Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
1.86K subscribers
10K photos
1.3K videos
93 files
3.79K links
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali

“Kelingiz yoshlar, ziyolilar bu kun g’ayrat qiling, Uxlaganlarni agar Qodir esak, uyg’otamiz”Qodiriy

@aqodiriyijodmaktabi_bot
Download Telegram
#xushxabar

💥Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining ilk bitiruvchilaridan xushxabarlar kela boshladi.

💫Oliy o‘quv yurtiga topshirgan o‘quvchilarimizning aksariyati yuqori ballarni qo‘lga kiritishdi.

Eng yuqori ko‘rsatkichga ega bo‘lganlar:

Abdulakimova Gulsanam - 187.9 ball

Aktamxonova Farangiz - 184.8 ball

Hasanova Hafiza - 183.7 ball

⚡️O‘quvchilarimizning  bu natijalari  maktab jamoasiga xush kayfiyat bag‘ishladi.
Barcha bitiruvchilarimizga omad tilab, xushxabarlar soni ko‘payishiga umid qilamiz.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV
#Biz_haqimizda

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi direktori Hilola Nazirova "O'zbekiston" telekanalining "Assalom O'zbekiston" dasturida ishtirok etib, ijod maktablari xususida so'z yuritdi.
#bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor
#100_foizlik_grant
#ijod_maktabi

⚡️ Agentligimiz tizimidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining bitiruvchisi Gulobod Nuraliyeva Turkiyaning Ege universiteti "Turk tili va adabiyoti" yo‘nalishiga to‘liq grant asosida o‘qishga qabul qilindi.

✔️ Iqtidorli bitiruvchimiz xorijiy til bilish darajasini belgilovchi IELTS sertifikatini (7 ball) ham qo'lga kiritgan edi.

Bitiruvchimizning kelgusidagi o‘qish va ishlarida omad tilaymiz!

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#imtihon_natijalari_2023
#ijod_maktablari

🔔 IJOD MAKTABLARIGA O'TKAZILGAN IMTIHON NATIJALARI E’LON QILINDI!

Imtihon natijalarini talabgorning ariza.piima.uz saytidagi Shaxsiy kabinetiga ID raqamini kiritish orqali aniqlashingiz mumkin.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi.pdf
881.1 KB
IMTIHON NATIJALARI

Imtihon natijalaridan norozi bo‘lganlar uch ish kunida appelyatsiya bo‘yicha murojaat qilishlari mumkin.
#qabul_2023
#ijod_maktablari

📝 IJOD MAKTABLARIGA APELLATSIYAGA ARIZA BERISH TARTIBI

📌 Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-maydagi 214-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomga asosan:

O‘quvchilar kirish imtihonlari natijalaridan norozi bo‘lgan taqdirda natija e’lon qilingan vaqtdan boshlab 3 (uch) ish kuni ichida apellatsiya komissiyasiga ariza bilan murojaat etishga haqli.

Kirish imtihonlari natijalaridan norozi bo‘lgan o‘quvchilarning murojaatlari Agentlikda tegishli mutaxassislardan tuzilgan apellatsiya komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqiladi.

Apellatsiya komissiyasiga Agentlik direktori o‘rinbosari raislik qiladi.

Apellatsiya komissiyasi o‘quvchilarning murojaatini 10 kun muddatda ko‘rib chiqadi va arizani qanoatlantirish yoki rad qilish to‘g‘risida murojaatchiga xulosa beradi.

Apellatsiya komissiyasining norozilik arizasini qanoatlantirish to‘g‘risidagi xulosasi o‘quvchilarga arizani ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha ball qo‘shib berilishiga asos bo‘ladi.

Apellatsiya komissiyasiga boshqa o‘quvchilarning ishlarini ko‘rib chiqish va murojaatchining ishi bilan solishtirishga ruxsat berilmaydi.

O‘quvchilar va ularning ota-onasi (qonuniy vakili) berilgan javoblardan norozi bo‘lgan taqdirda, belgilangan tartibda yuqori turuvchi organlarga murojaat etish huquqlariga ega.

📬 Apellatsiya arizasini bermoqchi bo‘lgan talabgor ushbu elektron manzilga murojaat qilishi mumkin:

⚪️ HAVOLA

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xushxabar

🎉Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining 3 nafar pedagog xodimlari chet tilini bilish darajasini aniqlovchi Xalqaro IELTS imtihoni topshirdilar va quyidagi natijalarni qo'lga kiritdilar.

💫Yuldosheva Tursunoy, ingliz tili o'qituvchisi, - 8.0 ball;

💫Yusupova Shodiya, Ingliz tili o'qituvchisi, - 7.0 ball;

💫Umarova Nuriniso, ona tili va adabiyoti o'qituvchisi, - 6.0 ball.

O'qituvchilarimizning kelgusidagi ishlariga omad tilab qolamiz.
#Natija
#Yutuqlar
#Mandat_2023

⚡️O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan joriy yil bitiruvchilarining o‘rtacha ballari hisobida maktablar reytinglari aniqlandi.

💫Bu reytingga ko‘ra, Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi

💥Olmazor tumanida 1-o‘rinni,

💥Toshkent shahri miqyosida 3-o‘rinni egalladi.

‼️Eng quvonarlisi, Respublika bo‘yicha joriy yil bitiruvchilarining o‘rtacha ballari hisobida ijod maktabi 16 o‘rinni qayd etgan.

Bu natija bilan ijod maktabi jamoasini chin dildan qutlaymiz. Yutuqlar bardavom bo‘lsin!
#Tashrif

⚡️Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabiga Ogoyo Davlat Universitetining PhD tadqiqotchisi Henry Misa va Sharja Amerika Universitetining professor assistenti Alisher Xoliyorov tashrif buyurishdi.

💫Mehmonlar ijod maktabidagi imkoniyatlar va sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi. Shuningdek, maktab rahbari Hilola Nazirova bilan maktab hayoti va uning istiqboldagi rejalari xususida suhbatlashishdi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda
#sarhisob

Milliy ta'lim | Prеzidеnt maktablarining samaradorligi,
Ijod maktablarining o‘rni, Ixtisoslashtirilgan maktablarning ta’lim darajasi
#madaniyat

▶️ 00:46 To‘raboy Shermatov, Prezident maktablari bilan ishlash bo'limi boshlig‘i

▶️ 01:48 Ma'mura Tojiboyeva, Toshkent shahridagi Prezident maktabi direktori

▶️ 12:05 Hilola Nazirova, Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi direktori

▶️ 21:58 Dilrabo Davidova, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi huzuridagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi direktori

▶️ 29:33 Inom Xo‘jamov, Maktablarga o‘quvchilar qabulini tashkil etish va ular bilan ishlash bo'limi boshlig‘i

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Zamon | Ijod maktablari iste'dodlarni kashf etyapti
#sevimli_tv

Agentligimiz tizimidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining bitiruvchisi Gulobod Nuraliyeva Turkiyaning Ege universiteti "Turk tili va adabiyoti" yo‘nalishiga to‘liq grant asosida o‘qishga qabul qilindi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#MANDAT_2023

ABDULLA QODIRIY NOMIDAGI IJOD MAKTABI 2023-YIL BITIRUVCHILARINING MANDAT NATIJALARI