Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
1.78K subscribers
9.81K photos
1.28K videos
92 files
3.74K links
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali

“Kelingiz yoshlar, ziyolilar bu kun g’ayrat qiling, Uxlaganlarni agar Qodir esak, uyg’otamiz”Qodiriy

@aqodiriyijodmaktabi_bot
Download Telegram
#Halima_Xudoyberdiyeva_77_yoshda

17-may – O‘zbekiston xalq shoiri Halima Xudoyberdiyeva tavallud topgan kun.

Halima Xudoyberdiyeva 1947-yil 17-mayda Sirdaryo viloyatining Boyovut tumanida tug‘ilgan.

U o‘zbek she’riyatiga samimiy insoniy tuyg‘u va fazilatlar — sevgi va sadoqat, mehr va muruvvatni tarannum etuvchi shoira, o‘zbek xotin-qizlari orzu va armonlarining kuychisi sifatida kirib kelgan.

Uning tasviridagi ayol har qanday xalq va mamlakatning kelajagi — sog‘lom va barkamol yoshlarni yetkazib beruvchi mo‘jizaviy kuchdir.

Halima Xudoyberdiyeva 2018-yil 71 yoshida vafot etgan.

Ma’lumot uchun, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimida Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi 2019-yildan faoliyat yuritib kelmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Halima_Xudoyberdiyeva_77_yoshda
#Tanlov_uchun

🏝Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi 8-"V" sinf o'quvchisi Eshqulova Marjonaning Halima Xudoyberdiyeva tavalludining 77 yilligi munosabati bilan e'lon qilingan "VATAN BAYROG'I" tanlovIga tayyorlagan videoroligi.

🔰Bizni kuzatishda davom eting!

🎯Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

Telegram I Facebook I 🌐Veb-sayt I 🌐Instagram 📹YouTube I
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Halima_Xudoyberdiyeva_77_yoshda
#Tanlov_uchun

🏝Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi 8-"V" sinf o'quvchisi Shakarova Shalolaning Halima Xudoyberdiyeva tavalludining 77 yilligi munosabati bilan e'lon qilingan "VATAN BAYROG'I" tanlovIga tayyorlagan videoroligi.

🔰Bizni kuzatishda davom eting!

🎯Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

Telegram I Facebook I 🌐Veb-sayt I 🌐Instagram 📹YouTube I
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Halima_Xudoyberdiyeva_77_yoshda
#Tanlov_uchun

🏝Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi 8-"V" sinf o'quvchisi SNortojiyeva Dilnozaning Halima Xudoyberdiyeva tavalludining 77 yilligi munosabati bilan e'lon qilingan "VATAN BAYROG'I" tanlovIga tayyorlagan videoroligi.

🔰Bizni kuzatishda davom eting!

🎯Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

Telegram I Facebook I 🌐Veb-sayt I 🌐Instagram 📹YouTube I
#Halima_Xudoyberdiyeva_77_yoshda
#Tanlov_uchun
#Nazira
(Halima Xudoyberdiyeva)

"Iltimosim qayta yozma xat
O'ynatmasin yurakni nido"...
Kechirarsan sen meni, faqat
Afv etarmi bizlarni Xudo

Vido aytmam, shunchaki xayr,
Unut demam, unutolmaysan.
Oydin tunda qilsak ham sayr,
Yorug' kunga o'ta olmaysan

Senda ayb yo'q, qusur o'zimda,
Shuning uchun “Ket” dedim senga.
O'zing o'yla azob bormidi,
Ayriliqdan ortiqroq menga.

Ne qilardik taqdir oldida,
Qismatim shu, ajalim yaqin.
O'lim haqdir, ayriliq sinov
Ko'risharmiz kelguncha yakun!


✍️Hasanov Nurmuhammad, Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi 8-"A" sinf o'quvchisi

Telegram I Facebook I 🌐Veb-sayt I 🌐Instagram 📹YouTube I
#Bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor

⚡️Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining o’quvchilari ingliz tilini bilish darajasi bo’yicha sertifikat – CEFR’ni qo’lga kiritishdi. Natijalarimiz esa quyidagicha:

Omonova Gulasal 11-“A” o’quvchisi – B2
Abdujalilova Ruhshona 9-“B” sinf o’quvchisi – B2
Farhodova Rayhona 9-“A” sinf o’quvchisi – B2


👏Namunali natijalarni qo’lga kiritgan o’quvchilarni tabriklaymiz! Ilmingiz ziyoda bo’lsin, aziz o’quvchilar!


🌐 Ijod maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Telegram
Facebook
Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
HALIMA XUDOYBERDIYEVA SHE’RIGA NAZIRA

“Alvido deng, alvidolar ayting so‘nggi bor,
Ko‘zingizni yumib, keyin mendan buring yuz”.
Men sizni o‘n yilki unutolmadim,
Xatlar yozayapman men sizga hanuz.

Qaytmayman deng, yo‘llarimdan uzing ko‘zingiz,
Jonim azoblansin she‘ringiz tinglab.
Sizga alvidolar aytgandan beri,
So‘nggi umidlarim bormoqda nurab.

Istayman deng, istang ko‘proq mensiz yashashni,
(Koshki so’zlarimga jiddiy qaralsa)
Qachondir qadamlar to‘qnashganida,
Unutdim desangiz, qayta yaralsam.

✍️Marjona Eshqulova Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi 8-“V” sinf o’quvchisi


🌐 Ijod maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Telegram
Facebook
Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
HALIMA XUDOYBERDIYEVA SHE’RIGA NAZIRA

Oʻngimda ruhimga oʻq otgan fikr
Koʻnglimga bir yorugʻ cho’gʻ otgan fikr”.
Hattoki oʻzimning eng yaqin doʻstim
Nafsimni oʻzimdan chetlatgan fikr.

Ruhimni sel kabi yuvar istigʻfor,
Yoshlarim dur kabi to’kar, istigʻfor
Otasi boladan kechgan bir onda
Qoʻllarni zulmdan tiyar istigʻfor.

Gohida she'rimni bezagan satr,
Gohida qoʻllarni titratgan satr,
Olamda millionlab soʻzlar boʻlsa ham
Bizlarni oʻziga rom qilgan satr.

Yaxshilik qilishga qodir ham inson,
Dunyoni vayrona qilgan ham inson,
Muruvvatga muhtoj, oʻksik qalblarni
Zumda sindirishga moyil ham inson...

✍️Sultonamirova Hanifaxon, Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi 8-“V” sinf o’quvchisi


🌐 Ijod maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Telegram
Facebook
Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ochiq_eshiklar_kuni

📌Ertaga Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida navbatdagi “Ochiq eshiklar kuni” bo’lib o’tadi.
Barcha ixlosmandlarni maktabimizga chorlaymiz!

Ushbu videorolikda esa Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi haqida batafsil ma’lumotlarni direktor Hilola Nazirova so’zlab bergan!


🗓️18-may, 11:00 da
📍Olmazor tumani, Zarqaynar ko’chasi, 6/2
☎️
+998954792080


🌐 Ijod maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Telegram
Facebook
Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining 9-“A” sinf o’quvchisi Farhodova Rayhona O’zbekiston xalq shoiri Halima Xudoyberdiyeva tavalludining 77 yilligiga bag’ishlab tayyorlagan videoroligini tomosha qiling!


🌐 Ijod maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Telegram
Facebook
Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ochiq_eshiklar_kuni

⚡️Bugun Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida navbatdagi “Ochiq eshiklar kuni” bo’lib o’tdi.

Bu safar maktabimizga filologiya fanlari doktori, professor Boqijon To’xliyev va xalqimiz ardog’idagi san’atkorlar Po’lat Normatov, Tamara Mirmaxsudovalar tashrif buyurishdi. Shuningdek, maktabimizda o’qish niyatida bo’lgan o’quvchilar va ularning ota-onalari mehmonimiz bo’lishdi.

📌O’quvchilarimiz tayyorlagan kuy-qo’shiqlar, sahna ko’rinishlari, she’rlar mehmonlarga manzur keldi. Ular uchun maxsus
kichik ekskursiya uyushtirildi.


🌐 Ijod maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Telegram
Facebook
Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM