Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
9.27K subscribers
13.6K photos
1.51K videos
95 files
4.52K links
Download Telegram
Forwarded from Hilola Umarova
"Raqamli avlod qizlari-2024" Respublika tanlovining tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unda Saida Mirziyoyeva ham qatnashgani ishtirokchi qizlarimizni behad quvontirdi va ular uchun katta motivatsiya bo‘ldi.

❗️5 kun davom etgan ushbu IT tadbirimizda butun Respublika bo‘ylab 3000 nafarga yaqin qizlarni qamrab oldik.

Zamonaviy kasblarni egallashga ishtiyoqi bo‘lgan qizlarimiz sonining kundan-kunga oshib borayotgani juda quvonarli holat, albatta.

Ularning shijoati, yangi bilimlarni egallashga chanqoqligi ko‘ngillarimizni faxr va iftixorga to‘ldiryapti.

⚡️Yakuniy natijalarga ko‘ra ishtirokchi qizlarimiz 4 ta yo‘nalishda g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi:

Digital Art yo‘nalishida: "Milliy va zamonaviy liboslar uyg‘unligi" loyihasi,

Startap loyihalar yo‘nalishida: "Choose and cook" loyihasi,

Grafik dizayn yo‘nalishida: 70 yil avval va so‘nggi 7 yilda xotin qizlarga berilayotgan imtiyozlar tahliliga bag’ishlangan taqdimot,

Startap loyihalar yo‘nalishida: "Bir qadam" loyihalari g‘olib deb topildi.

Gʻoliblar Birlashgan Arab Amirliklariga ta’lim sayohatini qo‘lga kiritishdi.

Barcha ishtirokchilarimizni samimiy tabriklab, ularning kelgusi faoliyatida ham omad tilayman!

⚡️Qizlarimiz o‘z ustlarida ishlab, bundan keyingi “Raqamli avlod” loyihalarida ham muvaffaqiyatli ishtirok etishadi, deb umid qilaman.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
​#dayjest

📌BAHORNING ILK OYI – MARTDA ABDULLA QODIRIY NOMIDAGI IJOD MAKTABI HAYOTIDA NIMALAR SODIR BO’LDI?
KELING, BIRGALIKDA ESLAYMIZ!

1-qism


Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi Media to’garagi rahbari Hamdam Shorahmedov ijodi Demokrat.uz sayti nigohida!

”Biologiya bilimdonlari” musobaqasi bo’lib
o’tdi.

”Orasta qizlar” klubining navbatdagi yig’ilishi: “Tozalik va toza
qo’llar”.

”Gender tenglik masalasi va uning yechimlari” mavzusida davra
suhbati

Navoiyshunos Olimjon Davlatov ishtirokida “Mahorat
darsi”

”Til va adabiyot ta’limi” jurnalida ustoz Aziza Saydullayeva maqolasi e’lon
qilindi.

”Dilbar qizlar majlisi” bayram tadbiri
o’tkazildi.

Matnshunoslik fanidan “Savodxonlik” bayram
tadbiri

”Olam nurga to’lsin sen bilan, Navro’z!” deb nonlangan bahor sayli bo’lib
o’tdi.

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida “Ijodiy olimpiada”
o’tkazildi.

”Mujda” ijodiy to’garagi rahbari Nigora Asqaraliyeva “Kitobdosh”
loyihasida

Shoir Iqbol Mirzo bilan “Mahorat
darsi”

Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o’quv markaziga
ekskursiya

”Yangi O’zbekistonl” universitetida Navro’z
bayrami

”Obod va fayzli mahalla – yurt ko’rki” shiori ostida umumxalq
hashari

Choraklik summativ baholash imtihonlari bo’lib
o’tdi

106-maktab internatida Navro’z
bayrami

O’zbekiston tarixi davlat muzeyida
Navro’z

”Olam nurga to’lsin sen bilan, Navro’z!” “Turon” AKM bilan hamkorlikda bayram
tadbiri

”Yangi O’zbekiston” universitetiga ta’lim
ekskursiyasi


🌐 Ijod maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Telegram
Facebook
Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#pedagogik_kengash

⚡️Bugun Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida navbatdagi pedagogik kengash bo’lib o’tdi.

📌Unda III chorak yakuni bo’yicha hisobotlar, davomat, BSB hamda ChSB, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, monitoring testlari masalalari ko’rib chiqildi.

Shu bilan birga, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida ta’lim tizimi islohotlari kesimida Prezident Shavkat Mirziyoyev maktab ta’limini rivojlantirish va sifatini oshirishga oid rejalar taqdimoti bilan Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri tomonidan tanishtirilgani va ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida olib borilayotgan islohotlar to‘g‘risida maktab direktori Hilola Nazirova ma’lumot berib o’tdi.

“Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari xodimlari lavozim majburiyatlarining tasdiqlangan yangi tahriri to‘g‘risida” bo’yicha esa maktab Kadrlar bo‘yicha menedjeri Zulfiya Shotursunova tomonidan tushuntirish ishlari olib borildi.

❗️O’zlashtirishi past, xulqida kamchilik bo’lgan o’quvchilarning ota-onalariga ogohlantirish xati yuborilishi belgilab olindi.


🌐 Ijod maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Telegram
Facebook
Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bizning_shunday_oquvchilarimiz_bor

⚡️Xabaringiz bor, yaqin kunlarda “Raqamli avlod qizlari – 2024” IT oromgohining yopilish va taqdirlash marosimi bo’lib o’tgan edi.

📌Deyarli 3000 nafarga yaqin qizni qamrab olgan ushbu loyihada Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining ikki nafar iqtidorli qizlari – Shokirova Iroda, Agzamxo’jayeva Muslimalar ham ishtirok etgan edi.

Oromgohning 4 yo’nalishidan biri “Digital Art”da maktabimizning 11-“A” sinf o’quvchisi Shokirova Iroda “Milliy va zamonaviy liboslar uyg’unligi” loyihasi bilan g’olib deb topildi va Birlashgan Arab Amirliklariga ta’lim sayohatini qo’lga kiritdi!

👏Irodani bunday yorqin yutuq bilan tabriklaymiz! Hech qachon to’xtamang!


🌐 Ijod maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Telegram
Facebook
Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#dayjest

📌BAHORNING ILK OYI – MARTDA ABDULLA QODIRIY NOMIDAGI IJOD MAKTABI HAYOTIDA NIMALAR SODIR BO’LDI?
KELING, BIRGALIKDA ESLAYMIZ!


2-qism

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida Navro’z shukuhi

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi direktori, olima Hilola Nazirova “O’zbekiston 24” kanalida agentlik haqidagi lavhada ijod maktablari to’g’risida ma’lumot
berdi.

”O’tkan kunlar” tarjimoni Mark Riz bilan onlayn
suhbat

”O’zbekiston 24” kanalida efirga uzatilgan “Ta’lim sifatini yaxshilash – ustuvor vazifa” mavzusidagi suhbatda Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi O’quv ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari Tursunoy Yo’ldosheva ishtirok
etdi.

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi direktori Hilola Nazirova Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabiga tashrif
buyurdi

”Teatr – ibratxonadir” festivalida o’quvchilarimiz ishtirok
etdi.

”Chig’atoy gurungi” jurnalining Nishona soni nashrdan
chiqdi

”Eng faol teatr jamoasi” nominatsiyasi g’olibi
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi o’quvchilari “Raqamli avlod qizlari – 2024” Respublika ko’rik-tanlovining final bosqichida ishtirok
etishdi.

Olima Hilola Nazirova Markaziy saylov komissiyasi tomonidan suratga olingan “Saylov: kecha va bugun” hujjatli
filmida!


An’anaviy “Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi direktor kubogi” Zakovat o’yini Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida bo’lib
o’tdi.

”Orasta qizlar” klubining navbatdagi majlisi. Bu safargi mavzu “Kiyinish
madaniyati”


🌐 Ijod maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Telegram
Facebook
Instagram
#dars_jarayoni

⚡️Bugun Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabiga O’zbekiston Milliy universiteti professori, filologiya fanlari doktori Nodira Alavutdinova tashrif buyurdi.

📌10-sinflarning “Nutq madaniyati” darsida mavzu doirasida suhbat o’tkazildi. O’quvchilar ustozdan qimmatli bilimlarni oldi.


Dars so’ngida professor ustoz maktab direktori Hilola Nazirova tomonidan “Tashakkurnoma” bilan taqdirlandi.

🌐 Ijod maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Telegram
Facebook
Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#mahorat_darsi

⚡️Bugun Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida navbatdagi “Mahorat darsi” bo’lib o’tdi.

Bu safargi mehmon ustozimiz adabiyotshunos, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universiteti dotsenti Abdulla Ulug’ov bo’ldi.

📌”Mahorat dars” mavzusi: “Yozuvchining badiiy mahorati”.


📸Mashg’ulotdan qaynoq lahzalarni tomosha qiling!



🌐 Ijod maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Telegram
Facebook
Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM