Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
2.34K subscribers
10.2K photos
1.31K videos
93 files
3.83K links
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi. “Bizga jadid bobolarimiz kabi g’arb ilm-fani yutuqlari bilan birga milliy qadriyatlar ruhida tarbiya topgan yetuk kadrlar suv bilan havodek zarur” Sh.Mirziyoyev
🗳️ Online qabulxona: @aqodiriyijodmaktabi_bot
Download Telegram
#musobaqa
#sport

🔰Bugun Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida Sportning voleybol turi bo’yicha katta musobaqaning Final bosqichi bo’lib o’tdi.

🔥Hayajon va bahslarga boy o’tgan musobaqa bir qancha bosqichlarda tashkil etilgan bo’lib, finalga 3 jamoa yetib keldi.

📌Natijalar esa quyidagicha:
🥇8-“B” sinf
🥈 10-“A” sinf
🥈9-“A” sinf

🏐Musobaqadan qaynoq lavhalarni tomosha qiling!


Ijod maktabining rasmiy sahifalariga ulanish:

Telegram | Instagram |Facebook
#taqdimot

“Hasratning shakli” turk tilida nashr qilindi

🔰Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida taniqli shoir Nosirjon Joʻrayevning Turkiyada chop etilgan “HASRETİN ŞEKLİ” (“Hasratning shakli”) kitobi taqdimoti boʻlib oʻtdi.

🏢Ushbu tadbirda Abdulla Qodiriy ijod maktabi ustoz va o’quvchilari ham ishtirok etishdi.

📌Taqdimotda yozuvchi-shoirlar, adabiyotshunoslar, shoirning muxlislari hamda yoshlar ishtirok etdi.

Unda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi Sirojiddin Sayyid, “Jahon adabiyoti” jurnali bosh muharriri Ahmadjon Meliboyev, filologiya fanlari doktori, dotsent Rahmon Qoʻchqor, filologiya fanlari doktori Rahimboy Jumaniyozov, tarjimon Ogulnur Atayeva va boshqalar soʻzga chiqdi.

📸Suratlar muallifi Ahmad To’ra


Ijod maktabining rasmiy sahifalariga ulanish:

Telegram | Instagram |Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Jadidchilik harakati haqida film yaratildi

Jadidchilik harakati tarixi va uning yetuk namoyondalari taqdiri, 1917-yilgi Markaziy Osiyodagi ijtimoiy-siyosiy voqealar rivojiga bag‘ishlangan "Armon" filmi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

❗️Ruslan Soliyev rejissyorligida tasvirga olingan mazkur filmdagi voqealar dunyoning yetakchi olimlari tomonidan hikoya qilinadi.

🎞 Filmni quyidagi havolalar orqali tomosha qilishingiz mumkin:

O‘zbek tilida : https://youtu.be/ZM6asRgEfZU?si=JzZwSotMAWqi--2Z

Rus tilida : https://youtu.be/ze7UeuFAozc?si=eM_HGt2h2mXp44y5

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ijod_maktabi

⚡️ Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi o'quvchilari diqqatiga!

Sizlarni "Media to'garak" tomonidan tashkil etilayotgan seminar-treningda ishtirok etishga taklif qilamiz.


🟢 Unda "MY5" telekanalida faoliyat yuritib kelayotgan, boshlovchi Dildora Abduhalilova o'z tajribasi bilan bo'lishadi.

➡️ Seminar davomida jurnalistikaga oid tushunchalar, boshlovchining kiyinish madaniyati, o'zini tutish odoblari va efirda nimalarga e'tibor qaratishi kerakligi haqida suhbat bo'lib o'tadi.

🗓 Seminar ertaga, 2-dekabr kuni soat 14:00 da ijod maktabida bo‘lib o‘tadi.

Ijod maktabining rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Instagram |Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tanlov
#konstitutsiya


🔰
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi 8-dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan ijodiy ishlar tanlovini e’lon qiladi.

📌Tanlovga uch yo’nalishdagi ijodiy ishlar qabul qilinib, ular:

🎨”Qomusim — baxtim” mavzusida rasmlar tanlovi
🎬”Moddalar gapirganda” nomli videoroliklar tanlovi. Eslatib o’tamiz, videorolik aynan bir moddaga atalgan va ishtirokchining o’zi qatnashgan bo’lishi kerak!
✍️Konstitutiyaga atalgan eng yaxshi ta’rif. (Nasr, nazm, qasida, hikoya)


Tanlovga ijodiy ishlar qabul qilish muddati 6-dekabr 18:00 ga qadar davom etadi.
Ishlarni yuborish uchun
@Nigora_Asqaraliyeva profiliga murojaat qiling.

🔥Barcha ishtirokchilarga omad yor bo’lsin!


Ijod maktabining rasmiy sahifalariga ulanish:

Telegram | Instagram |Facebook
#ijod_maktabi

⚡️ Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida FVB xodimlari tomonidan favqulodda vaziyat va yong‘in xafvsizligi bo'yicha amaliy mashg'ulotlar o'tkazildi

Barchamizga ma'lum, Respublikaning barcha hududlarida 15-noyabr kunidan 15-dekabr kunigacha "Yong‘in xavfsizligi oyligi" bo'lib o'tmoqda.

➡️ Tadbirda Olmazor tumani FVB P va NB inspektori M.Murodov so‘zga chiqib, “Yongʻin xavfsizligi boʻlinmalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2992-sonli qarorni ijrosini taminlash yuzasidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida toʻxtalib, qarorni 6-bandiga asosan xaftaning xar chorshanba kuni “Yongʻinlar profilaktikasi kuni” deb belgilangani va aholi, tashkilotlar, taʻlim muassasalari oʻrtasida yongʻin xavfsizligi chora-tadbirlariga rioya etish toʻgʻrisidagi keng tushuntirish ishlari olib borish, yongʻinlarning oldini olish va muvaffaqiyatli bartaraf etish tadbirlariga keng jamoatchilikni jalb qilish, mahalla faollari bilan birgalikda uyma-uy yurib tushuntirish ishlarini amalga oshirish ularning yakunida yongʻinga qarshi holat boʻyicha aniqlangan kamchiliklarni fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarida muhokama qilish va bartaraf etish choralarni koʻrish hamda bu borada maskanda targʻirbot tashviqod va tushuntirish ishlarini muntazam olib borish toʻgʻrisida toʻxtalib oʻtdi.

Shuningdek, tadbir doirasida tumandagi barcha tuman FVB xodimlari tomonidan yongʻin xavfsizligini taʼminlash va yongʻin bilan bogʻliq turli baxtsiz hodisadlarning oldini olish yuzasidan tashkilot va idoralarda, ijtimoiy obyektlarda, savdo majmualari va bozorlarda, aholi orasida targʻibot tadbirlari hamda olib borilayotganlini aytib oʻtdi.

Ijod maktabining rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Instagram |Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bizning_shunday_oquvchilarimiz_bor
#ijodiy_togarak

🔰Bugun Abdulla Qodiriy ijod maktabining o’quvchilari – Sultonamirova Hanifaxon va Shakarova Shalolalar butun Respublikamiz bo’ylab tashkil etilgan “Zukko kitobxon” ko’rik tanlovining hududiy bosqichida ishtirok etishib, namunali natijani qo’lga kiritishdi.

📌”Zukko kitobxon” tanlovi har oyda o’tkazilib, oldindan berilgan kitoblar asosida kitobxonlar bilimi tekshiriladi. Bu safargi Toshkent shahar bosqichida jami 12 jamoa ishtirok etgan bo’lsa, maktabimiz o’quvchilari 25 ball bilan 4-o’rinni qo’lga kiritishdi!

Eslatib o’tamiz, tanlovning dekabr oyi uchun tanlangan kitoblat quyidagilar:
1. “Alisher Navoiy” romani Isajon Sulton
2. “Jaloliddin Rumiy” Radiy Fish
3. “Oq so’yloq” Jek London


🔥Tanlovda faol ishtirok etib, yuqori natijani ko’rsatgan o’quvchilarimizga keyingi musobaqalarda omad tilaymiz! Qolgan o’quvchilarni ham kitobxonlikka chorlab qolamiz!


Ijod maktabining rasmiy sahifalariga ulanish:

Telegram | Instagram |Facebook
Forwarded from Xushnudbek.uz
1-dekabr kuni Oliy sudda atoqli o‘zbek yozuvchisi Abdulla Qodiriyga nisbatan chiqarilgan O‘zbekiston SSR Oliy sudi jinoyat ishlari hay’atining 1926-yil 16-iyundagi hukmi ustidan uning nabirasi Xondamir Qodiriy tomonidan berilgan apellyatsiya shikoyati ko‘rib chiqildi. Natijada bundan 97,5 yil ilgari chiqarilgan sud hukmi bekor qilinib, adib oqlandi.

Eslatib o‘tamiz, Qodiriy 1926-yilda hukumat rahbarlarini obro‘sizlantirishda ayblangan, bunga uning “Mushtum” jurnalida chop etilgan “Yig‘indi gaplar” maqolasi sabab bo‘lgan. Yozuvchining: “Men ma’naviy o‘ldirildim, endi men uchun jismoniy o‘lim hech narsa emas!”, degan mashhur xitobi o‘sha sud jarayonida aytilgan.

Abdulla Qodiriyni otib tashlash haqida 1938-yilda chiqarilgan sud qarori 1957-yilda bekor qilinib, uning nomi oqlangan edi.


👉 @xushnudbek 👈