Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
3.14K subscribers
10.7K photos
1.34K videos
93 files
3.94K links
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi. “Bizga jadid bobolarimiz kabi g’arb ilm-fani yutuqlari bilan birga milliy qadriyatlar ruhida tarbiya topgan yetuk kadrlar suv bilan havodek zarur” Sh.Mirziyoyev
🗳️ Onlayn qabulxona: @aqodiriyijodmaktabi_bot
Download Telegram
#ijod_maktablari
#oʻquv_trening

🤩 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tomonidan Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida "Kasbiy rivojlanish: tahlil, maqsad, natija" mavzusida 3 kunlik Respublika o‘quv-treningi boshlandi.

Unda Agentlik tizimidagi ijod maktablarining o‘quv ishlari va ixtisoslik fanlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari, ona tili, adabiyot, tarix, ingliz tili, matematika, informatika va biologiya fanlari o‘qituvchilari ishtirok etmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ijod_maktablari
#oʻquv_trening
#ikkinchi_kun

🤩 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tomonidan Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida "Kasbiy rivojlanish: tahlil, maqsad, natija" mavzusida 3 kunlik Respublika o‘quv-treningi oʻtkazilayotgani haqida xabar bergan edik.

Bugun, oʻquv-treningning ikkinchi kunida ishtirokchilar malakali trenerlar koʻmagida ijod maktablari faoliyati natijadorligini baholash va ular o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, fan to‘garaklarini maqsadli tashkil etish, o‘quv dasturi bilan ishlash, texnologiyalar integratsiyasi, raqamli sinfxona kabi mavzularda bilimlarini oshirdi.

Shuningdek, ishtirokchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyati va intellektual salohiyatini yuksaltirishga qaratilgan "Zakovat" intellektual o‘yinlari o‘tkazildi. Sog’lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va jismoniy faollikni oshirish maqsadida sport musobaqalari tashkil etildi.

Agentlik tizimidagi ijod maktablarining o‘quv ishlari va ixtisoslik fanlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari, ona tili, adabiyot, tarix, ingliz tili, matematika, informatika va biologiya fanlari o‘qituvchilari ishtirokida boʻlib oʻtayotgan Respublika oʻquv-treningi ertaga, 23-avgust kuni yakunlanadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#erishilgan_yutuqlar
#ijod_maktabi

📈 AGENTLIK TIZIMIDAGI ABDULLA QODIRIY NOMIDAGI IJOD MAKTABI O‘QUVCHILARINING 2023-2024-O‘QUV YILIDAGI NATIJALARI

⚡️ Joriy yilda Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabini 32 nafar bitiruvchi tamomladi.

➡️ Maktabning 32 nafar bitiruvchisi OTMga kirish bo'yicha Respublikada 5-o'rinni, Toshkent shahrida 1-o'rinni egallashdi!

O'quvchilarimizning yuqori natijalari bilan tanishing!

🌐 Ijod maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Telegram
Facebook
Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
 #ijod_tarannumi

🏫Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi.

Kelasi yilga
Salom qish, salom qor, salom dekabr,
Yil ham tugamoqda, umr o'tmoqda
O'ylaymiz-u, lek qilolmay ta'bir,
Bizni kelasi yil nima kutmoqda.

Xazonrez kuzdan ham toliqdi zamin,
Kuz asta navbatin qishga bermoqda.
Do‘stlarim, men shunga bo‘libman amin,
Keldik biz olamning zavqin termoqqa.

Hali ko‘p shu kabi kuz-qishlarimiz,
Hali ko‘p tong otar, tunlar ham o‘tar.
Bu safar bitmagan yumushlarimiz,
Kelasi safarga, albatta bitar.

✍🏻9-"B" sinf o‘quvchisi Abdurahmonova Xadichabonu

🌐Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
Telegram
Facebook Instagram 🌐
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ijod_tarannumi

🤩Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi.

               
    
Ustozim, rahmat!

Ustoz, siz goʻyoki, farishta misol,
Donoligingiz donishmandga timsol,
Yuzlaringiz nurdek, soʻzlaringiz bol.
Sizga boshim egaman mangu to abad,
Uqtirasiz tinmay, ustozim, rahmat.

Hayot koʻchasida adashsam gohi,
Deysiz doim boʻlgin deb ilmning shohi.
Koʻp ekan yoʻlimda doʻst-dushman chogʻi,
Siz sabab uygʻondi qalbda muhabbat,
Oʻrgatarsiz tinmayin, ustozim, rahmat!

Sizsiz goʻyoki toʻlqinsiz dengiz,
Sizsiz falakda ham oʻrni yoʻq yulduz.
Men bir niholdirman, siz boʻling ildiz,
Men ijodkor boʻlsam, siz boʻling ilhom.
Oʻqitarsiz tinmayin, ustozim, rahmat.

Doʻstlar tafakkurni chirogʻin yoqing,
Ustoz oʻgitlarin doimoda uqing.
Faqat shunda boʻlar nomingiz boqiy,
Tashakkurlar aytar,
Aytaman sizga.
Rahmat sizga, ustozim, ustozim rahmat!


Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining 7-"B" sinf oʻquvchisi, Botirova Diyora.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
Telegram
Facebook Instagram 🌐
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#digital_art
#ijod_maktablari
#Besh_tashabbus

🤩 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi ijod maktablarida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish va ularning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish boʻyicha ilgari surilgan Besh muhim tashabbus doirasida Raqamli sanʼat (Digital art) toʻgaraklari tashkil etilgan.

Mazkur toʻgaraklarda oʻquvchilar darsdan boʻsh vaqtlarida zamonaviy axborot texnologiyalari, grafik planshetlar, dasturiy taʼminot yordamida raqamli tasviriy sanʼat sirlarini egallamoqda, ijodiy gʻoyalarini roʻyobga chiqarmoqda.

Agentlik tomonidan ijod maktablaridagi Raqamli sanʼat toʻgaraklari barcha zarur vositalar bilan taʼminlangan boʻlib, mashgʻulotlarni olib borishga ayni yoʻnalishda maxsus bilim va malakaga ega mutaxassislar jalb qilingan.

Videolavhada Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida faoliyat koʻrsatayotgan Raqamli sanʼat toʻgaragidagi mashgʻulot jarayonlari aks etgan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yil_sarhisobi
#ijod_maktablari

🤩 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tomonidan ijod maktablari yoʻnalishida 2024-yilda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan infografika

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#seminar_trening
#ijod_maktablari

IJOD MAKTABLARI UCHUN SEMINAR-TRENING

Agentlik tizimidagi ijod maktablarida 2024-yil 23-25-dekabr kunlari ona tili, adabiyot, tarix, ingliz tili, matematika va biologiya fanlaridan ChSB sinovlari oʻtkazilgan edi.

ChSB sinovlari natijalarini tahlil qilish hamda metodik tavsiyalar berish maqsadida Agentlik tomonidan ijod maktablari pedagogik jamoalari ishtirokida "Natijaga asoslangan yondashuv: tahlil va tavsiyalar" nomli onlayn seminar-trening oʻtkazilmoqda.

Seminarda trener sifatida oʻquvchilari yuqori natija koʻrsatgan fan oʻqituvchilari biriktirilgan boʻlib, Agentlik masʼul xodimlari tomonidan ZOOM platformasi orqali olib borilmoqda.

Onlayn seminar-trening joriy yilning 10-yanvariga qadar davom etadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#ijod_maktabi
#mahorat_darsi

🤩 Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan madaniyat xodimi, “Ma’naviy hayot” jurnalining bosh muharriri, shoir va yozuvchi Eshqobil Shukur ishtirokida mahorat darsi tashkil etildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM