Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
4.14K subscribers
10.4K photos
1.33K videos
93 files
3.89K links
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi. “Bizga jadid bobolarimiz kabi g’arb ilm-fani yutuqlari bilan birga milliy qadriyatlar ruhida tarbiya topgan yetuk kadrlar suv bilan havodek zarur” Sh.Mirziyoyev
🗳️ Online qabulxona: @aqodiriyijodmaktabi_bot
Download Telegram
#teatr

📌Bugun Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi o’qituvchi hamda o’quvchilari O’zbekiston davlat drama teatriga tashrif buyurishdi.


Ulug’ dargohda jadidchilik va 1922-yil Germaniyada tahsil olgan yoshlar hayoti aks etgan “Turkiston bolalari” spektakli qo’yildi. Hayajon-u ko’zyoshlarga boy o’tgan spektakl barcha tomoshabinlarga ma’qul keldi, davomiy qarsaklar yangradi.


🛑Eslatib o’tamiz, ushbu spektaklni maktabimiz Drama to’garagi rahbari Rasul Tog’ayqulov sahnalashtirgan.



🌐 Ijod maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Telegram
Facebook
Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kitob

📌Kuni kecha Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabiga adib To’xtamurod Rustam tashrif buyurib, o’zining “Dengizni ko’rmagan odamlar” kitobini maktab kutubxonasiga taqdim etdi.

Yozuvchi taqdim etgan kitoblar 110 donani tashkil etib, ularning 10 tasi maktab kutubxonasiga, 100 tasi muallif dastxati bilan o’quvchilarga berildi.

📚Kitoblar mutolaasidan so’ng yozuvchi To’xtamurod Rustam bilan ijodiy uchrashuv tashkil qilinishi belgilab olindi.


🌐 Ijod maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Telegram
Facebook
Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bizning_shunday_oquvchilarimiz_bor
#respublika_bosqichi

📌Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining ikki nafar iqtidorli qizlari 9-“A” sinf o’quvchisi Orifjonova Shahzoda hamda 11-“A” sinf o’quvchisi Shokirova Irodalar Zulfiya nomidagi davlat mukofoti tanlovining Respublika bosqichiga yo’llanmani qo’lga kiritishdi.

Orifjonova Shahzoda tanlovning “Adabiyot” yo’nalishida, Shokirova Iroda esa “Tasviriy san’at” yo’nalishida ishtirok etmoqda.


🔥Iqtidorli qizlarimizga Respublika bosqichida omad va zafarlar tilab qolamiz!


🌐 Ijod maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Telegram
Facebook
Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ochiq_dars

📌Bugun Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida 10-“B” sinflarning Adabiyot darsida “Ochiq dars” tashkil qilindi.

Ushbu dars maktab direktori, ogahiyshunos va manbashunos olima Hilola Nazirova hamda adabiyot o’qituvchisi Nasiba Zuxurova hamkorligida tashkil etildi.

📚Dars mavzusi “Ogahiy hayoti va ijod yo’li” bo’lib, maktab direktori Hilola Nazirova Ogahiy hayoti, ijodi, qo’lyozma asarlari nusxalari, darsliklardagi xatoliklar haqida o’quvchilarga qimmatli bilimlarni ulashdi.

👏Dars so’ngida qiziqarli savollar bergan, faol qatnashgan o’quvchilar e’tirof etilib, taqdirlandi.


🌐 Ijod maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Telegram
Facebook
Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kino

📌20-yanvar kuni Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida “Vatanparvarlik oyi” doirasida o’quvchilarga “Ilhaq” filmi namoyish etildi.

Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bo’yicha direktor o’rinbosari Behzod Xalilov tashabbusi bilan bo’lib o’tgan namoyishda o’quvchilar urushning qanchalik shafqatsizligini, og’ir vaziyatda vatandoshlarimiz sabr-bardoshini kinotasmalarda ko’rishib, xulosa chiqarishdi.


🌐 Ijod maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Telegram
Facebook
Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#olimpiada

📌Bugun Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida STEAM fanlari bo'yicha ichki olimpiada bo'lib o'tdi.

Olimpiadaning shaffof va adolatli o’tishi ta’minlandi, o’quvchilar o’z bilimlarini sinovdan o’tkazib olishdi.

Jarayondan lavhalarni tomosha qiling!



🌐 Ijod maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Telegram
Facebook
Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ekskursiya


📌Bugun Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi direktori Hilola Nazirova hamda ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi Zuxurova Nasiba 10-“B” sinf o’quvchilari bilan birgalikda rassom To‘ra Kuryazov uy muzeyiga ekskursiya uyushtirishdi.

Tashrif davomida 87 yoshli rassom o’quvchilarni boy ijodiy merosi bilan tanishtirar ekan, o‘z mo‘yqalamlari bilan gavdalantirgan Ogahiy, Mashrab, Pahlavon Mahmud g‘azallaridan ko‘zlarida yosh bilan yod o‘qib berdi.

🛑Bu ko‘p qirrali, tabiat buyuk iste'dod ato etgan ijodkorning mo’yqalami ostidan chiqqan san’at namunalari ham ustozlarni, ham o’quvchilarni hayratga soldi.



🌐 Ijod maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Telegram
Facebook
Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM