#tanlov_uchun
#oquvchilarimiz_ijodidan
Ustoz sovg'asi
Daraxtlar go'yo mo'yqalam bilan bo'yalib oltin tusga kirgandek. Tol novdasidagi yaproqlar kuz shamoliga bardosh berolmay, uzilib, yerga tushardi. Xazonlar maktab ostonasiga ham yetib keldi.
Tasviriy san'at xonasi. Devorlar turli ijod mahsullari, haykallar bilan bezalgan. Partalar ustida turli rang-barang ruchkalardan to bo'yoqlargacha terilgan. O'quvchilar esa Mehriniso opa bergan topshiriqni berilib bajarishar edi.
Shu payt o'qituvchining nazari sinfdoshlaridan moviy qalam so'rayotgan Ilhomjonga ilindi. Biroq uning so'rog'iga barcha rad javobini berardi.
Oradan bir hafta o'tib Mehriniso opa bolalar vazifani qanday qilib bajarishganini tekshirayotganda, uning e'tiborini aynan Ilhomjonning rasmi o'ziga jalb qildi. U moviy qalam o'rniga sariq va yashil ranglarni qo'llabti.
— Buncha go'zal vazifa bu? Qalamlaring sehrli bo'lsa kerak. Qani, bir qaraychi, — deya muallima Ilhomjonning qalamdoniga qo'l cho'zib ochdi va uning ichida eski, kalta va beo'xshov qalamlarni aniqladi. Ular ijod qilishga mutlaq noqulay edi.
— Menda moviy qalam yo'q edi, shu sabab boshqa ranglarni qo'llagandim... — o'quv qurollari eskiligidan xijolatlanib past ovozda gapirdi o'quvchi.
— Lekin sen do'stlaringdan so'rab turishing mumkin edi-ku, — go'yo sinfdagi qolgan bolalarni uyaltirish uchun o'qituvchi bu gapni eshittirib, baland aytdi. Ilhomjon va qolganlar jim bo'lib qolishdi.
— Bunga qaramasdan, sen vaziyatdan yechim topibsan, — deb ustoz bolakayning sochlaridan silab, unga jilmayib qaradi, — balli senga.
Keyin esa stolining ustidan yangi qalamlarni olib butun sinfga qarata:
— Ijodkorlik bilan yondashgani uchun Ilhomjonga alohida sovg'am bor, — dedi. Shu soniyalarda Ilhomjonning qalbida xuddiki o'zgacha tuyg'u, o'zgacha quvonch xissiyotlari paydo bo'ldi.
— Qolganlar esa, — butun sinfga yuzlanib gap boshladi muallima, — kelasi safar bir-biringizdan hech narsa qizg'anmang. Do'stingiz bir-ikki daqiqa buyumingizni ishlatib yana qaytaradi. Sizdan hech vaqo kamaymasa ham, odamiylik ko'payadi. Yodingizda tuting, boshqalarga yaxshilik ulashish — bizning asosiy vazifamizdir.
Bu voqeadan so'ng bolalar har safar birovlarga yordam qo'lini cho'zganda, go'yo uchinchi sinfiga qaytib, tasviriy san'at darsida o'qituvchining gaplarini qayta eshitayotgandek bo'lishardi.
Abdurahmonova Xadichabonu 9-"B" sinf o'quvchisi
🌐Ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:
Telegram
Facebook
Instagram

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
Bizning manzil:
@aqodiriyijodmaktabi_bot
Telegram:https://t.iss.one/qodiriy_abdulla
Instagram:https://www.instagram.com/abdullaqodiriy_ijod_mak
Facebook:ECAFhttps://www.facebook.com/sha
Twitter: https://x.com/abdullaijo43777/status/1906000333739848043?s=46