Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
4.14K subscribers
10.4K photos
1.33K videos
93 files
3.89K links
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi. “Bizga jadid bobolarimiz kabi g’arb ilm-fani yutuqlari bilan birga milliy qadriyatlar ruhida tarbiya topgan yetuk kadrlar suv bilan havodek zarur” Sh.Mirziyoyev
🗳️ Online qabulxona: @aqodiriyijodmaktabi_bot
Download Telegram
#kun_nafasi
#mahorat_darsi

Prezident ta'lim muassasalari agentligi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi hamda O'zbekiston Yozuvchilar Uyushmasi hamkorligida Yozuvchilar Uyushmasi a'zosi, shoir G'ayrat Majid ishtirokida "O'zbek va jahon bolalar adabiyotini qiyosiy o'rganish" mavzusida "Mahorat darsi" bo'lib o'tdi
.

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
#mahorat_darsi

Prezident ta'lim muassasalari agentligi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida Toshkent davlat yuridik universiteti umumta’lim fanlari va madaniyat kafedrasi dotsenti, filologiya fanlar nomzodi, adabiyotshunos Qo‘chqorov Raxmon O‘rmonovich ishtirokida 9-10-sinf o‘quvchilari uchun "Ijodkor psixologiyasi" mavzusida mahorat darsi bo‘lib o‘tdi.

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
„Qaydadir”

Toʻra Sulaymon

🎤 Abdulla Qodiriy ijod maktabining 8-"A" sinf oʻquvchisi Abdugʻaniyeva Komila
#tõgaraklar

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida tashkil etilgan "Mohir qo'llar" to'garagidan lavhalar


Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
#tõgaraklar

"Mohir qo'llar" to'garagida yasalgan tillaqoshlar


Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
#kun_nafasi
#tavallud_kun

****
Qorong'ilik qo'yni yoqimli, ishon,
Ko'zingni yum va sen tinglay boshlaysan.
Zulmat aro xayol o'qlarga nishon,
Ko'ngling kezib goho ko'zing yoshlaysan.

Esla, qay bir damlar o'tdi boshingdan,
Nimalarga aziz umring sarf etding?
Ishon, endi hech naf yo'qdir yoshingdan,
Shu damgacha o'zi nimani kutding?!

G'aflat botqog'iga chuqur botmasdan,
Uyg'on, kelajaging porloq yo'lin qur.
Vijdoningni yolg'onlarga sotmasdan,
Shafqatsiz hayotda mardonavor tur!

Mehnat qil, ikkinchi nafasing olib,
Mukofot mehnatga yarasha bo'lar.
Daraxtga mehrni bersang sen tolib,
Ortidan, albatta, mevasi kelar.

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining 10-"A" sinf o'quvchisi Azizbek Toshqorayev

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
#Kun_nafasi

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi o'quvchisi Shomurodova Zilolaning "Biz seni sog'indik" deb nomlangan she'ri "Istiqbol" gazetasining 2022- yil 25-fevral sonida bosildi.


Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
#mashq

Vatan mehri

"Oʻtmishingni oʻylab oʻgriydi dilim",
Tirnalar koʻnglimning har bir burchagi.
Tirnalgan joylardan tomchilaydi qon,
Oʻylasam yuragim ezilar har on.

Izgʻirin kechada yetim boʻtadey,
Jovdirab qaradi koʻzlaring shu zum.
Olib ketdi bagʻringdan minglab oʻgʻlingni,
Oʻshal jigarband-u jirgargoʻshangni.

Bu kunlaring oʻtdi shukrona boʻlsin,
Aslo qaytmasin bu qora oʻtmishing.
Koʻrmagin padarkush, nobakorlarni,
Otasin xor qilgan insofsizlarni.


Abdulla Qodiriy ijod maktabining 9-"A" sinf oʻquvchisi Abduhakimova Visola
#Kun_nafasi
#Sport

❇️Prezident ta'lim muassasalari agentligi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida 2022-yil 26-fevral kuni fakultativ darsilardan so'ng 9-10-sinf o'quvchilari ishtirokida sport bellashuvlari bo'lib o'tdi

❇️Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida shanba kunlari sport mashg'ulotlari bo'lib o'tadi. Unda nafaqat o'quvchilar, balki o'qituvchilar ham faol ishtirok etadilar


Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👩‍💻Raqamli Avlod Qizlari 2022 - Loyihaga 1 kun qoldi!

Uzoq kutilgan qizlar IT tadbiriga sanoqli soatlar qolmoqda, ishtirokchilarni loyiha davomida nimalar kutmoqda? Ushbu savolga loyiha koordinatorlaridan biri Durdona Bahronova javob beradi!

PS: Loyiha onlayn va offlayn tarzda bo’lib o’tadi, batafsil ma’lumot loyiha davomida berib boriladi.
____________
Digital Generation Uzbekistan