Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
9.27K subscribers
13.6K photos
1.51K videos
95 files
4.52K links
Download Telegram
#Onlayn_seminar_trening

Bugun, 21-yanvar, kuni Prezident ta'lim muassasalari agentligi tomonidan Agentlik tizimidagi ijod maktabining ingliz tili o'qituvchilari uchun onlayn seminar-trening bo'lib o'tdi.

🔸Seminar-trening doirasida Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabining TESOL xalqaro sertifikatiga ega bo'lgan o’qituvchilari Barnoxon Negmatova va Adiba Parpiyevalar tomonidan "Future English" va “English Speaking Nation: secondary Teacher Training” mavzularida mahorat darslari tashkil etildi.

Unda ishtirokchilar bir-birlari bilan tajriba almashib, o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

✔️Agentlik tomonidan o'qituvchilarning kasbiy rivojlanishi uchun tashkil etilayotgan bu kabi o'quv seminarlar muntazam tarzda tashkil etib borilishi ko'zda tutilgan.

⬇️
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#mashq

Uyda qoling

Karantinda uydamiz,
Birmiz - qalban birgamiz,
Vaqti kelib barini
O'ynab, quvnab yengamiz.

Bu dunyoni qutqarish,
Emas juda qiyin ish.
Faqat bitta talab bor:
Sevimli uyda qolish.

Gigiyena umrbod,
Do'stingiz bo'lib qolsin.
Vaqti kelib tojli dard,
Yer yuzidan yo'qolsin.

Virusni yo'q qilay deb,
Xalqimni qutqaray deb.
Tun-u – kun xizmatdadir,
Fidoyi shifokorlar.

Dam olmay tekshiruvda,
Bizni deb ko'cha – ko'yda,
,,Uyda qoling “ ta'kidlar
Politsiyachi akalar.

Ular tinmay xizmatda,
Tinmayin harakatda,
Bundayinlar ko`p biram,
Yurtimizda yaxshiyam.

✍️Ubaydullayev Bahodir
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod
maktabi 8-sinf oʻquvchisi
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#A_level

⚡️Sizga qulaylik yaratish maqsadida A-level imtihonlariga onlayn ariza topshirish tartibi haqida video-yo'riqnoma taqdim etilmoqda.
__________

For your convenience, we provide a step-by-step video guide on applying online to the A-level exams.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Munosabat
#OAV_biz_haqimizda

⚡️Prezident ta'lim muassasalari agentligi mutaxassislari "O’zbekiston" telekanalining "Munosabat" ko'rsatuvida ishtirok etishmoqda.

✔️Ko'rsatuvni onlayn tomosha qiling 👉 https://www.uztv.tv/channels/uzbekiston

⬇️
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Temur tuzuklari.Nurjahon.pptx
1.4 MB
#kitobxon

Kitob eng yaqin do'stimizdir!

Har kuni mutolaa uchun vaqt ajrating
!

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
Ko'ngil savatidan chechaklar

Tong otmadi bugun yurakda,
Yarimta qalb nechun uyg'onmas.
Hurpayadi orzu panada.
Ne qilishin alam ham bilmas.

Quvonch va baxt sochilib yotar.
Hamon ochiq hazrati Rumiy.
Mehr, hasrat qay biri yoqar.
Taxt kerakmi yoki dunyoviy.

Hayqirishar koʻksimda kimlar.
Yigʻlamoqdan yurak loy qotgan.
Umid chaqnar ammo negadir,
Bu baxtmikan jim yigʻlayotgan.

Jim arzandam, kel, yurakka kir.
Seni solay yurak, koʻnglimga.
Yigʻlama sen, faryod sol, hayqir.
Soʻng quvonchni tutat qalbimga.

Bir chaqnab,soʻng, yorildi bu qalb.
Toʻkib soldi hasratlarini.
Mening esa yuragim hamon.
Izlab yurar oʻz tonglarini.

Gulida Otabekova
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
VIDO

I

Oqdir bitik...
Oqdir sahifa...
"Na o'qish imkonli
Va na anglamoq".
Nimadan bunchalar bezovtasan ayt,
Yoki mudradingmi bosdimi
charchoq.

Siz o'zin o'ylovchi kimsa emassiz,
Vijdonsiz emassiz,emassiz razil.
Yurakning dardini mo'yqalam ila,
Bitasiz goho chin,gohida hazil.

II

Balki ko'nglingizni bosgandir g'aflat,
Ohangdor satrlar sizdan bezdimi?!
Endi she'r yozmayman demangda faqat,
Yoki biror go'zal she'rni ezdimi?!

III

"Buncha urinishning ne hojati bor"
Shunchaki tunlarga yozing dardingiz.
Oqshom yulduz bilan bahr-u bayt to'qib
Asli yuzlanmoqqa yetmas sabringiz...

Unuting huv o'sha yo'llarni,
O'tmoqda u boshqa yor bilan.
O'zini o'zgaga topshirib
Dard bilan...
Dor bilan...
Dor bilan....

*Rashid Xo'jamovning "Vido" she'riga javob tarzida yozilgan she'r

(" ") ichida berilgan so'zlar Rashid Xo'jamovga tegishli

Sa'dullayeva Zahroxon
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#online_dars

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining 7-sinf o‘quvchisi Shokirova Lobar tayyorladi

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining 7-"A" sinf o'quvchisi Xakimova Nazokat tayyorladi

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#online_dars

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi 9- sinf o'quvchisi Mahmarajabova Gulsanam tayyorladi


Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
Ҳурматли юртдошлар!

Хабарингиз бор, юртимиз ва қўшни мамлакатларнинг айрим ҳудудларида электр таъминотида узилишлар кузатилмоқда. Дастлабки ўрганишлар бу ҳолат умумминтақавий энергия тизими доирасида юзага келган носозликлар оқибатида келиб чиққанини кўрсатмоқда.

Таъкидлаш керакки, вазият шахсан Президентимиз назорати остида. Ўзбекистон энергия тизимини барқарорлаштириш ҳамда электр таъминоти ва бошқа тармоқлар ишини тиклаш бўйича олиб борилаётган ишлар ҳақида деярли ҳар дақиқа давлатимиз раҳбарига ахборот бериб борилмоқда.

Шундай экан, барчангизни хотиржамликни сақлаш ва саросимага тушмасликка чақириб қоламиз. Ваҳимага ўрин йўқ.
"Yurak"
Usmon Nosir

🎤 Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi 8- "A" sinf oʻquvchisi Abdugʻaniyeva Komila
#seminar
#Summativ_baholash_tizimi

YANGI BAHOLASH TIZIMI -TA‘LIMGA YANGICHA YONDASHUV

🔰 Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy axborot texnologiyalari maktabida Summativ baholash tizimi tajriba-sinov tariqasida amaliyotga tatbiq etilgan edi.

☑️ Shu munosabat bilan, joriy yilning 26-yanvar kuni mazkur tizimning yarim yillik natijalari muhokamasiga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.

🔸Trening davomida, tizimda erishilgan yutuq va yuzaga kelgan kamchiliklar ekspert guruh tomonidan tahlil qilindi.

📌Ma'lumot o'rnida, ijobiy natija kutilayotgan ushbu baholash tizimini tajriba-sinov muddatidan so‘ng barcha ixtisoslashtirilgan va ijod maktablariga joriy etish ko‘zda tutilgan.