Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
1.85K subscribers
10.1K photos
1.3K videos
93 files
3.81K links
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi. “Bizga jadid bobolarimiz kabi g’arb ilm-fani yutuqlari bilan birga milliy qadriyatlar ruhida tarbiya topgan yetuk kadrlar suv bilan havodek zarur” Sh.Mirziyoyev
🗳️ Online qabulxona: @aqodiriyijodmaktabi_bot
Download Telegram
#Bahorning_birinchi_kuni
#Kõklam_ilhomlari

Hayot

Sensan naqadar goʻzal,
Boldan yaralgan onlar.
Totisang qand-u asal,
Har bir kuzatgan damlar.

Boqib koʻzing quvonar,
Olam shodliklaridan,
Toʻyib, toʻyib dil yayrar,
Baxtli hayot zavqidan.

Joʻshqin borliq taftiga,
Koʻz tegmasin hech qachon.
Inson yetsin ahdiga,
Murod ila baxtiga.

Dunyo

Dunyo bu- yorugʻ olam,
Insonga boʻlar malham.
Nafis, zarrin nurlari,
Yetaklar samoga ham.

Shaffof sarchashmalari,
Yashnatadi dunyoni.
Mehri doim siylaydi,
Farzandi-yu mehmonni.

Tashvishi doim shirin,
Yugurasiz, yelasiz.
Hayotdek asal, mayin,
Sezmayin unutasiz.

Dunyo ishlari qiziq,
Chegarasi yoʻq tuzuk.
Charchamaysiz, tolmatsiz,
Hech orqada qolmaysiz.

Qaytmoqda bahor

Kuzda ketgan turnalar,
Yurtga qaytdilar yana.
Gʻoz-u oʻrdak, maynalar,
Samo quchmoqda mana.

Charx urib parvozida,
Kuy taratar sozida.
Doʻstlar bilan shoʻx-shodon,
Davra tuzmoqda shu on.

Bahor iforli tafti,
Yayratmoqda dillarni.
Mayin shabboda ahdi,
Qutlamoqdir ellarni.

Lolazor

Qir adirda chamanzor,
Yashnagan gul, lolazor.
Qirmizi alvon gulga,
Talpinar dil intizor.

Koʻrib quvnaydi koʻzlar,
Taʼrifga loldir soʻzlar.
Toʻshalgan yashil gilam,
Bezanga gul-la shinam.

Kapalaklar yayragan,
Qushlarjon shoʻx sayragan.
Poylab uchar bedona,
Gulzorni qilmay begona.

Mislsiz chamanzorlar,
Tutashgan samolarga.
Ifor bilan lim toʻla,
Musaffo havolarga.

✍️ Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi o'quvchisi Guliraʼno Anvarova Azizjon qizi
#Kõklam_ilhomlari
#Zulfiya_107_yilligi

Sogʻinganda

Sogʻinganda izlab bir nishon,
Yoningizga olar edim yoʻl.
Koʻksingizga qoʻyib bir bor bosh,
Yuragingiz nolasin tinglab.
Koʻzlarimda tomchi-tomchi yosh,
Dardingizni tingladim bugun.
Bagʻru dil qon,qalbimdir vayron,
Togʻlar bardosh berolmas nechun?!

Sabrligim sizdir otajon...

Abdulla Qodiriy ijod maktabining 8-"A" sinf oʻquvchisi Abdugʻaniyeva Komila

(Zulfiya "Koʻrganmiding koʻzlarimda yosh" she'ridan ta'sirlanib)