Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
1.77K subscribers
9.72K photos
1.27K videos
92 files
3.71K links
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali

“Kelingiz yoshlar, ziyolilar bu kun g’ayrat qiling, Uxlaganlarni agar Qodir esak, uyg’otamiz”Qodiriy

@aqodiriyijodmaktabi_bot
Download Telegram
#kun_nafasi

Bugun Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining san'at va ijodga befarq bo'lmagan bir qator iqtidorli o'quvchilari Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi tomonidan yurtimizda ilk marotaba o'tkazilayotgan “Van Gog bo'lmoq” nomli raqamli san'at ko'rgazmasiga tashrif buyurishdi. O'ylaymizki, bu dastur o'quvchilarimizning ijodiy qobiliyatlari yanada rivojlanishiga hissa qo'shadi.

Eslatib o’tamiz, ko’rgazma o’z faoliyatini 2023-yilning 25-fevraliga qadar “O‘zekspomarkaz” ko‘rgazmalar zalida davom ettiradi.
#kun_nafasi

Doʻst boʻl-ki, doʻstni koʻrasan”

Jaloliddin Rumiy

2022-yil 7-dekabrdan Turkiya respublikasi Konya shahrida “Shabi Arus” (Visol kechasi) masnaviyxonlik kechalari boshlandi.

Jaloliddin Rumiy butun dunyoda tasavvuf, islom madaniyati olimi sifatida tanilgan.
Olimning vafot etganiga 749 yil boʻlsa-da, uning hikmatli soʻzlari hali-hanuz oʻz qiymatini yoʻqotmay asrlar osha yashab kelmoqda.

Abdulla Qodiriy ijod maktabining direktori, tarix fanlari bo’yicha falsafa doktori Hilola Nazirova ham ushbu tadbirda ishtirok etmoqda.

Olimaning ma’ruzasi Oʻzbekiston Respublikasi Sharqshunoslik instituti qo’lyozmalar fondida saqlanayotgan Rumiy qalamiga mansub qoʻlyozma asarlari haqida boʻladi.

10
kun davom etishi rejalashtirilgan ushbu festival butun dunyo olimlarining Rumiy ijodi boʻyicha fikr almashishi uchun maydon vazifasini bajaradi.

t.iss.one/qodiriy_abdulla
#Kun_nafasi

📹Ayni daqiqalarda maktabimizda tasvirga olish jarayonlari davom etmoqda.

📣"Yoshlar" telekanalining “Yangi O‘zbekiston yoshlari” ko‘rsatuvida bitiruvchi sinf o'quvchilarimiz ta’lim maskanimiz faoliyati bilan bir qatorda o‘zlarining maqsadlari va rejalari haqida so‘z yuritishmoqda.

Suratlarda jarayondan lavhalar

🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating ⬇️

Telegram Facebook
#kun_nafasi
#ichki_monitoring

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi o'quvchilari ichki monitoring testini topshirmoqdalar.

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi