Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
9.29K subscribers
13.9K photos
1.52K videos
95 files
4.54K links
Download Telegram
Ilm va ijod bellashuvi

Bugun Yozuvchilar uyushmasida “Zakovat” intellektual o‘yinlarining “Adabiyot maydonida” bellashuvi bo‘lib o‘tdi. Uni klub aʼzosi Sherzod Olimov olib bordi.
Tadbir avvalida uyushma raisining birinchi o‘rinbosari Minhojiddin Mirzo so‘zga chiqib, ilm o‘rganishni, izlanishning, o‘z ustida ishlash va tajriba oshirishning inson hayotida o‘rni katta ekanini taʼkidladi. Yoshlarga ulkan marralarni tiladi.
Bu gal Mudofaa vazirligi tizimida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilar, Qurolli Kuchlar akademiyasida tahsil olayotgan kursantlar hamda yosh ijodkorlar bellashuvga kirishdi.
Jarayonda jami sakkiz jamoa ishtirok etdi va ularning har birida olti nafardan ishtirokchi kitobxonlar qatnashdi. Shulardan 18 nafari harbiy xizmatchilardir. Bilimdonlar o‘yinida yosh ijodkorlarning “Sanduvoch”, “Hilol”, “Maroqand”, “Ko‘lanka”, Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining “Utopiya”, Mudofaa vazirligiga qarashli Havo xujumidan mudofaa qo‘shinlari harbiy xizmatchilari, Qurolli kuchlar akademiyasi, Toshkent harbiy akademiyasi kursantlaridan iborat “O‘zbegim”, “Sarkarda” “Jasorat” jamoalari bilimlar maydonida kuch sinashdi. Yakunda “Jasorat” jamoasi 1-o‘rinni egalladi.
G‘olib jamoalar va ishtirokchilar uyushmaning esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Ayni damda yoshlar davrasi "Xiyobon oqshomlari" mushoira kechasi bilan davom etmoqda.

Zulayho Ahmadjonova
Jarayondan suratlar

Muallif - Ahmad To‘ra
#ajdodlar_mardona_ruhi_senga_yor

⚡️Ayni kunlarda Toshkentdagi “Gʻalaba bogʻi”da mudofaa sohasida innovatsion texnologiyalar festivali oʻtkazilmoqda.

Mudofaa vazirligi tomonidan 2024-yilning 2, 3 va 4-may kunlari Toshkentda joylashgan “Gʻalaba bogʻi” majmuasida ilk bor mudofaa sohasida innovatsion texnologiyalar festivali tashkil qilinmoqda.

📌Festivalda zamonaviy texnologiyalar, metallurgiya, kimyo sanoati hamda tekstil sohasida ikki maqsadga moʻljallangan zavod, korxona va tashkilotlar oʻzlarining mahsulotlari bilan ishtirok etishi koʻzda tutilgan.

🏤Ana shu festivalda Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi o’quvchilari ham ishtirok etdi.
9-may “Xotira va qadrlash kuni” doirasida tashkil etilgan ekskursiyaga o’qituvchilarimiz Yulduz Mirxodjiyeva va Aziza Saydullayevalar boshchilik qilishdi.


🌐 Ijod maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Telegram
Facebook
Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM