Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
9.27K subscribers
13.6K photos
1.51K videos
95 files
4.5K links
Download Telegram
#mushoira
#besh_tashabbus

🏫Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi.

Qay dil chamani boy, jozib nafasi,
Kimning fikri o'tkir, teran, bokira?
Bu gurung - shoirlar musobaqasi-
Sharq she'riy chamani, bu mushoira.
(Zulfiya)


🔅Xabaringiz bor, bugun maktabda an'anaviy o'tkazilib kelinayotgan "Mushoira" bahsining navbatdagi musobaqasi bo'lib o'tdi. Qizg'in va murosasiz o'tgan she'riyat kechasida 7 va 8-sinf o'quvchilaridan saralangan 4 ta jamoa:
"Musamman"
"Ijod chashmasi"
"Bahor qizlari"
"Nafosat gulshani"
o'zaro bellashdi.

🏆Yakuniy natijalarga ko'ra 7- "B" sinfining "Ilhom chashmasi" guruhi g'oliblikni qo'lga kiritdi.

🌐Ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:
Telegram
Facebook
Instagram
🏫Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi.

📷"Mushoira" kechamizdan ajoyib fotolavhalar.
#ona_tilim_faxrim_mening
#tadbir

🏫Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi.

🔰Bugun Abdulla Qodiriy memorial muzeyi, "Turon" AKM hamda Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi hamkorligida O'zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganligining 35 yilligi munosabati bilan "Ona tilim- omon bo'l" nomli madaniy-ma'rifiy tadbir o'tkazildi.

⚜️Tadbirni shoir Davron Rajab o'zbek tili va uning bugungi mavqeyi haqidagi nutqi bilan ochib berdi. Shuningdek, tadbirdan maktabimiz o'quvchilari tomonidan tayyorlangan chiqishlar ham o'rin oldi.

🌐Ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:
Telegram
Facebook
Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Davlat tili masalasi milliy g‘oyamizning asosiy tamoyillaridan biri bo‘lishi zarur. Yosh avlod qalbiga ona tilimizni bolalikdan singdirish maqsadida ta’limning barcha bosqichlarida o‘zbek tilini zamonaviy va innovatsion texnologiyalar asosida mukammal o‘rgatishga alohida e’tibor qaratishimiz lozim. Toki, bolalarimiz o‘zbek tilida ravon o‘qiydigan, ravon yozadigan va teran fikrlaydigan insonlar bo‘lib yetishsin.

Shavkat Mirziyoyev


@ONA_TILIM_MILLAT_RUHI
#dars_tahlili

🏫Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi.

Bugun maktabda ona tili va adabiyot uslub birlashmasi rahbari Mavluda Iskandarova hamda maktab psixologi Leyla Tagiyevalar tomonidan dars jarayonlari tahlilga tortildi.

Ushbu jarayon davomida o'qituvchilarning dars o'tish metodikasi, o'quvchilarning bilimlar egallashda shaxsiy rivojlanishi hamda mustaqil fikrlashlariga alohida e'tibor qaratildi.

Bunday dars tahlillar sifatli ta'lim jarayonini tashkil qilish bilan bir qatorda o'quvchilarning aqliy ko'nikmalarini aniqlashda ham o'z natijasini ko'rsatmoqda.

🌐Ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari :
Telegram
Facebook
Instagram