʻitolmas qamchilab.

Falakda misli pari
Koʻz yosh toʻkadi tinmay.
U yoshin toʻkkan sari
Olam yashnatar bilmay.

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining 8-"A" sinf oʻquvchisi Abdugʻaniyeva Komila
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi