Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
1.78K subscribers
9.66K photos
1.27K videos
92 files
3.69K links
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali

“Kelingiz yoshlar, ziyolilar bu kun g’ayrat qiling, Uxlaganlarni agar Qodir esak, uyg’otamiz”Qodiriy

@aqodiriyijodmaktabi_bot
Download Telegram
#oquvchilar_ijodidan
#zulfiyaxonim


Bahorni sog‘indim

O'zbekiston xalq shoirasi Zulfiya Isroilovaga bag'ishlanadi


Ey bahorim, seni sog'indim rosa,
Menga eslatasan o'rik gullarin.
Qish ila qilolmam sira murosa,
Hayot ham ko'rsatar, o'ng-u so'llarin.

Men seni sog'indim, eslab tunlari,
Bahor kuychisiga bitdim she'rlar ham.
Qalbi sovuqlarning chiqmay unlari,
Yuragim og'ritdi, ular dam-badam.

Dilimning nurisan, ey behishtsaro,
Zulfiyaning yodi bo'lib qolding sen.
Gohida aylanib o'rikzor aro,
Bahor nafosatin tuyaman-da men.

Qushlardan so'raymi, seni ey sanam?
Tonggi shabbodalar aytarmi yoki.
Negadir sen sabab ko'zlarimda nam,
Sen o'lmaysan bahor yasharkan toki.

Yomg'ir tomchilari yuvsa yuzimni,
Sevgi nashidasi qilar meni mast.
Zulfiya baytlari bezar so'zimni,
U qurgan imorat topmaydi shikast.

Gulasal bor, undan keyingilar bor,
Shunday ekan sira sinmas she'riyat.
Ijod ahli uchun ko'hna dunyo tor,
Iste'dod falakda ko'targan-ku qad.


✍️Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi 11-“A” sinf o’quvchisi Omonova Gulasal


🌐 Ijod maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Telegram
Facebook
Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tanlov


🧑🏻‍🎓👩🏻‍🎓Assalomu alaykum hurmatli oʻquvchilar!

Va nihoyat siz kutgan loyiha start oladi. Bu qanday loyiha, deysizmi?

Bilamizki, shu kunlarda Toshkent shahrida va qo’shni viloyatlarimizda nonga munosabat anchagina o'zgargan. Ko’cha-ko'yda koʻrayotgan bo’lsangiz, non uvol bolmoqda.

Shu bois biz “Non shahri edi Toshkent…” nomi ostida tanlov e’lon qilmoqchimiz.

Tanlov shartlari: ko’chirilgan, eski g’oyalar shart emas.
Eng asosiysi qilgan ishlaringiz, olgan roligingiz, yozayotgan hikoyangiz realizmga asoslangan bo’lishi lozim.

Tanlov yo’nalishlari turlicha:
1. Nazm va nasr (hikoya, esse, she’r, qo’shiq )
2. Rasm va mobilografiya (qo’lda chizilgan rasm va telefon orqali olingan turli rasmlar)
3. Videoroliklar ( intervyu va voqea joydan {shorts video})
4. Qo’lda yaratilgan manzaraviy buyumlar (mavzu asosida).

Ijodiy ishlar tanlov tashabbuskori bo’lgan 10-“B” sinf o’quvchisi Azimjonov Ozodbekka topshiriladi –
@Ozodbek_Savkatovich

🌐 Ijod maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Telegram
Facebook
Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#kelajak_sari

🔹Yangi Oʻzbekiston maktablari qanday oʻquvchilarni tarbiyalamoqchi?


Ushbu videorolikda bugungi zamonaviy oʻquvchi hamda har tomonlama barkamol avlod vakillari qanday xislatlarga ega boʻlishi zarurligi haqida fikr yuritilgan.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram | Veb-sayt
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi, media toʻgaragi rahbari Hamdam Shorahmedov ijod namunalaridan lavha.
#3 «Qahva»: Fotograf Hamdam Shorahmedov ijodxonasiga sayr

Demokrat.uz’ning taniqli fotograf va rassomlar ijodiga bag‘ishlangan “Qahva” loyihasi davom etadi. Loyihaning uchinchi (#3) soni orqali biz taniqli ijodkor, fotograf Hamdam Shorahmedov ijodxonasiga sayohat qilamiz.

Loyiha muallifi: Ilyos Safarov

👉 https://demokrat.uz/2024/03/01/3-qahva-fotograf-hamdam-shorahmedov-ijodxonasiga-sayr

Kanalga ulaning👉@demokrat_uz
#zulfiyaxonim
#ijodiy_togarak

Zulfiyadan Hamid Olimjonga


Ilk bahor kunida keldim dunyoga,
Yashmatib onamning qaro ko'zini.
Oqladim, intilib ilm, ziyoga,
Temirchi otamning non-u tuzini.

Oh, bahor, sen kabi men go'zal edim,
Onam sochlarimni o'rib qo'yardi.
Men uchun ko'zlari bilmasdi tinim,
Kitob o'qib meni o'pib qo'yardi.

Navqiron umrimga keldi muhabbat,
Oh, yurak tipirlar, titraydi bu jon.
Sevardingiz meni, suygansiz albat,
Sizdan minmatdorman, Hamid Olimjon.

Bo'ronlarga qolib ketdik ikkimiz,
Kurashdik, chekinish bizga yod edi.
Buncha og'ir bo'ldi shoir yo'limiz,
G'animlar kulardi, ular shod edi.

Qanday zamonlarda yashadik, hayhot,
Zulmkor zulmiga qilibmiz bardosh.
Bitta akamni ham sig'dirmadi yurt,
Yig'lab o'tdi onam to'kkancha ko'zyosh.

Bir kelib ketdingiz siz ham dunyoga,
O'g'il-qizimizni menga qoldirib.
Faqat qiyin bo'ldi azizim, shunga,
Otalik o'rnini yashash to'ldirib.

Yonsangiz yondim, kuydim kuysangiz,
Yo'qligingizga ham chidab o'tdi jon.
Ko'ngilda neligin agar so'rsangiz,
Sizni sevib o'tdim, Hamid Olimjon.

✍️Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi 8-“B” sinf o’quvchisi Abdurahmonova Xadichabonu


🌐 Ijod maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Telegram
Facebook
Instagram
#BELLASHUV

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida biologiya fanidan “BIOLOGIYA BILIMDONLARI” musobaqasi tashkil etildi.

Bellashuv tarzida o‘tkazilgan mazkur tadbirda 8-“A” va 8-“B” sinf o‘quvchilari biologiya fanidan olgan bilimlari doirasida bellashdilar.

8-“A” sinfining “ Ijodkor biologlar“ hamda 8-“B” sinfining “Biostar” guruhlari 7 ta shart bo‘yicha mahoratlarini namoyish etishdi.

Maktabning biologiya fani ustozi Nilufar Xolboyevnaning bergan ta’limi o‘quvchilarning chiqishlarida yaqqol namoyon bo‘ldi.

Jamoalar quyidagi shartlarni bajardilar:

1-shart - Tanishtiruv

2-shart - Organlar sistemasini bilasizmi?

3-shart - Skeletlarni to`g`ri aytib bering

4-shart - Birinchi yordam ko`rsatish

5-shart - Sahna ko`rinishi

6-shart - Qiziqarli biologiya

7-shart - Sardorlar bellashuvi.


🌐 Ijod maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Telegram
Facebook
Instagram
#BELLASHUV

Natijalarga ko‘ra, har ikki jamoaning biologiyadan olgan bilimlari teng ekanligi ma’lum bo‘ldi. Muhimi, o‘quvchilar mazkur fanni yaxshi o‘zlashtirishganini namoyon eta olishdi.

🌐 Ijod maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Telegram
Facebook
Instagram