Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
1.78K subscribers
9.81K photos
1.28K videos
92 files
3.74K links
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali

“Kelingiz yoshlar, ziyolilar bu kun g’ayrat qiling, Uxlaganlarni agar Qodir esak, uyg’otamiz”Qodiriy

@aqodiriyijodmaktabi_bot
Download Telegram
#teatr


📌Teatr – bu ibratxonadir, degan edi Mahmudxo’ja Behbudiy.

🔰Bugun Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi o’quvchilari O’zbekiston Milliy akademik teatriga “Baxtsiz kuyov” spektakilini tomosha qilish uchun bordilar.

📚Abdulla Qodiriyning “Baxtsiz kuyov” dramasi Behbudiyning “Padarkush”idan ta’sirlanib yozilgan. Va mana necha o’n yillardan buyon sahnalardan tushmaydi. Ortiqcha sarf-xarajat va hashamatli to’y oqibatini aks ettirgan drama bugungi kun yoshlariga uqtiriladigan, o’rnak bo’ladigan vaziyatlardan so’zlaydi.


Ijod maktabining rasmiy sahifalariga ulanish:

Telegram | Instagram |Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ijod_maktabi

⚡️ O'zbek romanchiligi asoschisi Abdulla Qodiriy hayoti va ijodi haqida hujjatli film suratga olindi

Mazkur film O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil Adiblar xiyoboniga tashrifi davomida berilgan topshiriqlari yuzasidan "Xalq yuragi" turkumi ostida tayyorlandi.

➡️ Ushbu kartinaning ssenariysini Farrux Jabborov, Iqbol Qo‘shshayeva va Umid Hamdamovlar yozgan. Kartinada arxiv hujjatlardan unumli foydalanilgan. Abdulla Qodiriy boshdan kechirgan qiyinchiliklar oshkora, bo‘yoqlarsiz ko‘rsatilgan. "O‘tgan kunlar" va "Mehrobdan chayon" kabi badiiy filmlardan parchalar kiritilgan.

Ijod maktabining rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Instagram |Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ijod_maktabi

Kinotalqin | "Abdulla Qodiriy" hujjatli filmi haqida
#madaniyat

05:31, 11:37, 19:11 Hilola Nazirova, tarix fanlari bo'yicha falsafa doktori

Ijod maktabining rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Instagram |Facebook
#ijod_maktabi

⚡️Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi beshta maktab o'rtasida "Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi direktori kubogi" uchun Zakovat o'yini o'tkazildi.

➡️ Unda Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi, Sergeli, Olmazor, Shayxontohur va Zangiota ixtisoslashtirilgan maktablarning jamoalari qatnashdi.

🟢Ko’chma kubok Sergeli terma jamoasiga nasib etdi. Abdulla Qodiriy jamoasi 2-o’rin, Olmazor jamoasi 3-o’rinni oldi. Keyingi o’yinga Zangiota tuman ixtisoslashtirilgan maktabi mezbonlik qiladi.

Ijod maktabining rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Instagram |Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kun_hikmati


📌Millat bolalarining baxti haqiqiy, madaniy onalar qo'lida bo'lmasa, bizning oqibatimiz yomon!

📌Koʻngillarimiz – bir. Badanlarimiz – boshqa.

📌Bizning baxtsizligimiz – nodonligimizda, xolos.

📌Millatni uyg'otish – uyg'onganlarning vazifasi!

📌Mehnatsiz oson pul topmoqchi bo'lganlar menlik hislarini o'z oyoqlari bilan tepkilashga majburlar...


✍️Abdulhamid Sulaymon o’g’li Cho’lpon

Ijod maktabining rasmiy sahifalariga ulanish:

Telegram | Instagram |Facebook
#musobaqa
#sport

🔰Bugun Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida Sportning voleybol turi bo’yicha katta musobaqaning Final bosqichi bo’lib o’tdi.

🔥Hayajon va bahslarga boy o’tgan musobaqa bir qancha bosqichlarda tashkil etilgan bo’lib, finalga 3 jamoa yetib keldi.

📌Natijalar esa quyidagicha:
🥇8-“B” sinf
🥈 10-“A” sinf
🥈9-“A” sinf

🏐Musobaqadan qaynoq lavhalarni tomosha qiling!


Ijod maktabining rasmiy sahifalariga ulanish:

Telegram | Instagram |Facebook
#taqdimot

“Hasratning shakli” turk tilida nashr qilindi

🔰Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida taniqli shoir Nosirjon Joʻrayevning Turkiyada chop etilgan “HASRETİN ŞEKLİ” (“Hasratning shakli”) kitobi taqdimoti boʻlib oʻtdi.

🏢Ushbu tadbirda Abdulla Qodiriy ijod maktabi ustoz va o’quvchilari ham ishtirok etishdi.

📌Taqdimotda yozuvchi-shoirlar, adabiyotshunoslar, shoirning muxlislari hamda yoshlar ishtirok etdi.

Unda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi Sirojiddin Sayyid, “Jahon adabiyoti” jurnali bosh muharriri Ahmadjon Meliboyev, filologiya fanlari doktori, dotsent Rahmon Qoʻchqor, filologiya fanlari doktori Rahimboy Jumaniyozov, tarjimon Ogulnur Atayeva va boshqalar soʻzga chiqdi.

📸Suratlar muallifi Ahmad To’ra


Ijod maktabining rasmiy sahifalariga ulanish:

Telegram | Instagram |Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Jadidchilik harakati haqida film yaratildi

Jadidchilik harakati tarixi va uning yetuk namoyondalari taqdiri, 1917-yilgi Markaziy Osiyodagi ijtimoiy-siyosiy voqealar rivojiga bag‘ishlangan "Armon" filmi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

❗️Ruslan Soliyev rejissyorligida tasvirga olingan mazkur filmdagi voqealar dunyoning yetakchi olimlari tomonidan hikoya qilinadi.

🎞 Filmni quyidagi havolalar orqali tomosha qilishingiz mumkin:

O‘zbek tilida : https://youtu.be/ZM6asRgEfZU?si=JzZwSotMAWqi--2Z

Rus tilida : https://youtu.be/ze7UeuFAozc?si=eM_HGt2h2mXp44y5

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ijod_maktabi

⚡️ Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi o'quvchilari diqqatiga!

Sizlarni "Media to'garak" tomonidan tashkil etilayotgan seminar-treningda ishtirok etishga taklif qilamiz.


🟢 Unda "MY5" telekanalida faoliyat yuritib kelayotgan, boshlovchi Dildora Abduhalilova o'z tajribasi bilan bo'lishadi.

➡️ Seminar davomida jurnalistikaga oid tushunchalar, boshlovchining kiyinish madaniyati, o'zini tutish odoblari va efirda nimalarga e'tibor qaratishi kerakligi haqida suhbat bo'lib o'tadi.

🗓 Seminar ertaga, 2-dekabr kuni soat 14:00 da ijod maktabida bo‘lib o‘tadi.

Ijod maktabining rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Instagram |Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM