Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
1.87K subscribers
9.91K photos
1.29K videos
93 files
3.77K links
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali

“Kelingiz yoshlar, ziyolilar bu kun g’ayrat qiling, Uxlaganlarni agar Qodir esak, uyg’otamiz”Qodiriy

@aqodiriyijodmaktabi_bot
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ona_tilim_faxrim
#qadring_baland_bolsin_ona_tilim

📚Ming yillarkim bulbul kalomi,
O’zgarmaydi yaxlit hamisha.
Ammo sho’rlik to’tining holi
O’zgalarga taqlid hamisha.

Ona tilim, sen borsan, shaksiz,
Bulbul kuyin she’rga solaman.
Sen yo’qolgan kuning, shubhasiz.
Men ham to’ti bo’lib qolaman.

✍️Abdulla Oripov

🔰Bugungi “O’zbek tili kuni” munosabati bilan maktabimiznimg bitiruvchi 11- “B” sinf o’quvchilari yurtdoshlarimiz bilan kichik so’rovnoma o’tkazishdi.

🛑Mavzu dolzarb, ayni vaqtdagi og’riqli nuqtalarimizdan birini videolavhada tomosha qiling va xulosa chiqaring.

Tilning azizligi, qadri uning sofligi bilan!


Telegram | Instagram |Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ona_tilim_faxrim
#qadring_baland_bolsin_ona_tilim

🔰Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi direktori, manbashunos, ogahiyshunos olima Hilola Nazirovaning Oliy Majlis Senatidagi bayram tadbiridan so’ng bergan intervyusida ham tilimizning boyligi, tarjimashunoslik masalalari batafsil yoritilgan.

🛑Intervyudan parchani yuqoridagi “O’zbekiston 24” kanalida efirga ketgan lavhada ko’rishingiz mumkin.


Telegram | Instagram |Facebook
#ona_tilim_faxrim

🔰Respublikamizda davlat tiliga bo’lgan e’tibor kundan-kunga oshib bormoqda. Lekin shunga qaramay yurtdoshlarimiz orasida shevadan ortiqcha foydalanish, imlo qoidalariga amal qilmaslik hollari uchrab turadi. “Oyina.uz” portali shu mavzuda bir loyiha boshlagan.

📌O’zbek tilini tanlash uchun 1 ni bosing” loyihasining bayram sonida jamiyatimizning ziyolilari, olimlari ishtirok etdi. Misol uchun, Inomjon Azimov, Saodat Muhammedova, Javlon Jovliyev, Shomirza Turdimov va boshqalar.

👩🏻‍🏫Loyihaning bayram sonida Abdulla Qodiriy ijod maktabining direktori Hilola Nazirova hamda ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi Vazira Normurodovalar ishtirok etishdi.

🛑Xo’sh, siz imlo xatolar bilan kelgan xabarga qanday munosabat bildirasiz?


https://youtu.be/x60yot4u3Eg?si=Ml93lhFYrJrV6y80

Telegram | Instagram |Facebook
#ona_tilim_faxrim
#qadring_baland_bolsin_ona_tilim


Dunyoda tillar ko'p, lek aziz menga,
O'z ona tilimdir, kalomi totli.
Ilk bor eshitganman alla aytganda,
Onamning bag'rida, har so'zi bolli.

Shu ona tilimga o'xshash tillar ko'p,
Qozoq, qoraqalpoq, turk va bor uyg'ur.
Lek o'zbek tilim jarangdordir xo'p,
Qancha faxrlansam, qalbimda g'urur.

O'zbek tilim mening, O'zbekistonim,
Madhiyalaringni kuylamoq go'zal.
Serquyosh o'lkam, yashil bo'stonim,
Tarixing dostondur, azaldan azal.

Ey onam allasi, ey ona tilim,
Qancha so'zlasam ham, shuncha to'ymayman.
Sen bilan qalamim, sen bilan qalbim,
Seni zabonimdan aslo qo'ymayman.


✍️Abdurahmonova Xadichabonu
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining 8-“B” sinf o’quvchisi



Telegram | Instagram |Facebook
#qadring_baland_bolsin_ona_tilim
#ona_tilim_faxrim


🔰Kuni kecha 20-oktyabr kuni Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining 7-“A” va 7- “B” sinf o'quvchilari bilan “Adiblar xiyoboni”da ona tilimizga Davlat tili maqomi berilishining 34- yilligi munosabati bilan “Qadring baland bo'lsin, ona tilim" mavzusida ochiq dars o'tkazildi.

📌Ochiq dars musobaqa tarzida tashkil etilib, darsda o'quvchilar tomonidan ona tilimiz madh etilgan she'rlar aytildi, qo'shiqlar ijro etildi, turli qiziqarli topshiriqlarni bajarishda o'quvchilar o'zlarining zukkoliklarini ishga solishdi va tilimizning qadr-qimmati aks ettirilgan sahna ko'rinishlari namoyish etildi.

🛑Ochiq dars maktabimizning ona tili va adabiyot fani o’qituvchilari Aziza Saydullayeva, Gulnoza Negmatova va Vazira Normurodovalar tashabbusi bilan tashkil etildi.


Telegram | Instagram |Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ona_tilim_faxrim
#qadring_baland_bolsin_ona_tilim

📌O’zbek tili faqat bir kun emas, asrlar davomida maqtov-u e’tiroflarga loyiq bir xazinadir.

🔰Biz esa bayramni davom ettiramiz! Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining 8-“V” sinf o’quvchilarining sinf rahbari, ingliz tili o’qituvchisi Yulduz Mirxodjiyeva navbatdagi “Sinf soati”ni Abdulla Qodiriy uy-muzeyida “O’zbek tili kuni”ga bag’ishlab o’tkazdi.

📚O’quvchilar uchun ham ekskursiya, ham o’zbek tiliga doir bilimlarining taqdim etilishi o’zgacha kayfiyat baxsh etdi, muzeyga tashrif buyurganlarning e’tirofiga sazovor bo’ldi.

Qariyb 2 soatga yaqin davom etgan sahnaviy chiqishlar, ajoyib she’rlardan lavhalarni tomosha qiling!


Telegram | Instagram |Facebook
O‘zbekiston xalqiga bayram tabrigi

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube
#qadring_baland_bolsin_ona_tilim
#ona_tilim_faxrim

🔰Tilimizga bo’lgan muhabbat har bir insonda ona allasidan boshlab uyg’onadi. Shuning uchun ham ona tilimiz deb ataymiz.

📌Kuni kecha 21-oktyabr “O’zbek tili kuni” munosabati bilan maktabimizda “Qadring baland bo’lsin, ona tilim” shiori ostida bayram tadbiri bo’lib o’tdi.

Tadbirda o’zbek tili haqida aytilgan she’rlar, sahna ko’rinishlari, musiqaviy chiqishlar, ustozlarga tayyorlangan sovg’alar barchani xursand qildi.


Telegram | Instagram |Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ona_tilim_faxrim
#ijodiy_togarak

🛑20-oktyabr kuni Abdulla Qodiriy ijod maktabining 8-“V” sinf rahbari Yulduz Mirxodjiyeva, ijodiy to’garak rahbari Nigora Asqaraliyeva va o’quvchilar ishtirokida Abdulla Qodiriy uy-muzeyiga ekskursiya uyushtirildi.


Dars mavzusi esa “O’zbek tili kuni”!

📌Jarayon va atmosferani his qiling.


Telegram | Instagram |Facebook
#ona_tilim_faxrim
#qadring_baland_bolsin_ona_tilim

🔰Savodxonlik – kishi bilimining bosh mezoni. Ta’limda o’quvchiga savodxonlikni o’rgatish albatta uning o’qituvchisiga bog’liq.

🏢“O’zbek tili kuni” munosabati bilan Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi o’qituvchilari va o’quvchilari o’rtasida “Savodxonlik diktanti” mashg’ulotlari olib borildi.


Jarayonni suratlarda ko’rishingiz mumkin.


Telegram | Instagram |Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#qadring_baland_bolsin_ona_tilim
#ona_tilim_faxrim

🔰Tilimizning jozibasi o’zga til vakillarini ham o’ziga tortadi, maftun etadi. Abdulla Qodiriy bejiz: “O’zbek tili kambag’al emas, o’zbek tilini kambag’al deguvchilarning o’zi kambag’al. Ular o’z nodonliklarini o’zbek tiliga to’nkamasinlar”, demagan edi.

🏢Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining 8-“V” sinf o’quvchilari adabiy ekskursiya davomida “O’zbek tili kuni” munosabati bilan ingliz tilida bayram tabrigini yo’llashdi.


Telegram | Instagram |Facebook