Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
2.34K subscribers
10.2K photos
1.31K videos
93 files
3.83K links
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi. “Bizga jadid bobolarimiz kabi g’arb ilm-fani yutuqlari bilan birga milliy qadriyatlar ruhida tarbiya topgan yetuk kadrlar suv bilan havodek zarur” Sh.Mirziyoyev
🗳️ Online qabulxona: @aqodiriyijodmaktabi_bot
Download Telegram
#chorlov

ADABIY LAYLATUL-QADR KECHASI!

⚡️Germaniyaga borgan Turkiston bolalari yodingizdami? 70 nafar talabaning o’qish xarajati, ta’minoti haqida qiziqib ko’rganmisiz? Jadidlarimiz butun Turkiston ma’rifatparvar boylarini yig’ib, bir kechaning o’zida 75 ming so’m oltin yig’ganini va bu mablag’ o’sha davrda bir talabaning yil davomidagi xarajatini qoplashini tasavvur qilib ko’ring!

❗️Biz sizni ana shunday adabiy kechaga chorlaymiz!
Abdurauf Fitrat Turkiston Muxtoriyati e’lon qilingan kunni “Milliy Laylatulqadrimiz” degandi.
Biz esa SIZNI 7-aprel kuni “Adabiy Laylatul-qadr” kechasiga taklif etamiz!

Abdulla Qodiriy tavalludining 130 yilligiga bag’ishlab o’tkazilayotgan xayriya kechasida sizga jadidlar davri ruhini ko’rsatishga, ham aqlingiz, ham ko’nglingiz rohat oladigan tadbir guvohi bo’lishingizga va’da beramiz!

🏆Xayriya kechasining “Zakovat” intellektual o’yinida o’z jamoangiz bilan ishtirok etishingiz mumkin (ishtirok etish pulli).

Tadbir davomida Qodiriy asarlaridan musiqaviy, she’riy chiqishni tinglashingiz, sahna asarlarini ko’rishingiz mumkin.

Tadbir so’ngida esa iftor dasturxoni kutmoqda.

Homiy bo’lishga tayyor ma’rifatparvar va saxiy insonlarga doimo ochiqmiz!

Xayriya kechasidan tushgan mablag’lar Abdulla Qodiriy uy muzeyi uchun sarflanadi.

Zakovatda ishtirok etmoqchi yoki homiylik qilmoqchi bo’lganlar
@Nigora_Asqaraliyeva profiliga yozing.


🌐 Ijod maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Telegram
Facebook
Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#jonli

📌Bugun Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida adabiyotshunos Qozoqboy Yo’ldoshev bilan “Mahorat darsi” bo’lib o’tdi.


🌐 Ijod maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Telegram
Facebook
Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#sport_musobaqasi


⚡️Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligining 2024-yil 5-fevraldagi 12-AF sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida “Turon yo‘lbarslari” harbiy-sport musobaqasining maktab bosqichi o‘tkazildi.

Ushbu musobaqa maktabda chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fanini o'qitishining sifatini oshirish, shu orqali o‘quvchi-yoshlarda harbiy xizmat, uni o'tashning huquqiy asoslariga oid bilimlar va boshlang‘ich harbiy tayyorgarlik darajasini oshirish, yoshlarni milliy g‘oya va Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularning ong-u shuuriga Vatan himoyasi sharafli hamda muqaddas burch ekanini chuqur singdirish maqsadida tashkil etildi.

❗️Musobaqaning 1-bosqichi mazkur nizom talablari asosida quyidagi shartlar bo’yicha o’tkazildi:

1-shart – Safda yurish va saf elementlarini bajarish, saf qo’shig’ini ijro etish;
2-shart – AK-74 avtomatini yoyish va yig’ish;
3-shart – “Mohir mergan”;
4-shart – Kamondan o’q otish;
5-shart – Birinchi tibbiy yordam ko’rsatish;
6-shart – 30 metr masofaga arqondan o’tish;
7-shart – Umumqo’shin himoya vositalarini kiyish;
8-shart – Turnikda tortilish;
9-shart – “Temur tuzuklari” bilimdoni



🌐 Ijod maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Telegram
Facebook
Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from “Yosh kitobxon” INFO
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#mahorat_darsi

⚡️Bugun Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida navbatdagi “Mahorat darsi” bo’lib o’tdi.

Mashg’ulotni adabiyotshunos, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universiteti professori Qozoqboy Yo’ldoshev olib bordi.

📌Dars mavzusi: “Badiiy asar g’oyasi”


❗️Ustoz mavzu doirasida Abdulla Qodiriy, Mirtemir, Nazar Eshonqul, Faxriyor, Luqmon Bo’rixon kabi ijodkorlarning asarlaridan misol keltirib, tushuntirdi.
O’quvchilar o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.


🌐 Ijod maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Telegram
Facebook
Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#jonli

⚡️Ayni damda “O’zbekiston tarixi” kanalida “Tarix – muallim. Kelajak jonkuyarlari” ko’rsatuvi efirga uzatilmoqda. Unda Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi tarix fani o’qituvchisi Saidakbarxon Nurmuhammadovning dars o’tish jarayoni, maktab hayoti yoritilgan.


🌐 Ijod maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Telegram
Facebook
Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#matbuot_anjumani

Bugun Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tomonidan “Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari yo‘nalishida erishilgan natijalar, istiqboldagi rejalar. Sohaga oid qabul qilingan yangi qonunchilik hujjatlari” yuzasidan matbuot anjumani tashkil etildi.

Unda Agentlik tomonidan 2023-yilda amalga oshirilgan ishlar sarhisobi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘ini kengaytirish va ularning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmoni, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ijod maktablari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori yuzasidan jamoatchilikka tushunchalar berildi.

Matbuot anjumanida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligining rahbar va mutaxassislari hamda OAV vakillari ishtirok etdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube