Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
1.78K subscribers
9.81K photos
1.28K videos
92 files
3.74K links
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali

“Kelingiz yoshlar, ziyolilar bu kun g’ayrat qiling, Uxlaganlarni agar Qodir esak, uyg’otamiz”Qodiriy

@aqodiriyijodmaktabi_bot
Download Telegram
#Abdulla_Qodiriy_130_yoshda

⚡️Rus tilida “Скорпион из алтаря” deb nomlangan tadbir Toshkent davlat yuridik universiteti akademik litseyi o’quvchilari bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Tadbirga mehmon bo’lib Abdulla Qodiriy avlodi Manzuma Qodiriy tashrif buyurdi.


🌐 Ijod maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Telegram
Facebook
Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Daryo | Rasmiy kanal
“Daryo” qisqa hikoyalar tanlovini e’lon qiladi!

G‘oliblarga “Daryo” internet nashrining hamkori bo‘lgan Asaxiy internet do‘koni tomonidan taqdim qilingan sovg‘alar topshiriladi.

O‘z ijod namunalaringizni @daryo_hikoyalar_bot orqali jo‘nating.

Batafsil — https://daryo.uz/uyaxWBjK

👉 Obuna bo‘ling - @daryo
#Bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor


⚡️O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan chet tilini bilish darajasi to'g'risidagi imtihon natijalari e'lon qilingan edi.

Unga ko'ra, Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining 8 nafar iqtidorli o’quvchisi CEFR sertifikatini qo’lga kiritishdi.

📌 10-“B” sinf o’quvchisi Maxmudova Komila B2
📌10-“B” sinf o’quvchisi Mannobova Oisha B2
📌8-“B” sinf o’quvchisi Qahramonova Amina B2
📌8-“A” sinf o’quvchisi Shavkatbekova Shukrona B2
📌8-“B” sinf o’quvchisi Erkinov Murodjon B2
📌8-“B” sinf o’quvchisi Yusupov Javohir B1
📌8-“B” sinf o’quvchisi Xidirov Elzod B1
📌8-“B” sinf o’quvchisi Musurmonqulov Samandarbek B1

sertifikati egalari bo’lishdi!


👏O’quvchilarimizni ushbu yutuq bilan tabriklab, yanada ulkan zafarlar tilab qolamiz!


🌐 Ijod maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Telegram
Facebook
Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
​#oquvchilar_ijodidan
#mujda


OYMOMO HAQIDA ERTAK

Barchamiz ko‘cha-ko‘yda biror chiroyli qizni uchratsak, "Oydek qiz ekan", "Oydekkina husni bor ekan", deymiz. Lekin shuni unutib qo‘yamizki, oy benuqson emas, oyning ham yuzida dog‘lari bor. Ammo shunga qaramasdan inson nima sababdan oyni go‘zallik, chiroy ramzi deb biladi? Sababi juda oddiy. Barchasi qadim-qadim zamonlarda falakdagi barcha sayyoralar-u yulduzlar birga ahil va inoq yashab kelishayotgan vaqtdan boshlangan. O‘sha davrlarda hali Oyqizning yuzlari silliq, dog‘-u o‘yiqlarsiz, benuqson edi. Oyqizning yulduz dugonalari nihoyatda ko‘p bo‘lib, unga hasad qiladiganlar ham bor edi. Xususan, Oyqiz nihoyatda muloyim, xushchaqchaq, mehribon bo‘lishiga qaramasdan, uni Meteor ismli tengdoshi turli noqulay vaziyatlarga solib qo‘yishga urinardi. Oyqiz esa bunga javoban Meteor bilan qo‘pol muomalada bo‘lmas edi. Aksincha u bilan muloyim muomalada bo‘lar, unga yordam qo‘lini cho‘zishga intilardi. Lekin kunlardan bir kuni Meteor Oyqizga bo‘lgan hasadining zo‘rligidan unga tuzoq qo‘yishga ahd qildi. Tong vaqti bo‘lganda Oyqizning uxlab yotganidan foydalanib, uning yuziga nihoyatda xavfli changlar, zaharli kukunlar surkab ketibdi. Tun bo‘lishi bilan uyg‘ongan Oyqiz yer sayyorasiga, uni juda suyadigan insonlar oldiga chiqishga oshiqdi. Yerga borgan edi hamki, ko‘l yuzidagi o‘zining aksini ko‘rib nihoyatda qo‘rqib ketdi. Endi uning benuqson yuzida o‘yiqlar paydo bo‘lgan, rangi esa avvalgidek oppoq emas, balki biroz kulrang ko‘rinishga kirib qolgandi. U shu qadar uyalib ketganidan insonlar uni ko‘rib qolmaslaridan avval ketib qolibdi. Oyqiz uzoq va ko‘p yig‘ladi. Chunki endi bu holatda insonlarning oldiga chiqa olmas edi. Oyqiz Yerga chiqmay qo‘ygandan so‘ng sayyorani zulm, qorong‘ilik qopladi. Yerdagi insonlar esa Oyni yana o‘z o‘rniga qaytarishga qaror qilishibdi. Endi ularning o‘zlari ilk bor Oyning oldiga borishdi. Unga Yer aholisi qanchalar muhtojligini, u hattoki nuqsonlar bilan ham chiroyliligini, insonlar uchun esa uning husni emas, balki qalb go‘zalligi muhimligini aytishibdi. Odamlar Oyqizning husni go‘zal bo‘lmasa ham, yaxshi ko‘rishlarini ta’kidlashibdi. Shundan so‘ng Oyqiz insonlarga qanchalar kerak ekanligini, uni haqiqatan ham sevadiganlar uchun tashqi ko‘rinish emas, balki uning o‘zi, ichki dunyosi muhimligini tushunib yetdi. Natijada u yana doimgidek tunda Yer sayyorasiga chiqar, insonlarni o‘z mehri, oq ko‘ngilligi bilan maftun etar edi.

Aslida ham shunday, biz hayotda insonlarning husniga emas, balki ichki dunyosiga qarab baho berishimiz kerak.

Tamom.

✍️8-“V” sinf o’quvchisi Sultonamirova Hanifaxon



🌐 Ijod maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Telegram
Facebook
Instagram
Forwarded from Isroil Tillaboyev blogi
"Mutolaa" haftaligi davom etmoqda.
Kuni kecha hammani ta'sirlantirgan, yig‘latgan, ta'sirlantirgan Javlon Jovliyevning "Qo‘rqma" romaniga bag‘ishlangan hujjatli filmni tamosha qiling hamda fikringizni bildiring.

Kitob shu darajada aktualki, mana shu filmni har bir maktabda Tarbiya fani, adabiyot fani o‘qituvchilari birlashib, bitta umumiy zalda ushbu kinoni umumiy namoyish qildirishlari shart, deb o‘ylayman. Bu, juda katta ta'sir ko‘rsatishi aniq o‘quvchilarimiz tarbiyasida, vatan qahramonlarini tanishida, bu bo‘yicha qanday yordam kerak bo‘lsa tuman Yoshlar ishlari agentligi hodimlarimiz yordamga tayyor, bizga takliflaringiz bo‘lsa buni uyushtiramiz.

Bormi, mana biz bu targ‘ibotni maktabim o‘quvchilari ham ko‘rsin, degan ustozlar, direktorlar?

Kommentlarda qoldirishlaringiz mumkin.

https://www.youtube.com/watch?v=PYNopQErSuQ
#jonli
#uchrashuv

⚡️Ayni damda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida Ilmiy asoslangan atamalarni rasmiy iste’molga kiritish masalalariga bag‘ishlangan taqdimot bo’lib o’tmoqda.

Taqdimotda Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi direktori, olima Hilola Nazirova ham ishtirok etmoqda.


🌐 Ijod maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Telegram
Facebook
Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM