Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
1.87K subscribers
9.91K photos
1.29K videos
93 files
3.77K links
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali

“Kelingiz yoshlar, ziyolilar bu kun g’ayrat qiling, Uxlaganlarni agar Qodir esak, uyg’otamiz”Qodiriy

@aqodiriyijodmaktabi_bot
Download Telegram
#tanlov
#qadring_baland_bo’lsin_ona_tilim

🔰Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi 21-oktyabr o’zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan “Qadring baland bo’lsin, ona tilim!” mavzusida ijodiy ishlar tanlovini e’lon qiladi.

🛑Tanlovda qatnashish istagida bo’lganlar bosh mavzusi ona tilimiz, o’zbek tilining qadr-qimmati, uning mavqeyini yanada oshirish kabi masalalar yoritilgan ijodiy ishlar yaratishi lozim.

✍️Tanlovga nasr (hikoya, insho, esse), nazm (she’r) va media (videorolik) yo’nalishidagi ishlar 19-oktyabrga qadar qabul qilinadi.

G’oliblar maktabimizning maxsus sertifikat va esdalik sovg’alari bilan taqdirlanadi.

Ijodiy ishlarni @Nigora_Asqaraliyeva telegram manziliga yuborishingiz mumkin.

🎊Barchaga omad yor bo’lsin!


Telegram | Instagram |Facebook
⚡️ O‘zbek tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihoni

📆 2023-yil 29-oktabr kuni o‘zbek tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat uchun navbatdagi test sinovlari bo‘lib o‘tadi.

📱 Test sinovi uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish 9-oktabrdan 15-oktabrga qadar (shu kunlari ham) my.uzbmb.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

📚 Talabgorlar test sinoviga puxta tayyorgarlik ko‘rishlari uchun o‘qishga tavsiya etiladigan adabiyotlar ro‘yxati e’lon qilingan.

Tavsiya etiladigan adabiyotlar ro‘yxati:

1️⃣ “Tushda kechgan umrlar” romani (O‘tkir Hoshimov).
2️⃣ “Sarvqomat dilbarim” qissasi (Chingiz Aytmatov).
3️⃣ “Oltin zanglamas” romani (Shuhrat).
4️⃣ “Jayhun ustida bulutlar” qissasi (Mirkarim Osim).
5️⃣ “Asror bobo” hikoyasi (Abdulla Qahhor).

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#e’lon

🔰Ertaga 12-oktyabr kuni Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida Adliya vazirligi Intellektual mulk departamenti tomonidan “Hali ham ko’chiryapsizmi? Demak, huquqbuzarsiz!” mavzusidagi davra suhbati tashkil etiladi.

🛑Ushbu suhbatga Adliya vazirligi Intellektual mulk departamenti bosh maslahatchisi Madina Mahmudova, yetakchi maslahatchilari Shahriyor Olimov hamda Akmal Akramovlar tashrif buyurishadi.


Qiziqarli va bahslarga boy bo’lishi kutilayotgan suhbatimizga barchani taklif etamiz!


Telegram | Instagram |Facebook
#ijodiy_togarak
#zakovat

🔰Kecha 10-oktyabr kuni O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasida “Adabiyot maydonida” zakovat o’yinlarining 1-tur 1-bosqichi bo’lib o’tdi.

🛑Unda Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining Ijodiy to’garak rahbari Asqaraliyeva NigoraHilol” jamoasi tarkibida ishtirok etib, umumiy ball hisobida 2-o’rinni egalladi.

Bu adabiyot doirasidagi zakovatning ilk o’yini bo’lib, maktabimiz o’quvchilari ham ushbu tadbirda ishtirok etishib, o’z bilimlarini sinab ko’rishdi.

🎊Yakuniy natijalarga ko’ra, “Tafakkur qilaylik” jamoasi keyingi bosqichga yo’l olishdi.

Jarayonlarni suratlarda ko’rishingiz mumkin (manba Yozuvchilar uyushmasi sahifasi).



Telegram | Instagram |Facebook
#kun_hikmati

📚Siz tanlagan yo’l har doim ilm olishdan boshlansin. Shunda maqsad tomon parvozingizda manzilingiz aniq va xotiringiz jam bo’ladi.


✍️Albert Eynshteyn

Telegram | Instagram |Facebook
#uchrashuv
#suhbat

🏢Bugun Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabiga Adliya vazirligi Intellektual mulk departamenti bosh maslahatchisi Madina Mahmudova, yetakchi mutaxassislari Shahriyor Olimov hamda Akmal Akramovlar tashrif buyurishdi.

🔰Xabar berganimizdek, maktabimiz o’quvchilariga mutaxassislar tomonidan “Hali ham ko’chiryapsizmi? Demak, huquqbuzarsiz!” mavzusida qiziqarli ma’ruza o’tkazildi.

Ochiq va munozarali bo’lgan uchrashuvda o’quvchilarimiz o’zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi. Mualliflik huquqi va plagiat tushunchalarining ahamiyati va mazmunini yanada aniq bilib olishdi.


Jarayonlar esa suratlarda!


Telegram | Instagram |Facebook
#ochiq_dars

🔰Kuni kecha Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida Rus tili fanidan 8- “A” va 8- “B” sinf o’quvchilari o’rtasida ochiq dars tashkil etildi.

📚“G’aroyib bolalar” mavzusida o’tgan loyiha juda qiziqarli va sermazmun bo’lib, unda o’quvchilar nafaqat dunyoda taniqli insonlar, balki o’zlaridagi qobiliyatlari haqida ham gapirib berdilar.

O’quvchilar taqdimotda o’zlarining qilgan mehnatlari, yutuqlari haqida rus tilida ravon va ifodali so’zlab berishdi.

👩🏻‍🏫Darsni kuzatishga kirgan ekspert-ustozlar jamoalarni munosib va adolatli baholashdi.


Telegram | Instagram |Facebook