#tanlov
🧑🏻🎓👩🏻🎓Assalomu alaykum hurmatli oʻquvchilar!
Va nihoyat siz kutgan loyiha start oladi. Bu qanday loyiha, deysizmi?
Bilamizki, shu kunlarda Toshkent shahrida va qo’shni viloyatlarimizda nonga munosabat anchagina o'zgargan. Ko’cha-ko'yda koʻrayotgan bo’lsangiz, non uvol bolmoqda.
Shu bois biz “Non shahri edi Toshkent…” nomi ostida tanlov e’lon qilmoqchimiz.
Tanlov shartlari: ko’chirilgan, eski g’oyalar shart emas.
Eng asosiysi qilgan ishlaringiz, olgan roligingiz, yozayotgan hikoyangiz realizmga asoslangan bo’lishi lozim.
Tanlov yo’nalishlari turlicha:
1. Nazm va nasr (hikoya, esse, she’r, qo’shiq )
2. Rasm va mobilografiya (qo’lda chizilgan rasm va telefon orqali olingan turli rasmlar)
3. Videoroliklar ( intervyu va voqea joydan {shorts video})
4. Qo’lda yaratilgan manzaraviy buyumlar (mavzu asosida).
Ijodiy ishlar tanlov tashabbuskori bo’lgan 10-“B” sinf o’quvchisi Azimjonov Ozodbekka topshiriladi –@Ozodbek_Savkatovich
🌐 Ijod maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:
Telegram
Facebook
Instagram

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tanlov
#ajdodlar_mardona_ruhi_senga_yor
📌 Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi 9-may “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan ijodiy ishlar tanlovini e’lon qiladi!
✅ Ushbu tanlov “Ajdodlar mardona ruhi senga yor” shioiri bilan o’tkaziladi. Qatnashuvchilar mavzu doirasida ijodiy ish yaratishlari lozim.
📌 ”Ikkinchi jahon urushi xotiralarda" shiori ostida rassomchilik,
haykaltaroshlik va ijodiy ishlar yaratish – qabul qiluvchi Maftuna Xolmatova
📌 ”Nomingiz dillarda mangu yashaydi" shiori ostida o'quvchilar
o'rtasida "Zakovat" intellektual o’yini tashkil etish – tashkil etuvchi maktab kordinatori Saidkabarxon Nurmuhammadov
📌 “Xotira – muqaddas, qadr – abadiy” mavzusida ijodiy ishlar (she’r, hikoya, esse va hkz) yaratish. Asosiy mavzu yoritilgan, savodxonlik yuqori darajada bo’lishi lozim. Ijodiy ishlaringizni ona tili va adabiyot o’qituvchisi Mavluda Iskandarova qabul qiladi!
⚡️ Tanlov g’oliblari va faol ishtirokchilar maktab ma’muriyati tomonidan diplom va esdalik sovg’alari bilan taqdirlanadi.
🗓️Ijodiy ishlar qabul qilinishining so’nggi muddati 8-may 16:00 ga qadar.
🌐 Ijod maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:
Telegram
Facebook
Instagram
#ajdodlar_mardona_ruhi_senga_yor
haykaltaroshlik va ijodiy ishlar yaratish – qabul qiluvchi Maftuna Xolmatova
o'rtasida "Zakovat" intellektual o’yini tashkil etish – tashkil etuvchi maktab kordinatori Saidkabarxon Nurmuhammadov
🗓️Ijodiy ishlar qabul qilinishining so’nggi muddati 8-may 16:00 ga qadar.
Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ajdodlar_mardona_ruhi_senga_yor
#tanlov
⚡️ Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi “Ikkinchi Jahon urushi xotiralarda” nomli ijodiy ishlar tanlovini e’lon qilgan edi. Ana shu tanlovga kelib tushgan asarlarni birgalikda mutolaa qilamiz!
#1-ishtirokchi
QORA XOTIRA
Kunlardan bir kuni bobomnikida,
Ne deya soʻradim urush degan nom.
Buvim javob berdi turib soʻridan —
“Bolam, yostiqlarni quritgan zamon”
Oʻgʻlim, tezroq qayt deb yigʻlar onalar.
Qoʻlida tishlangan non qolgan ayol.
"Otam qachon qaytar?”, degan savolga,
Javob berolmasdi hattoki shamol.
Kimdir qaytdi singan oyoq-qoʻl bilan,
Kimlardandir esa keldi qora xat.
Qoʻli bo’lmasa ham, joni qoldi but,
Faqat taskin berdi matonat, toqat.
Nechun ona cho’kdi jahon poyiga?
Nega bu olamda yig’i ko’paydi?
Balki barchasiga aybdor kishi
Lekin badalini dunyo to’laydi!
Azizlar, aslida dunyo ham ona
Millionlab farzandin tuproqqa ko’mdi.
Nihoyat tinchlikning yalovin tutib
Urushning olovi abadiy so’ndi.
✍️ Sultonamirova Hanifaxon 8-“V” sinf o’quvchisi
🌐 Ijod maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:
Telegram
Facebook
Instagram
#tanlov
#1-ishtirokchi
QORA XOTIRA
Kunlardan bir kuni bobomnikida,
Ne deya soʻradim urush degan nom.
Buvim javob berdi turib soʻridan —
“Bolam, yostiqlarni quritgan zamon”
Oʻgʻlim, tezroq qayt deb yigʻlar onalar.
Qoʻlida tishlangan non qolgan ayol.
"Otam qachon qaytar?”, degan savolga,
Javob berolmasdi hattoki shamol.
Kimdir qaytdi singan oyoq-qoʻl bilan,
Kimlardandir esa keldi qora xat.
Qoʻli bo’lmasa ham, joni qoldi but,
Faqat taskin berdi matonat, toqat.
Nechun ona cho’kdi jahon poyiga?
Nega bu olamda yig’i ko’paydi?
Balki barchasiga aybdor kishi
Lekin badalini dunyo to’laydi!
Azizlar, aslida dunyo ham ona
Millionlab farzandin tuproqqa ko’mdi.
Nihoyat tinchlikning yalovin tutib
Urushning olovi abadiy so’ndi.
Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Telegram
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
“Kelingiz yoshlar, ziyolilar bu kun g’ayrat qiling, Uxlaganlarni agar Qodir esak, uyg’otamiz”Qodiriy
@aqodiriyijodmaktabi_bot
“Kelingiz yoshlar, ziyolilar bu kun g’ayrat qiling, Uxlaganlarni agar Qodir esak, uyg’otamiz”Qodiriy
@aqodiriyijodmaktabi_bot
#ajdodlar_mardona_ruhi_senga_yor
#tanlov
#2-ishtirokchi
ASKARNING SO’NGGI SO’ZI
Salom deyman sizga onam, Vatanim,
Kurashmoqdaman jangda sizlar-chun.
Yigʻlamang onajon, siz jon-u tanim,
Qoraxat borganda, siz demang "Nechun?"
Ona yurtimga men balki qaytmasman,
Tishloq non balki shu holicha qotar.
Yorim visoliga endi yetmasman,
Bergan va'dalarim qalbimda qolar.
Koʻkdan kuzataman yurtim tinchligin,
Toʻkilgan qonimga roziman, ona.
Bilasiz, jang qilmoq yigit burchligin,
Shunday qilar edim tugʻilsam yana.
Singlimga aytinglar, hech gʻam chekmasin,
Bu dahshat kunlari tinadi bir kun.
Mudhish onlar unga aslo tegmasin,
Qalbida qolmasin zarracha tugun.
Yuragimni tinmay gʻijimlar sogʻinch,
Menga siyratingiz bagʻishlar darmon.
Yaqinlarim doim yashasin deb tinch,
Jang uchun umrimni men qildim qurbon
✍Abdurahmonova Xadichabonu 8-“B” sinf o’quvchisi

#nasr
SADOQAT
Qizg'aldoqlar kelbat tog'lar bag'rida sho'ng'ir, kapalaklar chechaklarni quchib olgan mahal – bahor. Jilgʻalar goʻyoki yosh qizlar kabi qiqir-qiqir xandon kulib, majnuntolning kokilini tarardi. Majnuntolning tagida Sadoqat Lutfiy ijodidan bahramand boʻlib oʻtirar edi. Toʻsatdan qizning boshiga bir narsa qoʻngandek boʻldi. Bu gulchambar edi. Yuqorida qaragach, oʻz qoʻshnisi Nabijonni koʻrdi. Gulchambarni ham u qilgan.
— Kelsam, mutolaaga berilib ketgan ekansan. Kimni oʻqiyapsan?
— Lutfiy ijodini juda xush koʻraman. Bir tinglab koʻring.
Ey, visoling davlati ahli futuh,
Zulfu yuzung yodidur oromi ruh.
Gar ilik tutsang, ravon tutqil, begim,
Sabri Ayyub o’lsa, yo’qtur umri Nuh. — Shu bilan ular Mavlononing nafis misralari taʼsiriga tushdilar.
— Sadoqat, kel ikkimiz qachondir, birga maktab ochib bolalarga ilm oʻrgatamiz? — Nabijonning bu soʻzlari Sadoqatni biroz oʻyga soldi.
— Mayli, bu fikr menga yoqdi. — Javob qaytardi Saodat.
ㅤㅤ***
1941-yil, 21-iyun. Toʻsatdan "Munojot" chalinayotgan radiodan ashula toʻsatdan toʻxtab, sirena ovozi eshitildi va rus tilida:
— Vnimanie, vnimanie. Nachalas voyna...— Boshqa soʻzlarni hech kim eshitmadi. Dunyo ostun-ustun boʻldi va qishloqdagi barcha erkaklar, yosh, navqiron yigitlarning bari urushga jalb qilindi, ular orasida Nabijon ham.
Butun qishloq kechasi bilan mijja qoqmagan. Erkaklar poyezdga otlanmoqda, ayollar uvvos tortgan.
— Yigʻlama, Sadoqat. Albatta, men qaytaman va muallimlik orzularimizga erishamiz. — Shu soʻzlar bilan Nabijon otlandi.
Bu mudhish kunlarning boshlanishi edi. Qishloqda ayollargina qolgan, ketmon chopish ham, bola qarash-u boshqa ishlar ham ularning boʻynida edi.
Nabijondan Sadoqatga ora-orada maktublar kelib turardi. U yerda oʻzi yozgan sheʼrlar, gʻazallar boʻlardi:
Ismingni takrorlab yotdim tonggacha,
Sogʻinch sahrosida men telba Majnun.
Sen menga vafodor boʻlgin, Layli-cha,
Men senga umrbod boʻlayin maftun.
Baʼzida frontda tanishib qolgan Stepan amaki haqida ham gapirardi. U Nabijonga koʻp narsalarda yordam berarkan.
Nabijon
Frontda ancha-muncha narsaga tushunadigan boʻldim. Sadoqatdan maktublar tinmay keladi, iloji boricha tezroq javob qaytarishga harakat qilaman. Stepan amaki menga yoshlik chogʻlari haqida gapirib beradi. Urushdan oldingi hayotimdagi oddiy narsalar, issiq ovqat yemoq, ukalarimni qochmoq yoki onam tayyorlagan sharbatlarni ichmoq goʻyo ushalmas orzu kabi tuyulib qoldi. Bu yerda hozir har vaqt sergak turish kerak, qachon oʻq oʻtilishini bilmay qolasan kishi, tunlari zah yerda yotasan. Umuman bugun ovqatlansanmi, yoʻqmi aniq emas. Har kuni yerda yotgan murdalarni koʻrasan, sen oʻldirmasang – seni oʻldirib ketishadi.
Bir kuni kutilmaganda otishma sodir boʻldi, Stepan amaki qattiq jarohatlanib halok boʻldi. Oʻq mening qoʻlimga tegdi. Qoʻlim qizishni boshladi, soʻngra xushimdan ketdim. Oʻzimga kelib chap qoʻlimdan ayrilganimni aytishdi.
Nihoyat bu mudhish kunlar nihoyasiga yetdi. Qishlogʻim, tugʻilib oʻsgan joyimga qaytdim.
Yoʻlda mahalla raisini uchratdim, uni aytishicha, Sadoqat oʻz vaʼdasida turgan ekan. Menga vafodor qolib, oʻz uyida bolarga savod chiqarishga yordam berayotganmish. Rais bizga maktab ochib berishini vaʼda berdi.
Sadoqat chap qoʻlim yoʻqligini koʻrib
— Hechqisi yoʻq, bir qoʻl bilan ham muallim boʻlish mumkin. — deya mayin jilmayib, meni bagʻriga bosdi.
✍️ Abdurahmonova Xadichabonu 8-“B” sinf o’quvchisi.

#3-ishtirokchi
XOTIRA AZIZDIR, MUQADDAS HAR DAM
Xotira azizdir, muqaddas har dam
Ajdodlar ruhlari singadi unda
Qancha xotirlasak, shuncha bo'lar kam
Ularning yodlari mangudir bunda.
Yashamoqdamiz, tinchlik bilan biz
Askarlar kurashgan bu kunlar uchun
Yoddan chiqarmanglar do'stlar buni siz
Xotira aslida yorug' bir uchqun
Asrasak bobolar, momolar yodin
Xalq uchun kurashgan qahramonlarni
Xotirlab adiblar go'zal ijodin
Yurt uchun jon bergan pahlavonlarni
Urushning o'chmasdir qonli izlari
Mardlarcha xalqimiz jangda kurashdi
Qirildi o'zbeklar urush kezlari
Omon qolish uchun rosa tirmashdi.
Vatanim, tinch va mustaqil hozir
Sababchidir bunda botir yigitlar
Qancha esga olsak shunchalik ozdir
Ulardan qolgandir bizga o'gitlar.
Xotira azizdir, muqaddas har dam
Ajdodlar ruhlari yotadi unda
Kamdir ularni qancha xotirlasak ham
Ularning yodlari mangudir bizda!
✍️ Ergashev Doniyorbek 8-“B” sinf o’quvchisi

#4-ishtirokchi
NOMA’LUM ASKAR KIMSAN SO’ZI
Oʻylaysizki, marhumlar eshitmaydi
Biz marhumlar sizni tinglaymiz hamon,
Oldingizga borolmasdirmiz faqat
Tushlaringiz bizga yagona imkon.
Ana oyim menga maʼyus boqmoqda
Quyoshga termulib kutmoqda meni,
O'rtamizda yonib turibdi gulxan
Ammo afsus, bu onamning haykali...
Lek bugun onamning o'zini ko'rdim
Ko'rdim onajonimning diydorini,
Onam ko'z yoshlari yuzimga tomdi
Yig'lamang onajon, qiynamang meni!
Siz tiriklar eshitmaysizlar meni
Ammo biz sizlarni ko'rib turibmiz,
Sizda-ku bor ming xil shirin tashvishlar
Biz xotiralarni eslab yuribmiz.
Bilaman, hammasin bilib turibman
Siz tiriklar o'limdan qoʻrqasiz hamon,
Qo'rqqan edim men ham hayotligimda
Yo'q, o'lim emasdir unchalik yomon.
Darhaqiqat, oʻlim dahshatli emas
O'lish qiyin emas oʻlim bu oson,
Gap qanday oʻlishda emasmi inson
Ammo muhim emas oʻlgani qachon!
Hayot nima oʻzi, bilmaydi har kim
Xudo xadya etgan inʼomdir hayot,
Hamma ham o'ladi ertami-kechmi
Inson yashash uchun tug'ilgan
hayhot!
Darhaqiqat, odamlar har xil bo'larkan
Kimdir hayotini ko'radi baham,
Kimdir istar olmoq boshqalarnikin
Hayot mazmunini tushunmas hech kim.
Siz yig'lamang ona, ular yig'lasin
Nomardlar qoʻliga solingiz kishan
Urushni biz o'ylab topmadik axir,
Soʻnggi soʻzim shudir, oʻgʻlingiz Kimsan!..
✍️ Nurmuhammadova Dilrabo 9-“A” sinf o’quvchisi

Insho.pdf
34.6 KB
#ajdodlar_mardona_ruhi_senga_yor
#tanlov
#5-ishtirokchi
✍️ Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining 7-“B” sinf o’quvchisi Qudratillayeva Zilolaning “Xotira va qadrlash kuni”ga atab yozgan inshosi
🌐 Ijod maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:
Telegram
Facebook
Instagram
#tanlov
#5-ishtirokchi
Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Halima_Xudoyberdiyeva_77_yoshda
#Tanlov_uchun
🏝Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi 8-"V" sinf o'quvchisi Eshqulova Marjonaning Halima Xudoyberdiyeva tavalludining 77 yilligi munosabati bilan e'lon qilingan "VATAN BAYROG'I" tanlovIga tayyorlagan videoroligi.
🔰Bizni kuzatishda davom eting!
🎯Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇
✅Telegram I ✅Facebook I 🌐Veb-sayt I 🌐Instagram 📹YouTube I

🏝Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi 8-"V" sinf o'quvchisi Shakarova Shalolaning Halima Xudoyberdiyeva tavalludining 77 yilligi munosabati bilan e'lon qilingan "VATAN BAYROG'I" tanlovIga tayyorlagan videoroligi.