Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
1.91K subscribers
9.89K photos
1.29K videos
92 files
3.77K links
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali

“Kelingiz yoshlar, ziyolilar bu kun g’ayrat qiling, Uxlaganlarni agar Qodir esak, uyg’otamiz”Qodiriy

@aqodiriyijodmaktabi_bot
Download Telegram
#Kun_nafasi
#Tõgaraklar

Prezident ta'lim muassasalari agentligi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida tashkil etilgan "Tasviriy va raqamli san'at" to'garagidan lavhalar

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
#Kõklam_ilhomlari

Seni sogʻindim bahor

Koʻzim ochirmasa dunyo tashvishi,
Qalbimni ogʻritsa gʻiybatchi kishi.
Endi qiziqtirmas uning har ishi,
Men seni juda ham sogʻindim, bahor.

Yuzlarimni silab essa bir shamol,
Meni oʻrab olar shirin oʻy-xayol.
Boshimda hilpirar bir shoyi roʻmol,
Men seni juda ham sogʻindim, bahor.

Kelishing eshitgach yorishdi bu dil,
Zavq-u shavqqa toʻlib yayraydi koʻngil.
Ey dardu alamlar, shu onda soʻngil,
Men seni juda ham sogʻindim, bahor.

Daraxtlar burkanar gul-u chechakka,
Bahorim, oʻxshaysan sen kelinchakka.
Goh mehrim ulugʻdir shu boychechakka,
Men seni juda ham sogʻindim, bahor.

Koʻnglim ochib kuylay qaldirgʻoch misol,
Ey bahor, yaqindir bizning shu visol.
Aytgil, qalbimdasan begʻubor inson,
Men seni juda ham sogʻindim, bahor.

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining 8-"A" sinf oʻquvchisi Abdugʻaniyeva Komila
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
#Kun_nafasi
#8_mart_Xalqaro_ayollar_bayrami

Ayol

Bahor doim Sizlarga sirdosh,
Tongdan qutlar Sizlarni quyosh.
Mehringizdan quvnaydi gullar,
Ishqingizda sayrar bulbullar.

Tabiat lol, farishtaginam,
Zarracha yoʻq yurakda gʻubor.
Doim guldek sarishtaginam,
Hayo-ibo, muhabbat bisyor.

Koʻrkam dunyo xilqati- Ayol,
Iforli dil topmasin zavol.
Sadoqatda bebaho timsol,
Moʻtabarsiz, azizsiz- Ayol.

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi o'quvchisi Guliraʼno Anvarova


Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kun_nafasi
#8_mart_Xalqaro_xotin_qizlar_bayrami

Prezident ta'lim muassasalari agentligi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi 7-"A" sinf o'quvchilari Xurramova Mohinur va Farhodova Rayxona tayyorladi


Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
#Mahorat_darsi
#Online_uchrashuv

❇️Prezident ta'lim muassasalari agentligi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida 2022-yil 10-mart kuni soat 15:00 da O'zbekiston Jurnalistlari Uyushmasi a'zosi, O'zbekiston Yozuvchilar Uyushmasi a'zosi Rahimboy Jumaniyozov ishtirokidagi "Kasbiy faoliyatda ta'lim va tarbiya. Muloqot va muomala jarayonida nutq madaniyati va notiqlik san'atining o'rni" mavzusida bo'lib o'tadigan mahorat darsiga barcha ijod maktablarining 10-11-sinf o'quvchilarini taklif etamiz


Ijod maktablari uchun Zoom platformasi linki uzatiladi

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
Audio
#Audio_mutolaa

Alisher Navoiy

📕 "Lison ut-tayr" (Sen meni anglar boʻlsang...)

🎙Madina AZIZOVA
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining 8-"A" sinf oʻquvchisi

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
👩‍💻👩‍💼Raqamli avlod qizlari 2022

✔️IT sohasiga qiziquvchi qizlarning loyihalarini qo'llab-quvvatlashga qaratilgan "Raqamli avlod qizlari-2022" IT oromgohi o'z nihoyasiga yetdi.

Oromgohda ishtirok etish uchun 1500 dan ziyod arizalar kelib tushdi, saralash jarayonlari yakuniga ko'ra 60 nafar qiz offlayn darslarda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo'ldi.

5 kun davomida ishtirokchilar 5 ta yo'nalish bo'yicha tajribali mentorlarning darslarida ishtirok etishdi. Umid qilamizki, bu yerda o'rgangan bilimlari ularning kelajakdagi faoliyatida ham foydali bo'ladi.

⚡️Shu o'rinda mazkur IT oromgohini tashkil etishda yaqindan ko'mak bergan barcha tashkilotchilarga, xususan Prezident ta'lim muassasalari agentligi, Oliy Majlis huzuridagi Jamoat Fondiga o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz.

#Digital_generation_ladies
____
Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Online_uchrashuv
#Mahorat_darsi

Prezident ta'lim muassasalari agentligi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida O‘zbekiston Jurnalistlari uyushmasi a'zosi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi Rahimboy Jumaniyozov ishtirokidagi "Kasbiy faoliyatda ta'lim va tarbiya. Muloqot va muomala jarayonida nutq madaniyati va notiqlik san'atining o‘rni" mavzusida ZOOM platformasi orqali mahorat darsi bo'lib o'tdi. Unda barcha ijod maktablarining rahbariyati, pedagog-xodimlari hamda Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi o'quvchilari ishtirok etdi.


Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
#Yashil_makon

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida "Yashil makon" loyihasi amalga oshirilmoqda


Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
#Kun_nafasi
#monitoring

Prezident ta'lim muassasalari agentligi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida 7-8-9-10-sinf o'quvchilari o'rtasida ijtimoy (7-8-9-sinflar) va aniq (10-sinflar) fanlardan monitoring test o'tkazildi.

Natijalari bugunning oʻzida e'lon qilindi.

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi axborot xizmati

https://t.iss.one/qodiriy_abdulla