Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
2.35K subscribers
10.3K photos
1.31K videos
93 files
3.85K links
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi. “Bizga jadid bobolarimiz kabi g’arb ilm-fani yutuqlari bilan birga milliy qadriyatlar ruhida tarbiya topgan yetuk kadrlar suv bilan havodek zarur” Sh.Mirziyoyev
🗳️ Online qabulxona: @aqodiriyijodmaktabi_bot
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Faxr
Prezident ta’lim muassasalari agentligi tasarrufidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining 7-sinfiga qabul qilingan o’quvchi Turg’unxo’jayeva Solihaxonning onasi Azlarova Nozima
Toshkent shahri.
Forwarded from Nafosat
Assalomu alaykum, hurmatli ota-onalar. Bu guruh Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining 7-sinfga qabul qilingan o'quvchilar ota- onalari uchun tashkil qilingan. Shu link orqali guruhga qo'shilishingiz mumkin.

https://t.iss.one/+Yk9coJSydDA1ZjQy
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi pinned «Assalomu alaykum, hurmatli ota-onalar. Bu guruh Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining 7-sinfga qabul qilingan o'quvchilar ota- onalari uchun tashkil qilingan. Shu link orqali guruhga qo'shilishingiz mumkin. https://t.iss.one/+Yk9coJSydDA1ZjQy»
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Faxr# Prezident ta’lim muassasalari agentligi tasarrufidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining 7-sinfiga qabul qilingan o’quvchi Nasrullayev Abubakr.
Toshkent shahri.
⚡️Xalqaro olimpiadalar g'oliblarini taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.

Unda nufuzli fan olimpiadalari, xususan 54-Xalqaro kimyo olimpiadasi, 63-Xalqaro matematika olimpiadasi, 33-Xalqaro biologiya olimpiadasi g'oliblari taqdirlandi.

Tadbirda Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident hamda Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktablar o'quvchilariga ham mukofot topshirildi.

Shuningdek, o’quvchilari xalqaro olimpiadalar g’olibi bo’lgan mazkur maktabning trenerlari Mohira Boltayeva, Javlon Muhsumov, Durdona Muxtorxo'jayeva ham taqdirlanishdi.

❗️ Tadbirning o’zidayoq eng nufuzli xalqaro va mintaqaviy olimpiadalar g‘oliblari va ularning ustozlariga pul mukofotlari topshirildi.

📌Eslatib o'tamiz, nufuzli xalqaro olimpiadaning:
🥇Oltin medal sohibiga 150 million, o'qituvchisiga 135 million so'm,
🥈Kumush medal sohibiga 90 million, o'qituvchisiga 75 million so'm,
🥉Bronza medal sohibiga 60 million, o'qituvchisiga 45 million so'm pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.
Forwarded from Mahmuda Yuldasheva
📣Diqqat! E'lon! 💫💫💫Yoshlar ma‘naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida 5 ta muhim tashabbus doirasida Prezident ta‘lim muassasalari agentligi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi "Tengdoshimga tavsiya" ✍️✍️mavzusida taqrizlar tanlovini e‘lon qiladi.
Tanlov shartlari quyidagicha:
- Yoz davomida o‘qigan birorta badiiy yoki ilmiy asaringizga📚 taqriz yozasiz;
- Yozgan taqrizingizni @navruz_qizi ga yuborasiz
Tanlov muddati 1-avgustdan 25-avgustgacha.
Ilmiy, ijodiy, savodxonlik jihatidan puxta yozilgan taqrizlar hakamlar hay‘ati tomonidan saralab olinadi va g‘oliblar 6-sentabr kuni esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.🎁🎁
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#yoz_ilhomlari#
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining 8-A sinf o‘quvchisi Farhodova Rayhona tomonidan "Kitob - bilim bulog'i" mavzusida tayyorlagan videoroligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ixtisoslashtirilgan_maktablar

⚡️YANGI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLAR TA’LIM TIZIMIGA YANGICHA YONDASHUVDIR!

✔️Mazkur maktablarda xorij tajribasi asosidagi integratsiyalashgan ta’lim dasturlari orqali o’qish va zamonaviy laboratoriyalarda amaliyot o’tash imkoni mavjud.

❗️Maqsadimiz - ta’lim tizimini yangi bosqichga olib chiqish orqali O’zbekiston taraqqiyotiga o’z hissamizni qo’shishdan iborat!

⬇️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Prezident ta‘lim muassasalari agentligi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida tashkil etilgan "Tengdoshimga tavsiya" mavzusidagi taqrizlar tanlovi uchun yuborilgan ijoodiy ishlar
🖋 Daniel Defo
📔 "Dengiz sayyohi Robinzon Kruzoning hayoti va ajoyib sarguzashtlari"

"𝐒𝐡𝐮𝐧𝐝𝐚𝐲 𝐪𝐢𝐥𝐢𝐛 𝐨𝐭𝐚𝐦𝐝𝐚𝐧 𝐡𝐚𝐦, 𝐨𝐧𝐚𝐦𝐝𝐚𝐧 𝐡𝐚𝐦 𝐫𝐮h𝐬𝐚𝐭 𝐨𝐥𝐦𝐚𝐲 (𝐲𝐨𝐦𝐨𝐧 𝐛𝐢𝐫 𝐯𝐚𝐪𝐭𝐝𝐚!) 1651-𝐲𝐢𝐥 1-𝐬𝐞𝐧𝐭𝐚𝐛𝐫𝐝𝐚, 𝐨'𝐧 𝐭𝐨'𝐪𝐪𝐢𝐳 𝐲𝐨𝐬𝐡𝐠𝐚 𝐪𝐚𝐝𝐚𝐦 𝐪𝐨'𝐲𝐠𝐚𝐧𝐢𝐦𝐝𝐚 𝐋𝐨𝐧𝐝𝐨𝐧𝐠𝐚 𝐣𝐨'𝐧𝐚𝐛 𝐤𝐞𝐭𝐚𝐲𝐨𝐭𝐠𝐚𝐧 𝐤𝐞𝐦𝐚𝐠𝐚 𝐭𝐮𝐬𝐡𝐝𝐢𝐦"

Ingliz romanchiligining asoschilaridan biri hisoblanmish Daniel Defoning ushbu asarining boshlanishidanoq oʻquvchiga manzur keladi. Undagi joziba va betakrorlik har qanday insonni maftun etishi bilan birgalikda qoʻrquvga ham soladi. Qaysi goʻsha haqida fikr yuritilmasin, siz xuddi oʻsha joy havosidan nafas olayotgandek boʻlasiz.
Toʻgʻri, Robinzon bosib oʻtgan har qadam ham moʻjizaviy oʻlka emas edi. Ota-onasi taklif qilgan ishlardan bosh tortib, oʻz orzusini amalga oshirish yoʻlida "dovyuraklik" koʻrsatib, yaqin doʻstining kemasida qochib ketgan kunidan boshlab qish-u yozlarga, saraton-ayozlarga, yomon va sozlarga, koʻp-u ozlarga duch keldi. Biroq hayotda har qanday voqealar yuz berishi mumkinligi hamda hayolparastlarning vaqti behuda oʻtishini anglagan qahramonimiz kimsasiz orolga tushib qolgach turli hunarmandchilik buyumlarini oʻylab topdi, tinimsiz mehnat qildi, undan boshqa odamzodni uchratib qolish orzusi mavjudligi sabab ham yashadi...
Hattoki bu odamsiz quruqlikda oʻzining shaxsiy taqvimini ham yaratdi. Boshidan kechirganlarini esa kundaligiga siyohi tugab qolgunicha yozib bordi. Hunarmandchilikning deyarli barcha turlariga qoʻl urib koʻrgan Robinning mehnatsevarligi oʻzi shunday nomlagan "UMIDSIZLIK OROLI"da yaqqol seziladi.

"Qahramonimiz qanday ish bajargani toʻgʻrisida shunday maroqli qilib soʻzlaydiki, goʻyo bizning har birimiz ham shu ishda qatnashayotgandek boʻlamiz" - deya quyidagi kitobni sevib mutolaa qilgan taniqli adib Korney CHUKOVSKIY soʻzlaydi.

Halokatga uchragan kemaning ichidagi buyumlarni ushbu orolga tashish chogʻida pullarni koʻrib qolib ularni xuddi tirikdek masxara qilib, nazarga ilmay ketishi har qanday narsani pul bilan oʻlchaydigan insonga saboq boʻla oladi.

Robinzon ham (boshqalar qatori) koʻp ayb ishlar qilgan: Savdogar boʻlganida hamma hamkasblari singari faqat oʻz foydasini koʻzlagan. Odam qadam bosmagan orolga tushgunicha oʻy-xayol faqatgina koʻproq pul topib tezroq boyib ketish boʻlgan, xolos. Yoshligida esa u hatto aldoqchilik, mugʻombirlik bilan pul ishlagan: Gvineya aholisiga har xil oʻyinchoqlar, arzimagan shisha munchoq olib borib ularni oltinning qiymatini bilmasliklaridan foydalanib shunday arzimas narsalarga juda koʻp oltin qumi alishtirib olgan. Toʻgʻri, u zamonlarda bu ishni hech kim uyat deb bilmasdi. Ammo biz uning bunday harakatini oqlay olmaymiz. Shunday boʻlsada Robinzonning odamzod mehnatiga boʻlgan ishonchini uning toʻsiqlarni yengishga boʻlgan matonatini, mardligi va kuchli irodasini qadrlashimiz zarur.


✍️ Madina AZIZOVA
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining 9-"A" sinf oʻquvchisi.
Abdurashidova A.S. Taqriz.pdf
63 KB
Prezident ta‘lim muassasalari agentligi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida tashkil etilgan "Tengdoshimga tavsiya" mavzusidagi taqrizlar tanlovi uchun yuborilgan ijoodiy ishlar
Men o`zbekman tanlovi Nizomi.doc
81 KB
DIQQAT TANLOV!!! Prezident ta’lim muassasalari agentligi tomonidan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, O‘zbekiston Milliy media assotsiatsiyasi, Turizm va madaniy meros vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi bilan hamkorlikda “MEN O‘ZBEKMAN” mavzusida ijtimoiy roliklar tanlovini e'lon qiladi. Tanlov shartlari haqida 👆yuqorida berilgan Nizom orqali batafsil bilib olishingiz mumkin.